К содержанию
РецензированоRU2023

ВАЖНОСТЬ ВЫЯВЛЕНИЯ ТАЛАНТОВ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА

Xusainova Dilrabo Ibragimjanovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the importance and necessity of identifying talent in human life. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. At the end of the article, conclusions and suggestions are given. Key words: talent, identifying talent, gifted children, education and education. Iqtidorli bolalar boshqalarga o‘xshamaydigan xususiyatga ega bo‘lib, ularning qobiliyati atrof-muhit, o‘yin, turli topshiriqlar, o‘qish va tarbiya asosida shakllanib boradi. Ko‘p yillar davomida iqtidorlilik muammosi psixologlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasi iqtidorlilikning psixologik qonuniyati va mexanizmlari hamda iqtidor darajasini o‘rganadigan yangi metodlarni psixologiya va psixodiagnostikaga olib kirdi. Umuman olganda, talant ikkiga bo‘linadi: tug‘ma va yashirin. Tug‘ma talantli bolalarni tushunish uchun, avvalo, bolalar ruhiyatining yosh xususiyatlarini bilishimiz kerak. Agarda qobiliyat tug‘ma xislat bo‘lsa, iqtidorlilik qobiliyatning yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Qobiliyat va iqtidorlilik inson hayoti davomida shakllanib boradi. Ba’zi bolalarda ilk yoshdan rivojlanishning ayrim samarali ko‘rinishlari, aqliy rivojlanishning yuksalishi kuzatiladi. Iqtidorlilik psixologiyasida uchraydigan muammolardan biri – bu, yashirin iqtidorlilikdir. Ko‘p hollarda yashirin iqtidor oilamizning kichik a’zosida biz payqamagan holda shakllanayotganini sezmay qolamiz. Bu vaqtda farzandimiz boshqa iqtidorli bolalarga o‘xshab faol, muloqotchan, qiziquvchan emas, balki uyatchan, boshqalar bilan qiziqmaydigan fe’l-atvorga ega bo‘ladi, ammo o‘zicha kitoblar o‘qiydi, ertaklar, she’rlar yozishga harakat qiladi. Shunday vaqtda kichkintoyning ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kelajakda o‘z ishining malakali egasi bo‘lib yetishishi uchun yordam beradi. Shuni yodda tuti- shimiz kerakki, iqtidorni aniqlashda dastavval, bolaning yoshi va uning psixologik xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak. 6 99 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Iqtidorli bolada quyidagi sifatlar ko‘zga tashlanadi:  qiziquvchanlik;  qo‘yilgan muammoga noodatiy yondashuv va yechim;  faol, o‘z fikrlarini mustaqil tarzda bayon etish layoqati;  boy tasavvurga ega;  xotira mustahkamligi;  o‘rganishga, o‘qishga qiziqishning yuqoriligi. Ayrim hollarda iqtidorli bolalar o‘z tengdoshlari bilan kam muloqotga kirishadi yoki aksincha, umuman, gaplashishni xohlashmaydi. Yodda tutishimiz kerakki, bunday bolalarning shakllanishida bog‘cha tarbiyachisi va pedagog-psixologlarning vazifasi katta. Tarbiyachi birinchi o‘rinda, iqtidorli bolalar haqida bilimga ega bo‘lishi lozim. Kichkintoyni turli ijodiy faoliyat turi bilan shug‘ullantirish, kasblar haqida tanishtirish, pedagog-psixolog esa ular bilan individual, guruhiy psixologik konsultatsiya, trening, art-terapiya hamda ota-onalar bilan suhbat ishlarini olib borishi maqsadga muvofiq. Ota-ona esa o‘z navbatida quyidagilarni amalda qo‘llashi zarur:  farzandingizning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oling, uning oldiga qiyin vazifalar qo‘ymang, topshiriqlaringiz osondan – qiyinga tarzida bo‘lsin;  farzandingizga rasm chizishi uchun turli qalamlar, bo‘yoqlar olib bering, bolangizning ijodiy faoliyatini cheklamang;  ular bilan doim haqiqatgo‘y bo‘ling, iqtidorli bolalar aldovni yomon ko‘rishadi;  kezi kelganda bolangizdan faxrlanishingizni ayting, bu kichkintoyingizda yangi qirralarning ochilishiga sabab bo‘ladi;  uzoq davom etadigan suhbatdan yiroq bo‘ling, chunki bola aniqlikni yoqtiradi;  bolaning individualligini hurmat qiling, o‘zingizning intilishlaringizga kichkintoy orqali erishishga harakat qilmang. Shunday qilsangiz farzandingizda quyidagi hislatlar shakllanishi mumkin:  o‘ziga bo‘lgan ishonch hissi;  o‘zining va o‘zgalarning qadr-qimmatini hurmat qilish;  yaxshilik, haqgo‘ylik, sabrlilik, javobgarlik, hamdo‘stlik va boshqalarni tushunish hissi. Psixologlar qobiliyatni aniqlashda quyidagi metodlardan foydalanishlari maqsadga muvofiq: 1. Intellektual iqtidor: bu bolaning, o‘quvchining intellektual shakllanish qiyofasini va uning qobiliyatini, imkoniyatini aniqlab beradi. 2. Lingvistik iqtidor: bolaning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatini baholab beradi. Lingvistik qobiliyatga ega bo‘lgan bola, til yordamida matnni qiziqarli, ma’noli va mazmunga ega tarzda bayon eta oladi. 3. Ijodiy iqtidor: bu yo‘nalishga oid metodikalar kichkintoyning hech kimga o‘xshamagan tarzda fikrlashi (originallik), tirishqoqligi, qiziquvchanligi, tasavvur jarayonini o‘rganadi.

Доказательный фрагмент

«This article talks about the importance and necessity of identifying talent in human life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the importance and necessity of identifying talent in human life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talent, identifying talent, gifted children, education and education, талант, выявление талантов, одаренные дети, образование и воспитание., talent, identifying talent, gifted children, education and education., talant, talantni aniqlash, iqtidorli bolalar, o’qish va tarbiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники