Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
International scientific-online conference MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – JADID HARAKATINING AXLOQIY VA IJTIMOIY YO‘LBOSHCHISI Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li O’zbekiston-Finlandiya pedagogika
IJTIMOIY YO‘LBOSHCHISI · Abduraimov Eldor Qurbonboy o’g’li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi ijtimoiy va axloqiy qarashlari tahlil etiladi. Behbudiyning zamonaviy islohotlar, ma'rifat, ta'lim-tarbiya va axloqiy uyg‘onish borasidagi faoliyati yoritiladi. Shuningdek, uning matbuotdagi chiqishlari, dramalari va ommani uyg‘otishga qaratilgan tashabbuslari orqali millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada jadidchilik harakatining ijtimoiy- ma’naviy ildizlari ham tahlil qilinib, Behbudiyning o‘ziga xos g‘oyalari va ularning dolzarbligi ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik harakati, ijtimoiy islohot, axloqiy g‘oyalar, ma’rifatparvarlik, Turkiston jadidlari, o‘zbek matbuoti, milliy uyg‘onish, islohotparvarlik, tarbiya va ma’naviyat. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati shakllanib, u asosan islom dini, ta’lim tizimi va jamiyatni yangilashga yo‘naltirilgan edi. Ushbu harakatning asosiy maqsadi xalq o‘rtasida savodsizlikni bartaraf etish, milliy ongni kuchaytirish hamda jamiyatni taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirish edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy esa bu jarayonda ta’lim, matbuot va ijtimoiy sohalardagi faoliyati bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jadidlar va boshqa marifatparvar ziyolilar merosidan yosh avlod tarbiyasida samarali foydalanish zarurligini ta’kidlagan.1 Ichki qarama-qarshiliklar va mahalliy urug‘chilik nizolari millatning kuchini so‘ndirgan edi. Buni o‘z foydasiga ishlatgan Rossiya esa, Markaziy Osiyoni turg‘un holatda ushlab turish uchun harakat qilardi. Ana shunday murakkab vaziyatda Turkistonning butunlay yo‘q bo‘lish tahdididan saqlanishi, kelajak avlodlarni erkinlik, mustaqillik va ozodlik ruhida tarbiyalash, shuningdek ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidan boshlash vazifasi, Behbudiy boshchiligidagi jadidlar va ularning fidoyi tarafdorlariga yuklandi.2 Behbudiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarida ta’limga alohida e’tibor qaratadi. U ta’lim tizimini isloh qilishni millatning taraqqiyotida eng muhim omil sifatida ko‘radi. Uning fikricha, jamiyatni rivojlantirish uchun avvalo ma’rifatni keng Mirziyoyev Sh.M. “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g’oyamizning poydevoridir”.-Toshkent.: “Tasvir”. 2021 2 “Ma’naviyat yulduzlari”. –Toshkent.: Abdulla Kodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1999 187 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference targ‘ib qilish zarur. Behbudiy “Maorifsiz millat – kelajaksiz millat” degan so‘zlari bilan zamonaviy bilimlar va milliy an’analarni uyg‘unlashtirish zarurligini ta’kidlaydi. U o‘z maqolalari va nutqlarida yoshlarga zamonaviy fanlarni o‘rgatish, maktablar va madrasalarni yangi usulda tashkil etish g‘oyasini ilgari surgan. Behbudiyning “Rus maktablari va madrasalari”ga oid qarashlari uning jamiyatni yangilashga bo‘lgan intilishini yaqqol ko‘rsatadi. U diniy va dunyoviy ta’lim o‘rtasida muvozanatni ta’minlashni taklif qilgan. XX asr boshi Turkiston uchun juda murakkab va muhim davr bo‘lib, bu davrda mahalliy ijtimoiy-siyosiy hayotda yangi harakatlar — jadidchilik paydo bo‘ldi. Shu harakatning eng yirik yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy edi. U nafaqat Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, balki mustaqil o‘zbek milliy davlatini qurish orzusining faol targ‘ibotchisi bo‘lib xizmat qildi. Behbudiy o‘z faoliyati davomida yangi maktab tizimining nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida tanildi, shuningdek, o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi, teatr san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan dramaturg, noshir va jurnalist sifatida ham keng e’tirof etildi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning faoliyati ayniqsa “Usuli jadid” va “Usuli savtiya” nomi bilan tanilgan yangi maktablar tizimini yaratish va rivojlantirishda namoyon bo‘ldi. Bu maktablar milliy ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy bilimlarni joriy etishga qaratilgan edi. Jadidlar o‘z mablag‘lari hisobidan ko‘plab maktablar ochib, yosh avlodni mustaqillikka, milliy o‘zligini anglashga va ma’rifatga tayyorlashga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular she’rlar, maqolalar va sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga intildilar. Rossiya imperiyasi hukumatining siyosiy chegaralari va cheklovlariga qaramay, jadidlar Turkiston musulmonlarining sha’nu shavkatini, diniy va milliy qadriyatlarini himoya qilishga harakat qildilar. Inqilobiy harakatlar davrida esa ular mustaqillik g‘oyasini faol targ‘ib qilib, milliy o‘zlikni saqlab qolish uchun kurashdilar. Shu nuqtai nazardan, Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik harakatining rahbari, balki milliy uyg‘onish va mustaqillik harakatining ilg‘or yo‘lboshchisi sifatida tarixda alohida o‘rin egallaydi. Behbudiy ijodi va faoliyati o‘zbek milliy madaniyatining shakllanishida, yangi ta’lim tizimini yaratishda hamda milliy o‘zlikni asrab-avaylashda beqiyos ahamiyat kasb etgan bo‘lib, u zamonaviy O‘zbekistonning ma’rifiy ildizlaridan biri sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. 188 ACADEMIC RESEARC
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi ijtimoiy va axloqiy qarashlari tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik harakatidagi ijtimoiy va axloqiy qarashlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifatparvarlik, Mahmudxo‘ja Behbudiy, tarbiya va ma’naviyat., axloqiy g‘oyalar, o‘zbek matbuoti, milliy uyg‘onish, islohotparvarlik, jadidchilik harakati, ijtimoiy islohot, Turkiston jadidlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025