Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA TARAQQIYOT STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHDA AZ- ZAMAXSHARIY G‘OYALARINING O‘RNI Adilov Zafar Yunusovich Buxoro davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Adilov Zafar Yunusovich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article reflects the beginning of a new era, a new time in our country, the reforms being implemented today, the principles and tasks put forward in the New Uzbekistan Development Strategy of our President Sh. Mirziyoyev, the restoration of the spiritual heritage of our ancestors and their use in educating young people, their spiritual and educational world. Keywords: New Uzbekistan, Mirziyoyev, ancestor, nation, state, idea, strategy. Mamlakatimizda yangi davr, yangi zamon boshlanganligini bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlardan ko‘rib olishimiz mumkin. Ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirishda Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ilgari surilgan tamoyillar va vazifalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy 185 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir. Biz bu yo‘lda islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bilim va salohiyati, kuchi va imkoniyatlarini, butun azm-u shijoatimizni ishga solishimiz lozim. Shundagina mamlakatimiz xalqimiz orzu qilgan, jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon davlatga aylanadi”1. Ajdodlarimizning ma’naviy merosini qayta tiklash va ulardan yoshlarni tarbiyalashda foydalanish, ularning ma’naviy-ma’rifiy olamini boyitishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbek tilining izohli lug‘atida millit so‘ziga quyidagicha ta’rif va izoh berilgan: millat – bu kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yahlit hududda istiqomat qilishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror yashash birligi deya tarif berilgan. Millat va davlat kelajagi bugungi kunda yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda Sharqning buyuk allomasi, insoniyat tamadduniga o‘zining beqiyos ilmiy merosi bilan ulkan xissa qo‘shgan Maxmud Zamaxshariyning ilmiy merosidagi falsafiy g‘oyalaridan barkamol avlod tarbiyasida foydalanish mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy soxasining muxim vazifalaridan xisoblanadi. Uning merosi butun dunyo miqyosida keng o‘rganib kelinayotgani nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, yurtimiz olimlari ham Zamaxshariyning asarlarini o‘qib o‘rganib, tadqiq etish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Mamlakat mustaqilligi, xalq farovonligi, davlatning taraqqiy etishida barkamol avlodning o‘rni juda ahamiyatlidir. Bugun dunyoda notinchlik, iqtisodiy, siyosiy, ekologik muammolar kuzatilayotgan davrda, mamlakatda millatlararo totuvlik, diniy bog‘rikenglik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro xurmat kabi insoniy fazilatlarni yoshlar ongida shakillantirishda Maxmud Zamaxshariy asarlaridagi falsafiy qarashlarning ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, barkamol shaxsda quyidagi ikki xususiyat mujassam bo‘lishi nazarda tutiladi. Birinchidan, jismonan sog‘lom bo‘lishlik, ikkinchidan esa, aklan-yetuk, tafakkur sohibi, odab va ahloqi mukammal bo‘lishligi. Shuningdek, barkamol insonning ko‘shimcha sifatidan biri u el- yurt tinchligi hamda ravnaki uchun barcha ijobiy fazilatlaridan foydalana olishidir, ya’ni bu serqirra jixatdan zamondoshlariga o‘rnak bo‘luvchilar uchun mos sifat deb ta’riflash mumkin. Shuning uchun xam allomalarimizning ma’naviy merosidan tarbiyaning eng ta’sirchan kuroli sifatida oqilona foydalanish lozim bo‘ladi. 1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toʻldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2022. – B. 4. 186 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Jahon mamlakatlarida inson ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan say xarakatlarning natijalarini ko‘rib muayyan jamiyatga baxo beriladi, uni taraqqiy etishi yoki tanazzuli xakida tasavvur shakllanadi. Xalkimiz tarixidagi yozma ma’lumotlarni guvoxlik berishicha, ota bobolarimiz farzandlarini umumbashariy g‘oyalar, dunyo hamda shark falsafasi, milliy kadriyatlarimiz ruxida tarbiyalab yetishtirganlar. Bugungi kunda yoshlarimizga ajdodlarimizning ilmiy merosini kunt bilan o‘rganib o‘zlashtirgan barkamol shaxslargina Vatan istikboli yo‘lida fidokorona mexnat kilishga kodir bo‘lib, Vatan, xalq oldidagi mas’uliyatini anglab yetadi. Ma’naviy barkamol shaxs o‘zini savobli ishlar bo‘lgan millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikka safarbar kila oladi va buning uchun ijtimoiy hayot takozo etadigan barcha ob’ektiv va sub’ektiv omillardan foydalanadi. Bunday ulkan vazifalarga Mahmud az- Zamaxshariy kabi allomalarimiz qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish, unda ilgari surilgan axlokiy karashlarni tapg‘ib kilish orkali erishiladi
Доказательный фрагмент
«This article reflects the beginning of a new era, a new time in our country, the reforms being implemented today, the principles and tasks put forward in the New Uzbekistan Development Strategy of our President Sh.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects the beginning of a new era, a new time in our country, the reforms being implemented today, the principles and tasks put forward in the New Uzbekistan Development Strategy of our President Sh. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, Mirziyoyev, ancestor, nation, state, idea, millat, davlat, Yangi O‘zbekiston, strategiya., ajdod, g‘oya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025