К содержанию
РецензированоUZ2026

UNUMDORLIGIGA TAKRORIY EKIN TURLARINING TA’SIRI Turayev Ulug‘bek Utkirovich “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya

Turayev Ulug‘bek Utkirovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari unumdorligi (tuproq agregatlarini hosil qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi) ga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: takroriy ekin, tuproq unumdorligi, tuproq agregatlarini hosil qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, mikrobiologik xossalari, kuzgi bug‘doy, tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh, oq jo‘xori (silos uchun), don, hosil. Kirish. Dunyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdan asosiy maqsad tuproq unumdorligini oshirish bo‘lib, bu masala bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masala hisoblanadi. Ekinlarni almashlab ekish tizimiga boshoqli don, oraliq va takroriy ekinlarni kiritilishi tuproqning ekologik holatini mutanosib ravishda saqlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu turdagi ekinlarining ildiz qodiqlari tuproqning chuqur qatlamlariga keng tarqalib, tabiiy drenaj vazifasini bajaradi. Bu esa tuproqning unumdorligini oshiradi va ekinlardan muntazam mo‘l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishga imkon beradi [5]. Sug‘oriladigan yerlar sharoitida bir yilda 2-3 marta hosil olish imkoniyati mavjud bo‘lib, shundan kelib chiqqan holda, sho‘rlangan yerlarda o‘tmishdosh takroriy ekinlarning tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doyning hosildorligiga tasirini o‘rganish amaliyotga joriy etish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlar unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga takroriy ekinlarning ta’sirini aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son 156 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi «Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida» tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3 marta hosil olish, hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv va suv resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan yerlar ulushini har yili 1 foizdan 2026 yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab berilgan [1]. Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi- allyuvial tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish uchun maqbul takroriy ekinlarni tanlash, ularning tuproq xossalariga ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydik. Uslub va materiallar. Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan “Narzi oyim” fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida 2019-2022 yillarda olib borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib bajarildi. Dala tajribasida o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [2]. Hosildorlik bo‘yicha olingan ma’lumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov bo’yicha aniqlandi [3]. Tadqiqot natijalari tahlili. Tuproqning unumdorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bu uning suv‒fizik xossalari hisoblanadi. Tuproqning zichligi hajmiy va solishtirma og‘irligi, umumiy g‘ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi, nam sig‘imi katta agronomik ahamiyatga ega. Ekinlarni almashlab ekish, organik o‘g‘itlarni qo‘llash va boshqa agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazish evaziga yirikligi 10-0,25 mm diametr orasidagi agronomik jihatdan qimmatli tuproq zarrachalari (A.J.Q.Z.) miqdorini oshirishga erishish mumkin [4]. Olib borilgan taqiqotlarimizda tajriba maydonida dastlabki amal davri boshida namuna olinganda nazorat variantida tuproqning agronomik jihatdan qimmatli fraksiyalar ( 0,25 mm) 0-30 sm bo‘lgan qismida 55,0 % ni, 30-50 sm gacha qatlamlarda 52,1 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, amal davri boshiga nisbatan 0-30 sm takroriy ekinlar hisobiga 0,6-9,2 %, gacha 30-50 sm qatamda 1,8-9,0 7,8 % ga oshib borishi qayd etildi. 157 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Takroriy ekinlar ayniqsa loviya va mosh ekinlarini ekish hisobiga ildiz hamda ang‘iz qoldiqlari hisobidan tuproqqa qaytgan jami oziqa moddalar miqdori tegishlicha N-27,77-34,17; P-14,23-19,19; K-27,5-31,12 kg/ga qolishi aniqlandi. Takroriy ekinlardan loviya, moshdan keyin tuproqning agronomik j

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari unumdorligi (tuproq agregatlarini hosil qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi) ga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiq…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari unumdorligi (tuproq agregatlarini hosil qilish, hajmiy massasi, g’ovakligi, suv o‘tkazuvchanligi) ga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tuproq agregatlarini hosil qilish, loviya, suv o‘tkazuvchanligi, mikrobiologik xossalari, kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, mosh, tuproq unumdorligi, oq jo‘xori (silos uchun), don, hajmiy massasi, tariq, g’ovakligi, hosil., makkajo‘xori (silos uchun)
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники