Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Karabayev Asatilla Sunnatillayevich Toshkent Davlat Texnika universiteti katta o’qituvchi, G‘anixonov Abdullaxon Tursunboy o‘g‘li Toshkent Davlat Texnika universiteti bakalavr
Karabayev Asatilla Sunnatillayevich · G‘anixonov Abdullaxon Tursunboy o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Oziq-ovqat, kimyo, neft va gazni qayta ishlash sohalarida keng tarqalgan issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik almashinish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida "Nakatka" qilish usulida tayyorlangan issiqlik almashinish trubasi tekis trubalardan qurilma yasash texnologiyasidan farq qilmaydi. Lekin, samarador trubali issiqlik almashinish qurilmasidagi nakatkali trubalarning umumiy uzunligi, tekis trubali qurilmanikidan kam bo‘ladi, ya’ni kamroq sarf bo‘ladi. Quvurning tashqi yuzasida nakatkalash yordamida hosil qilinadigan uyurmalar issiqlik tashuvchilarning quvurlararo oqimida issiqlik almashinuvini jadallashtiradi. Kalit so’zlar: issiqlik almashinish apparatlari, nakatka, uyurma, issiqlik tashuvchi, jadallashtirish, quvurlararo oqim. Tajriba stendi, tajribani o’tkazish usuli va olingan natijalar Tajriba stendining ishlash prinsipi quyida keltirilgan: Truba ichidagi muhit uchun: Markazdan qochma nasos (1) yordamida ventillar (2) va (17) orqali issiqlik almashinish apparatlarining truba ichiga issiq suv haydaladi. Uzatilayotgan issiq suvni sarfi sarf o’lchagichlar (3) va (21) orqali o’lchanib, (2) va (17) ventillar orqali rostlanadi. Issiq suvning apparatga kirishdagi bosimlari manometrlar (26) va (28) orqali o’lchanadi. Issiq suvning apparatga kirishdagi temperaturalari (10) va (12) termoparalar orqali o’lchanadi. Uzatilayotgan issiq suv nakatkalangan truba (9) va standart silliq truba (6) larda harakatlanadi. Truba ichki tomon muhiti uchun issiq suvning apparatdan chiqqandagi quyidagi parametrlari: chiqish bosimlari (30) va (33) manometrlari hamda temperaturalari (15) va (4) termoparalar orqali o'lchab olinadi. Nakatkalangan trubali hamda standart trubali apparatlar uchun issiq suvning parametrlari temperaturalar hamda bosimlar orqali aniqlab olinadi. Issiqlik almashish apparatida ikkita trubalarda issiqlik almashinib o’z issiqligini yo’qotib 40 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sistemadan chiqqan modda(suv), quvurlarda harakatini davom ettiradi, issiq suv baki (7) ga borib tushadi, o’z issiqligini yo’qotgan modda(suv) bakka (7) yig’ilgach elektr isitish tenlari (8) orqali isitilib yana markazdan qochma nasos (1) orqali, jarayonni davom ettirgan holda ma’lum haroratgacha isitilgan issiq suv issiqlik almashinish apparatiga yuboriladi. Trubalararo muhit: Sovuq suv baki (25) dan markazdan qochma nasos (20) yordamda ventillar (18) va (19) bilan rostlangan holda sovuq suv va issiqlik almashinish apparatlarining trubalararo muhitiga yuboriladi. Sarflar (22) va (23) sarf o’lchagichlar orqali rostlash ventil (18) va (19) lar bilan rostlanadi. Apparatga kirishdagi suvning bosimlari (31) va (32) monometrlar orqali o’lchanadi. Trubalar aro muhitga kirishdagi suvning temperaturalari (14) va (16) termoparalar orqali o’lchanadi. Jarayonning qanday darajada ketayotganligini aniqlash maqsadida trubalararo muhitdan chiqishdagi issiq suvning parametrlarini o’lchov asboblari yordamida o’lchab olinadi. Suvning trubalararo muhitdan chiqishdagi temperaturalari har ikkala trubalar - nakatkalangan va standart silliq trubalar uchun (11) va (13) termoparalar orqali o’lchanadi. Suvning chiqishdagi bosimlari (27) va (29) manometrlar orqali o’lchab olinadi. 1-rasm.”Truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish apparati. Issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirish maqsadida tadqiqot ishlari olib borilgan tajriba qurilmasining sxemasi. 1,20 – markazdan qochma nasoslar, 2,17,18,19 – ventillar, 3,21,22,23 – sarf o’lchagichlar, 4,10,11,12,13,14,15,16 – termoparalar, 5,24 – standart qobiq trubalar, 6 – standart(silliq) truba, 9 – nakatkalangan truba, 41 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 26,27,28,29,30,31,32,33 – manometrlar, 7 – issiq suv baki, 8 – elektr isitgich, 25 – sovuq suv baki. Nakatkalangan truba hamda silliq (standart) truba, «truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatida truba ichidagi muhitda issiq suv harakatlangda, hamda trubalararo muhitda sovuq suv harakatlanganda issiqlik almashinishni tajribada sinash va olingan natijalarni taqqoslanadi. 2-rasm. Tajriba vaqtida foydalanilgan “nakatka” trubasining qirqim ko’rinishining sxemasi. "Nakatka" qilish usulida tayyorlangan issiqlik almashinish trubasi tekis trubalardan qurilma yasash texnologiyasidan farq qilmaydi. Lekin, samarador trubali issiqlik almashinish qurilmasidagi nakatkali trubalarning umumiy uzunligi, tekis trubali qurilmanikidan kam bo‘ladi, ya’ni kamroq metall sarf bo‘ladi. Nakatka tokarlik dastgohida amalga oshiriladi. Tabiiyki, amaliyotda massaviy ishlab chiqarishda tayyorlash jarayoni modernizatsiyalanishi mumkin va bunday trubalar rolikli mashinada yoki boshqa usul bilan tayyorlanishi mumkin. Trubaning tashqi yuzasida nakatkalash yordamida hosil qilinadigan uyurmalar issiqlik tashuvchilarning quvurlararo oqimida issiqlik almashinuvini jadallashtiradi. Nakatkalangan trubalarda issiqlik berish va issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentlarini aniq
Доказательный фрагмент
«Oziq-ovqat, kimyo, neft va gazni qayta ishlash sohalarida keng tarqalgan issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik almashinish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida "Nakatka" qilish usulida tayyorlangan issiqlik…»
Образец извлечения
Демо-превьюOziq-ovqat, kimyo, neft va gazni qayta ishlash sohalarida keng tarqalgan issiqlik almashinish apparatlarining issiqlik almashinish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida "Nakatka" qilish usulida tayyorlangan issiqlik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- issiqlik tashuvchi, quvurlararo oqim., jadallashtirish, uyurma, issiqlik almashinish apparatlari, nakatka
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025