К содержанию
РецензированоRU2026

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К ЛОГИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ

TAYYORLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi

Современная наука и исследования · 1 · 62-63 · 2026

Аннотация

This article discusses the scientific-theoretical basis of methodical training of future elementary school teachers for logical thinking. Key words: Future elementary school teachers, logical thinking, logical thinking. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ К ЛОГИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ Аннотация. В данной статье рассматриваются научно-теоретические основы методической подготовки будущих учителей начальной школы к логическому мышлению. Ключевые слова: Будущие учителя начальных классов, логическое мышление, логическое мышление. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mantiqiy fikrlashga tayyorlash dastavval bo’lajak kadrlar misolida davlat va jamiyat buyurtmasiga hamda talabalarninng kasbiy ehtiyojlariga mosligini ta’minlashda ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini amalga oshirishda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va o‘z-o‘zini namoyon kilishiga yordam beradi. Shu bilan birga bu faoliyat jarayonida ularda nazariy yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, faoliyatli, kommunikativ-kognitiv kabi nazariy yondashuvlarni amalga oshirishda uzluksizlik va differensial, modul, o‘zaro ta’sir, refleksivlik, ilmiy-metodik kuzatuv tamoyillariga asoslangan holda uning mazmuni takomillashtirishga xizmat qiladi. Mantiqiy fikrlash asosida o‘qituvchi o‘quv mazmunini ijtimoiy buyurtma asosida modulli shakllantirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishda loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, o‘z 91 kasbiy rivojlanishida ilmiy-metodik kuzatuvni amalga oshirish, ta’lim shakllarini individuallashtirish va uzluksizligini ta’minlaydi.1 Shu nuqtai nazardan qaraganda, "O‘qituvchi faoliyatidagi eng muhim narsa nima?” degan savolga aynan ushbu jihatning shakllanganligi munosib javob bo’la oladi. Mantiqiylik har bir masalada xususan pedagogic jarayonda ham muhim jihat eknaligi va bunga – o‘qituvchilarni o‘rgatishning ahamiyati sohada yo’naltirilgan ta’limning ko’zlangan masalalarni aniq hal etishga imkon yaratadi. O’qituvchi ma’lum hayot yo’lini bosib tizimli tarzda ushbu pog’onaga, ya’ni o’rgatish darajasiga yetib kelgan shaxsdir. Ammo o‘quvchilarning o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar, qonuniyatlar esa cheksiz ko‘p – eng muhimi, ular hodisa va predmetlarga nisbatan to’g’ri tushunchalarni o’z ongida hosil qila olishi, shaxsiy fikr-mulohazalar, g’oyalarga ega bo’lishi shuningdek mehnatdan qochmaslikka, ongli, samarali, ijodkorona va mas’uliyat bilan mehnat qilishga o‘rganishlari lozim. Bugungi kunda o‘qituvchilar oldiga qo‘yilayotgan talab ham shu: o‘quv-tarbiya jarayonini muntazam takomillashtirib borish, ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq, rivojlantiruvchi va, albatta, amaliy masalalarni sifatli hamda majmuali tarzda hal etish zaruratidir. O‘rgatishga intilish izlanishga undaydi. O‘qituvchi har bir o‘quvchisining maksimal darajadagi faolligini, ayniqsa, jadal fikrlay olish qobiliyatini o‘stirishni ta’minlovchi ish shakllarini izlashi, yangi ko‘rgazmali qurollar yaratish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yo‘lida ish olib borishi shart. Shu tariqa u yangi ish usullari, o‘yinlar, juftlikda, guruhlarda faoliyat yuritishdan foydalanish uchun o‘quvchilarning hayoti, ularni o‘rab turgan real borliq bilan bevosita bog‘liq original, qiziqarli vaziyatlarni topishi, o‘rgatayotgan fani haqiqatan ham muloqot tili, o‘zaro fikr almashish vositasi bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi joiz. Bu esa dars jarayoniga chuqur o‘ylangan, butun usuliy tizimga muvofiq bo‘lgan o‘zgarishlar kiritilishini talab qiladi. O‘qituvchining bu yo’nalishdagi amaliy mehnati o‘quvchilarning o’zlashtirish darajasi va ularda shakllangan mantiqiy tafakkur saviyasida o’z natijasini ko’rsatadi va bular uyg’un holatda, chinakam ijodiy faoliyatga aylanib ketishi kerak, shundagina u har ikkala tomonda qoniqish hissini paydo qiladi. Faoliyat orqali biz muayyan maqsadga, natijaga erishishni istaymiz. Shuning uchun o’qituvchilarning shaxsiyatida bu kabi jihatlarni shakllantirish ularning kelgusi faoliyatida obyekt bo’lmish o‘quvchilarga ular nimalarga erishganliklarini namoyish etish, o‘z yutuqlarini tuyish imkonini berish, shu tariqa keyingi hatti-harakatlarga rag‘batlantirish, ularni o‘z ishlari va o‘rtoqlari faoliyatini nazorat qilishga yordam beradi. Hozirgi kundagi zamonaviy ta’lim sferasida kadrlar tafakkurini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini yaratish va bu yo‘nalishdagi aniq maqsadli 1 Ашуров М.О. Миллий тарбия асослари. – Самарканд: СамДУ, 2014. – Б. 100. 92 ishlar turli shakldagi umumlashtirish-takrorlash darslari bilan emas, balki yangicha pedagogic texnologiyalar orqali amalga oshirilishi darkor. Ushbu ishlar hozirgi kunda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlash institutlarida bajarilishiga qaramay umumiy tahlillar bu tizimning yangi o’zgarishlarga muhtojligini ko’rsatib bermoqda. O‘qituvchining mahorati va dunyoqarash shakliga qarab o’quvchilar ham kuzatish, anglash, takrorlash, eslab qolish, fikr yuritishga o‘rganadilar, shuningdek, birgalikda bajargan ishlaridan quvonadilar, hayratlan

Доказательный фрагмент

«This article discusses the scientific-theoretical basis of methodical training of future elementary school teachers for logical thinking.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the scientific-theoretical basis of methodical training of future elementary school teachers for logical thinking. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Future elementary school teachers, logical thinking, logical thinking, Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari, Будущие учителя начальных классов
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники