К содержанию
РецензированоUZ2026

Zamonaviy ta`lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv ta`lim sifatining asosi

SIFATINING ASOSI · Abdisharipova Sh.B.

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ta`lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv ta`lim sifatining asosi ekanligi. Kompetentsiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etishi. Kompetentsiyaviy yondashuvning mazmunida ta’lim tizimida yuz berayotgan innavatsion jarayonlar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Kompetentsiyaviy yondashuv, yevropa parlamenti, amaliy ko‘nikma, uzluksiz ta’lim tizimi, kommunikativ kompetentsiya, “kompetentlik”, “kompetentsiya” kategoriyalari, kreativ fikrlash, zamonaviy ta`lim. XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim mazmunini madernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’limda kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish muammosiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Kompetentsiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetentsiyaviy yondashuvning mazmunida ta’lim tizimida yuz berayotgan innavatsion jarayonlar aks etadi. Bu esa ta’lim mazmunini qayta qurish va uning sifatini nazorat qilish, ya’ni kompetentlik tizimiga o‘tish lozimligini ko‘rsatadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari DTSlariga kiritilgan tayanch kompetentsiyalar tahlili mazkur muammoga yangicha qarash va yondashuvlar har bir mamlakatning ta’limdan ko‘zlangan maqsadi, shart-sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti davomida ta’lim jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish uchun dunyo mamlakatlari ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ta’limda kompetentsiyaviy yondashuv ta’lim oluvchilarni murakkab faoliyat turlariga jalb etadi, shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini shakllantiradi. Kompetentsiyaviy yondashuvning tayanch nuqtasi ta’limning umumiy mazmun mohiyatidan kelib chiqqan xolda, uning maqsadlariga xizmat qiladi. Kompetentsiyaviy yondashuv asosida shaxsda bir qator harakat va faoliyatlar tizimini bajarish bo‘yicha kompetentsiyalar zaxirasi shakllanadi. Mazkur tadqiqot mavzusini nazariy tadbiq etishdan oldin atamalarning mazmun-mohiyatiga mualliflik yondashuvi bo‘lmog‘i zarur. Jumladan, “Kompetentsiya” tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, uning mazmun-mohiyati turli soha olimlari tomonidan turlicha talqin etiladi. “Kompetentsiya” – u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik ma’nolarini anglatadi. “Kompetentsiya” (lotincha somrete - erishaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman). Aniq tashkilotga yoki lavozimdagi shaxsga qonun, nizom yoki boshqa rasmiy hujjat bilan taqdim etilgan vakolat. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da ta’kidlanishicha: “Kompetentsiya (lot. Somreto – erishyapman, munosibman, loyiqman) ma’nosini anglatib, muayyan davlat organi (mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjati bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba demaktir”. Kompetentlik atamasi lotincha “somrete” so‘zidan olingan bo‘lib, “erishyapman”, “munosibman” degan ma’noni 35 anglatadi hamda ma’lum sohadan habardorligini, bildirishni va tajribaga ega ekanligini bildiradi [6; 1-b.]. Amalda barcha lug‘atlarda “kompetentlik” va “kompetentsiya” kategoriyalari haqida qisqacha ta’rif beriladi. Kompetentlikning ta’rifi o‘xshash va bir birining o‘rnini bosadi (to‘ldiradi), shu bilan birga kompetentsiya so‘zining yagona izohi yo‘q, bu tushuncha “vakolatlarr yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun va nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”, “kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi. Ushbu atamaning mazmun-mohiyati pedagog, psixolog, iqtisodchi, metodist olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Talqinlar har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda olg‘a suriladi. Masalan, pedagog olim V.I.Baydenkoning fikricha, “Kompetentsiya ba’zi shaxslarning tavsifnomalari (bilimga va uni qo‘llashga oid hayotiy pozitsiyaga, malakasiga, mas’ulyatiga ko‘ra) mutanosiblikni o‘zida namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lish”. Mutaxassis olimlarning fikriga tayangan holda, tadqiqotchi tomonidan kompetentsiya atamasining mazmun-mohiyatini o‘zida ifoda etgan tushuncha u yoki bu kasb egasiga zarur bo‘lgan qonuniyat, printsip, talab, qoida, burch, vazifa va majburiyatlar yig‘indisini anglatadi degan qoida ishlab chiqildi. Kompetentlik – shaxsning amaliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kompetentsiya meyyorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahorati. Kompetentsiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa, kompeten

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy ta`lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv ta`lim sifatining asosi ekanligi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy ta`lim tizimida kompetentsiyaviy yondashuv ta`lim sifatining asosi ekanligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yevropa parlamenti, continuous education system, система непрерывного образования, zamonaviy ta`lim, amaliy ko‘nikma, «компетентность», Competency approach, Европейский парламент, communicative competence, “kompetentlik”, uzluksiz ta’lim tizimi, European Parliament, “kompetentsiya” kategoriyalari, коммуникативная компетентность, категории «компетентность», practical skills, креативное мышление, modern education, kreativ fikrlash, "competence", "competence" categories, creative thinking, Компетентностный подход, практические навыки, современное образование, Kompetentsiyaviy yondashuv, kommunikativ kompetentsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники