Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
+998973207112
Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Sodda gaplarning shakliy va mazmuniy murakkablashuvi masalasi tilshunoslikning pragmatika sohasi uchun dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada sodda gaplar murakkablashuvining o‘ziga xos jihatlari, shakliy va mazmuniy murakkablashtiruvchi vositalar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: adresant, diktum, modus, murakkablashtiruvchi komponent, avtorizatsiya, dialogizatsiya. Annotation The issue of formal and substantive complexity of simple sentences is one of the topical topics for the pragmatics field of linguistics. This article discusses the specific aspects of the complexity of simple sentences, as well as the formal and substantive complexity tools. Key words: addressee, dictum, modus, complicating component, autarization, dialigization. Tilshunoslik taraqqiyoti natijasida semantik jihatga asosiy e’tibor berila boshlandi. Bu holat bir nechta voqea-hodisa nominatsiyasini ifodalovchi sodda gaplarni, ya’ni murakkablashgan sodda gaplarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Boisi obyektiv borliqni to‘laligicha bevosita lisoniy vositalar bilan ifodalashga zarurat bo‘lmaydi, so‘zlar vositasida o‘z ifodasini topmagan qismi nutq vaziyati yoki kontekstdan anglashiladi. Buning natijasida gaplarda shakl va mazmun nomutanosibligi yuzaga keladi. Ularni o‘rganish yo‘lidagi eng dastlabki vazifa sodda gapni murakkablashtiruvchi sintaktik birliklarni aniqlashdir. Ba’zi olimlar murakkablashuv faqat ajratish va parchalanish orqali yuz beradi, deb hisoblashsa, boshqalari sodda gap tarkibiga kiruvchi tuzilmalargina murakkablashuvga xizmat qiladi, gapdan tashqaridagi birliklar sodda gapni murakkablashtira olmaydi, deb ta’kidlashadi.1 O‘zbek tilshunos olimi G’.Abdurahmonov sodda va qo‘shma gaplar orasidagi gaplarni “murakkab gaplar” nomi bilan atab, ularga ajratilgan bo‘lakli, undalmali va kirishli gaplarni 1 Галлямов Ф.Г. Структурно- семантическое осложнение простого предложения в татарском языке. Автореф.дисс….док-ра филол.наук. Уфа, 2007. С.11. 110 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kiritadi.2 Tilshunoslar A.G’ulomov va M. Asqarovalar uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish birliklar, kiritma konstruksiyalar va undalmalarni murakkablashtiruvchi vositalar sifatida tadqiq etishgan.3 Biz tilshunos B.O‘rinboyev tavsifiga qo‘shilgan holda, sifatdoshli, ravishdoshli o‘ramlar, harakat nomili tizimlar va ilova qurilmalarni sodda gaplarni ham murakkablashtiruvchi vositalar sifatida tadqiq etdik. 4 Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi vositalarning vazifaviy va mazmuniy imkoniyatlari badiiy matnda o‘zini to‘la namoyon qiladi. Murakkablashtiruvchi birliklarning bir qismi gap asosiy tarkibiga qo‘shimcha , potensial-predikativ ma’nolarni yuklashga xizmat qiladi. Bunday ma’nolarga taktik, izohlovchi-aniqlashtiruvchi, tavsiflovchi, shartli ma’nolar kiradi. Murakkablashtiruvchi vositalarning yana bir qismi vaziyatga yoki nutq ishtirokchilariga nisbatan subyektiv munosabat, hissiy baho ifodalashga xizmat qiladi. Murakkablashtiruvchi birliklarning asosiy vazifaviy yuklamasi so‘zlovchining matn tarkibidagi gaplarni intonatsion- grafik va semantik urg’usi bilan bog’liq bo‘lgan maqsadini amalga oshirishdan hamda gapning shakliy- mazmuniy tuzilishini tizimlashtirish, qolaversa, uzatilayotgan axborotning adresant tomonidan to‘g’ri shakllantirilishi va adresat tomonidan to‘g’ri tushunilishini ta’minlashdan iborat. Murakkablashtiruvchi vositalarning gapga kiritilishi natijasida yangi grammatik birikmalar; yangi yarim predikativ, izohli, bog’lovchili ma’nolar yuzaga keladi. Murakkablashtiruvchi komponentlarning ishtiroki gapdagi qo‘shimcha va tematik-rematik markazlarning ta’kidlanishi va gapning tarkibiy bo‘linishini murakkablashishiga xizmat qiladi. Murakkablashtiruvchilar diktum bilan bog’liq bo‘lgani kabi, uzatilayotgan axborotning modusi bilan ham bog’liq bo‘ladi. Ular nutqni avtorizatsiya va dialogizatsiya qilishda, matndagi so‘zlar orasida uyg’unlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Nutq vaziyatining tarkibiy qismlari bo‘lmish adresant, adresat, uzatilayotgan axborotning vaqti va o‘rnini aktuallashtirish vazifasini bajarib, sintaktik deyksis vositasi hisoblanadi. Murakkablashtiruvchi vositalarning xususiyatlari sifatdoshli va ravishdoshli o‘ramlarda yaqqolroq ko‘rinadi. Boisi ravishdosh va sifatdosh o‘ramlar zamon morfologik kategoriyasi bilan shakllangan so‘z shakllarini o‘z ichiga oladi. Quyida to‘ldiruvchi vazifasidagi uyushiq sifatdosh o‘ram bilan murakkablashgan sodda gap berilgan bo‘lib, sifatdosh o‘ram o‘tgan zamon ko‘rsatkichi bilan shakllangan: Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. -Б.57. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б.157. Ўринбоев Б. Синтактик муносабатлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2005. – Б.103. 111 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Shu dardi tufayli tog‘-u toshlar orasida sarson yurgani-yu, turqi sovuq Shoyim yo
Доказательный фрагмент
«Sodda gaplarning shakliy va mazmuniy murakkablashuvi masalasi tilshunoslikning pragmatika sohasi uchun dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSodda gaplarning shakliy va mazmuniy murakkablashuvi masalasi tilshunoslikning pragmatika sohasi uchun dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- addressee, dictum, modus, complicating component, avtorizatsiya, adresant, murakkablashtiruvchi komponent, dialogizatsiya., diktum
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014