Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FOYDALANISH Agzamova Shahodat Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri Mamatova Gulshan Amankulovna Ilmiy maslahatchi
Agzamova Shahodat · Mamatova Gulshan Amankulovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida metodlarning ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali metodlar va ularni toʻg‘ri tanlash e’tirof etildi. Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy jihatlarning kamol topishida ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining roli kattaligi hamda ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida qoʻllaniladigan metodlar, ularni qoʻllashdan maqsad va texnalogiyalari haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: Ta’lim, metodlar, interfaol metodlar, organayzerlar, metodlar, texnalogiyasi, “Suhbatlashishni oʻrganamiz” interfaol oʻyini, “Ikki qismli kundalik” metodi Soʻngi yillarda ta’limga boʻlgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Buning natijasida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun jahon talablariga mos qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish uchun hamma qoʻldan kelgancha harakat qilmoqda, buning natijasida maktablar uchun zamonaviy yangi binolar, qulay jihozlangan oʻquv xonalari, oʻquvchilar uchun yangi darsliklar ishlab chiqilmoqda. Oʻqituvchilar sifatli ta’lim berish uchun dars berish jarayonida turli xil metodlardan foydalanadilar. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, uning sifati darsda qoʻllanilgan metodlarga bog‘liq. Darsning mazmunli oʻtishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani oʻqituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, oʻz xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda oʻqish darslarining oʻrni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham oʻqish darslarini tashkil etishda aynan shu maqsadlarni koʻzlagan holda ish olib bordik. Metodlar oʻqituvchilarning bilim berishi uchun zarur hisoblanadi. Har bir oʻqituvchi metodlar orqali ma’lumotlarni oʻquvchilarga oson yetkazib bera oladi. Oʻquvchilar esa shu metodlar orqali berilgan bilimlarni yaxshiroq tushunib oladilar Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan oʻzgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga 39 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo boʻlayotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”. Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qoʻllanilmoqda: 1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “Oʻquv keyslari”), “Blits- soʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar. 2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” yana bir qancha turlari bor. 3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa turlari mavjud. Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini toʻg‘ri tanlash va ularni qoʻllash samaradorligining turli omillar bilan bog‘liqliklari quyidagicha qayd qilinadi: - birinchidan, oʻquv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; - Ikkinchidan, bayon qilinayotgan materialning harakteriga bog‘liq; - uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq; - toʻrtinchidan, oʻquv jarayonida oʻrganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; - beshinchidan, oʻquv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq; - oltinchidan, oʻqituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va oʻquv jarayonini tashkil etish darajasi hamda oʻqituvchining hozirgi zamon metodlari boʻyicha bilimlariga bog‘liq. “Suhbatlashishni oʻrganamiz” oʻyini Dialogni yozish oʻquvchilar uchun murakkab boʻlmasligi uchun avval toʻla boʻlmagan dialog matni tarqatiladi va oʻquvchilar tushirib qoldirilgan soʻzlarni qoʻyadilar. -Assalomu _________, bobojon. -Vaalaykum assalom, __________. -Rahmat, __________. Yaxshi keldinglarmi? -Rahmat ________! Sizni sog‘inib koʻrgani ________. 40 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference -Xush kelibsizlar! Soʻng daftarga koʻchiradilar.Bunda har bir gap yangi satrdan chiziqcha bilan yozilishi aytiladi. “Ikki qismli kundalik” metodi Bu metod oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻquvchilarning tushunchalarini shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi. Maqsad: Oʻquvchilarning oʻrganilayotgan mavzuga qiziqishini uyg‘otish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tushunchalarni oʻzlashtirilganlik darajasinianiqlash. Tushunchalar va ularning izohi oʻqilayotganda savol berish yoki mazkur tushuncha yuzasidan oʻz izohini berishga ruxsat etiladi, biroq fikrlar takrorlanmasligi soʻraladi. Oʻtkazish bosqichlari: 1-bosqich. Oʻquvchi mavzu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim jarayonida metodlarning ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali metodlar va ularni toʻg‘ri tanlash e’tirof etildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim jarayonida metodlarning ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan samarali metodlar va ularni toʻg‘ri tanlash e’tirof etildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- organayzerlar, texnalogiyasi, “Ikki qismli kundalik” metodi, Ta’lim, interfaol metodlar, “Suhbatlashishni oʻrganamiz” interfaol oʻyini, metodlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025