Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yuldashaliyeva Mubinabonu Qo'qonDU 401-guruh talabasi
Hikmatxon Ahmedova · Yuldashaliyeva Mubinabonu
Академические исследования в современной науке · 44 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada aforizmlarning ta'rifi, belgilari, farqlari, kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ayrim mulohazalar bildirilgan. Kalit so'zlar: Maqol, matal, naql, masal, zarbulmasasal, otalar so‘zi, hikmatli so‘z, aforizm, hikoyat, hikmat, burungilar so‘zi, mashoyixlar so‘zi Aforizm grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “aphorismos” – qisqa, hikmatli so‘z ma’nolarini anglatadi. Hikmatli so‘zlarga adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib o‘tilgan: • Aforizm – aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so‘zlar; • Aniq va ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; • Ma’lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma’nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir. Adabiyotshunos olim Z.Toshpo‘latov o‘z tadqiqotida aforizmlar tabiati haqida bildirilgan turlicha qarash va mulohazalarning ma’lum sabablarini ko‘rsatib o‘tadi: • Ushbu janr dunyo xalqlarining barchasida mavjud va ular haqida jahon paremiologiyasida turlicha fikr-mulohazalar bildirilgan; • Aforizmlarning badiiy shakli masalasida yagona hukmron fikr, yagona konsepsiya yo‘q; • Ko‘pchilik olimlar aniq muallifga ega bo‘lgan chuqur mazmunli, ixcham ifoda shakliga ega bo‘lgan hikmatli gaplarni aforizm deb hisoblasalar, ayrimlar aniq muallifga ega bo‘lmagan qanotli iboralarni ham ushbu janr tarkibiga kiritadilar. • Aforizmlar o‘zining juda qisqa va ma’nodorligi bilan qadim zamonlardan beri kishilar ularning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. Shuning uchun kishilar ularni diqqat bilan to‘plaganlar va alohida to‘plam holida qayat-qayta nashr etganlar. Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham xalqimizning aforistik ijodi turli- tuman atamalar bilan nomlanib kelinadi. Maqol, matal, naql, masal, zarbulmasasal, otalar so‘zi, hikmatli so‘z, aforizm, hikoyat, hikmat, burungilar so‘zi, mashoyixlar so‘zi va boshqalar ana shunday atamalardandir. Bu terminlar 94 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ko‘pchilik hollarda hozirgacha ham umuman aforistik ijodga nisbatan aralash ishlatilib, birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llanib kelmoqda. Xalqimizning aforistik ijodi shu darajada murakkab, serqirra va ko‘p janrliki, uning tabiatini birgina “maqol” yoki “hikmatli so‘z” atamasi bilan to‘la ifodalash qiyin. Shuning uchun keyingi yillarda o‘zbek folklorshunosligida ham xalqimiz yaratgan barcha aforistik va didaktik merosning janriy chegaralarini aniqlashga urinish sezilayotir. Shu jihatdan qaraganda, “maqol”, “matal”, “aforizm”, “naql” kabi terminlarni adabiy janrlarning nomlari sifatida aforistik va didaktik ijodning muayyan namunalariga nisbatan qo‘llash qat’iylashmoqda. Masalan, “naql” didaktik xarakterdagi kichik-kichik hikoyatlarga nisbatan qo‘llansa, aforizm yirik ijodkorlar, olimlar, davlat arboblari asarlarida uchrovchi yoki yaratilishi jihatidan shunday shaxslarga mansub bo‘lgan, ammo tilimizda faol qo‘llanuvchi hikmatli so‘zlarga nisbatan ishlatilmoqda. “Maqol” va “matal”ning termin sifatida qo‘llanish xususiyatlari haqida ham shu xilda mulohazalar bildirish mumkin. “Maqol” termini arabcha “qavlun” (aytmoq, gapirmoq) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida u xalq donoligining namunasi bo‘lmish aforistik janrlardan birining atamasiga aylangan va ma’qul aytilgan so‘z, gap yoki ibora ma’nolarini anglatadi. Bunda “maqol” janr atamasi bilan uning poetik tabiati o‘rtasida bevosita semantik aloqadorlik mavjudligi seziladi. G‘.Salomov o‘zbek tilshunosligi uchun g‘oyat dolzarb muammolardan biri bo‘lgan maqol va frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug‘ullandi, shu mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, bir necha monografik tadqiqotlar yaratdi. Olim o‘z ishlarida “frazeologik ibora”, “idioma”, “ibora” kabi atamalardan sinonim sifatida foydalanadi, bunday til birliklarini maqol, matallardan farqlashga intiladi. G'.Salomovning ta’kidlashicha, “Maqol - xalq aql-idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari majmui, turmushdagi turli voqea-hodisalarga munosabatining ifodasidir. Maqol kundalik hayotda, kishilarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi jarayonida tug‘iladi. Xalq maqoli - xalqning mulkidir. Maqol qayg‘usi - xalq qayg‘usi, maqol g‘azabi - xalq g‘azabi, maqol kulgisi - xalq kulgisi va maqol kinoyasi - xalq kinoyasi demakdir. Maqol ishlatmagan bironta xalq, maqol ijod qilmagan bironta til yo‘q. “Dunyoda tilsiz xalq bo‘lmagani kabi, maqolsiz til ham yo‘q”, - deb ko‘rsatadi tatar yozuvchisi Noqiy Esanbat”. Agar maqol - turmushda sinalgan, ma’lum ezgu, tugal, umumiy ma’no anglatuvchi, ixcham bir shakldagi xalq hikmati bo‘lsa, “matal narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi, tilda keng ishlatiladigan ibora va nutq oborotlaridir. Matal 95 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference so‘zlovchining o‘z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal kishining xotirasida osonlik bilan saqlanib qoladi”. Olim o‘zining “Tarjima nazariyasi asoslari” asarida maqol, matal va idiomani farqlashga xizmat qiluvchi quyidagi sxemani keltiradi: Maqol Matal Idio
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada aforizmlarning ta'rifi, belgilari, farqlari, kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ayrim mulohazalar bildirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada aforizmlarning ta'rifi, belgilari, farqlari, kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ayrim mulohazalar bildirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Maqol, matal, naql, masal, zarbulmasasal, otalar so‘zi, hikmatli, aforizm, hikmatli so‘z, hikoyat, burungilar so‘zi, mashoyixlar so‘zi, hikmat
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025