Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“O‘zbek” davlatchiligi tarixida ayollarning o‘rni va roli
М Абулова (Ташкентский государственный педагогический университет)
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2019
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan. Unda davlatchiligimiz tarixida munosib o‘rin egallagan dono, oqila va jasur ayollarimizning davlatni bodhqarish, xalqni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, farzandlar tarbiyasi va harbiy sohani rivojlantirish haqidagi faoliyatlari manbalar asosida ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: davlat, farzand tarbiyasi, ayol. Ma’lumki, ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni shu jamiyatning taraqqiyot darajasini belgilash uchun muhim mezon sanaladi. Garchi jahon miqyosida ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishga qonuniy asosda o‘tgan asrga kelib erishgan bo‘lsalar-da, ular insoniyatning ko‘p ming yillik tarixida eng keskin vaziyatlarda o‘z oilasi va jamiyat manfaatlarini doimo erkaklar bilan bir safda turib, himoya qilganlar. Ayol doimo jamiyatning eng muhim a’zosi va ustunlaridan biri bo‘lib kelgan. Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi”. Markaziy Osiyo xalqlari davlatchiligi o‘tmishiga nazar tashlansa, turli tarixiy jarayonlarda erkaklar bilan bir qatorda ayollarning faol ishtiroklari haqidagi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Xususan, To‘maris, Qabaj xotun, Saroymulkxonim, Gulbadanbegim, Mumtozmahalbegim kabilar jamiyat tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, uni rivoji uchun hissa qo‘shdilar. Shu o‘rinda nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda o‘z jasorati bilan nom qozongan To‘maris faoliyatiga e’tibor qaratsak maqsadga muvofiq. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, o‘sha davrda Eronda yuzaga kelgan ahamoniylar saltanati juda kata hududlar – Midiya, Lidiya va Bobilni egallagan. Shunday katta hududni zabt etgan ahamoniylar saltanati hukmdori Kir II o‘zining qariyb ikki yuz ming kishilik lashkari bilan mamlakatimiz hududiga hujum qilganida, massagetlar qabilasi boshlig‘i To‘maris bilan to‘qnashadi. Kir II ning o‘z nikohiga olish taklifini rad etgan To‘marisning o‘g‘li xiyla bilan qo‘lga olinadi. Lekin To‘maris dushmanga yon bermay, uni jangga chaqiradi. Yunon tarixchilarining e’tirof etishicha, To‘maris boshchiligidagi massagetlar ahamoniylarga shunchalik qaqshatqich zarba beradilarki, natijada dushmannintg bitta ham jangchisi omon qolmaydi. Bu hol juda qadimdanoq mamlakatimizda nihoyatd jasur, erksevar, harbiy mahorati yuksak va boshqaruv qobiliyati kuchli ayollar bo‘lganligidan dalolat beradi. 53 Tarixchi olima S.Safayeva To‘maris haqida quyidagicha yozadi: “Aql-zakovati, mard va donoligi bilan dunyoga dong taratgan To‘maris jahon adabiyoti qahramoniga aylangan. Uning jasorati haqida Yunon, Rim va butun Yevropa adabiyotshunoslari, tarixchilari o‘nlab asarlar yozganlar. Buyuk Dante Aligyeri “Ilohiy komediya” sining “A’rof” qismini asosan unga bag‘ishladi va turkey ayolni shoh Kirdan, hatto xristian dini peshvolari, Rim papasi, Kardinal, Yepiskop va qirollardan ustun qo‘ydi. Buyuk dramaturg Uilyam Shekspir ham To‘maris obrazini Yevropa ayollariga namuna qilib yozgan edi. Chunonchi, uning Genrix VI ga bag‘ishlangan dramasida ingliz tajovuzkorlariga qarshi kurash qahramoni grafinya Overiskaya: “Mening rejam tayyor, agar o‘ngidan kelsa, Kirni halok qilish bilan nom chiqargan skif To‘marisdan kam bo‘lmagan qahramonligim ila nom chiqaraman”, - deya ahd qiladi. “Kirning vafoti” tragediyasining muallifi fransuz dramaturgi F.Kino esa To‘marisni fransuz xalqining milliy qahramoni bo‘lmish Janna D’Ark darajasida ulug‘laydi”. VII asrning o‘rtalariga kelib mamlakatimizga arab xalifaligi hujumi boshlanadi. 651-yili Marvni egallagan arab lashkarboshilari o‘lkamiz ichkarisiga Buxoro yo‘nalishini tanlaganlar. Xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon tomonidan 673-yili Xuroson noibligiga tayinlangan Ubaydulla ibn Ziyod shu yiliyoq ilk bor Buxoro tomon otlanadi. Bu davrda, aniqrog‘i 680-695-yillarda Buxoroni Qabaj xotun ismli malika boshqaradi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Qabaj xotun har kuni otga minib, saroydan chiqqan va Registon darvozasi yaqinidagi maxsus joyda taxtda o‘tirib, xalqning arz-dodini tinglagan. Qabaj xotun bu ish bilan tushgacha shug‘ullangan va mamlakatdagi ahvoldan yaxshi xabardor bo‘lgan. Tushdan keyin kechki tomon Qabaj xotun yana shu yerga kelib, o‘z ishini davom ettirgan. Qabaj xotun adolatli, ziyrak hukmdor bo‘lganligi tufayli mamlakatda o‘n besh yil hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi davrida arablar mamlakatga uch martta hujum uyushtirgan. Birinchi safar Qabaj xotun dushman bilan juda keskin jangga kiradi, lekin kuchlar nisbati teng emas edi va Qabaj xotun mamlakatni xarob etishdan saqlab qolish uchun bosqinchilar lashkariga bir million dirham berib, hujumni to‘xtatib qoladi. Oradan ikki yil o‘tib, 675-yili arablar ikkinchi marta hujum qiladilar. Bu safar ularga Xuroson noibi Sa’id ibn Usmon boshchilik qilgan. Ularga qarshi faqat o‘zining qudra
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosatning muhim qismi bo‘lmish ayollar masalasiga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- женщина, state, государство, davlat, farzand tarbiyasi, воспитание детей, child rearing, ayol, woman
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026