Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchisi tayorlashda tarbiya texnologiyalardan foydalanish
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Nurbekova N.N. · TDPU talabasi
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchisi tayorlashda tarbiya texnologiyalardan foydalanish, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qitvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texnologiyalardan foydalanish, ta’lim texnologiyalarning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyatining pedagogik-psixologik shart-sharoitlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim texnologiya, malaka talab, kasbiy kompetensiya, tayanch kompetensiyalar, o‘qituvchilar, ijtimoiy kompetentlik, o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish, muvaffaqiyat holatini yaratish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, hayotiy tajriba. Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotni rivojlantirishning muhim talablaridan biri ham aynan o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligini oshirishdir. Bu esa bir necha omillarni o‘z ichiga oladigan o‘ziga xos murakkab pedagogik jarayon. Mazkur jarayonda dastlab masalaning ilmiy yechimini topish ijobiy samara beradi. 2020 yil yakunlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim- tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz” – degan fikirlari ta’lim sohasidagi amalga oshirilib kelinayotgan ishlarimizni samarali tashkil etishimiz uchun dasturul amal bo‘ladi [1]. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murajaatnomasida “......jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va o‘z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur” - deb ta’kidlab o‘tdilar [1]. Tarbiya” fani o‘qituvchisining pedagogik mahorati haqida gap ketganda empatiya muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan empatiya o‘qituvchining ularning emotsional dunyosiga yo‘nalganlik, ichki olamidagi vaziyatni his qila olishga imkon beradi. Empatiya ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: qayg‘urish (sherigining emotsional holatiga qayg‘udosh bo‘lish) va achinish (sherigining hissiyotiga o‘zining hamdardligini ifoda etish). Tarbiya fanini o‘qitishda motivatsion bosqichda o‘yinli texnika usullaridan ham foydalanish ta’lim muassasasi o‘quvchilarining ham o‘z guruhidagi, ham butun jamoa haqidagi ma’lumotlarni yaqindan bilishlariga imkon beradi. Ayniqsa, “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yin”, “Ishbilarmonlar o‘yini”, “Juftlik asosida tanishuv” kabi o‘yinlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Aqliy hujum shaklida ish tashkil qilinganida o‘quvchilarda ijobiy motivatsiya hosil qilishga, g‘oyalarni xolisona ishlab chiqishga urg‘u beriladi. O‘quv shakli “Rolli o‘yin” bo‘lganida o‘quvchilar o‘zlarini oldindan rejalashtirilgan muayyan vaziyatga qo‘yishi va improvizatsiya qilib belgilangan doirada maxsus rolni bajaradilar. Bunda motivlar, argumentlash texnikasi, xulq-atvor va muammoga nisbatan nuqtai-nazarlar nazorat 72 qilinishi mumkin. “Ishbilarmonlar” o‘yini muayyan muammoli vaziyatda turli yechimlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Bunda o‘quvchilar muammoga ta’sir qiluvchi turli omillar har xil yechimlarda natijaga qanday ta’sir qilishini bilib oladilar. Loyihaviy ish orqali guruhiy ish bajarilishida loyiha muayyan chegaralarda taqdim etilishi talab etiladi. Bu usul masalalar yechimi kompleks topshiriqlar negizida mehnat taqsimlanishiga asoslangan. “Juftlik asosida tanishuv” o‘yini. Ishtirokchilar juft-juft bo‘lib o‘n minut davomida bir-birlariga o‘zlari haqida ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir- birlarini tanishtirgunlariga qadar davom etadi. Keyingi bosqich mazmunli bosqich bo‘lib, o‘z navbatida ikki qismdan tashkil topadi: axboriy va kognitiv. Axboriy darajada boshqaruv madaniyati bilan bog‘liq nazariy bilimlar egallansa, kognitiv darajada mazkur bilimlarning boshqaruv jarayonidagi xulq-atvor ko‘rinishiga o‘tkazilishi uchun zaruriy ko‘rsatmalar taqdim etiladi. Mazkur bosqichda tushuntirish, matn bilan ishlash, aqliy hujum, ma’ruza – munozara, dialog kabi metod va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Tushuntirish – ta’limning og‘zaki metodi sifatida barcha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan ishlashda qo‘llash mumkin bo‘lgan universal metoddir. Tushuntirish metodi analiz (tahlil etish), sintez (umumiylashtirish), induksiya (umumiydan xususiyga qarab borish) va deduksiya (xususiydan umumiyga qarab borish) usullari orqali amalga oshiriladi. Mazkur metod orqali umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy hayot bilan asosiy tushunchalar, shaxs va jamiyat rivojlanishidagi o‘zaro aloqadorlik, bugungi kundagi ahamiyati haqidagi bilimlar tarkib toptiriladi. Matn bilan ishlash – o‘quvchilarni axborotlar bilan tanishishi, mazmunini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchisi tayorlashda tarbiya texnologiyalardan foydalanish, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qitvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texno…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchisi tayorlashda tarbiya texnologiyalardan foydalanish, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qitvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ta’lim texno… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘z-o‘zini anglash, skill requirement, creation of a state of success, hayotiy tajriba, самооценка, education technology, life experience, kasbiy kompetensiya, квалификационная потребность, базовые компетенции, professional competence, ijtimoiy kompetentlik, o‘qituvchilar, самосознание, malaka talab, basic competences, self-evaluation, muvaffaqiyat holatini yaratish, teachers, педагог, tayanch kompetensiyalar, ta’lim texnologiya, создание состояния успешности, social competence, жизненный опыт, motivation of educational activity, self-awareness, o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish, технология образования, o‘z-o‘zini baholash, профессиональная компетентность, мотивация учебной деятельности, социальная компетентность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026