К содержанию
РецензированоUZ2026

Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchi Tel: 94 4305111

Abdullayeva Mavludaxon Aribovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ma’lumki kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatiga va ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish muhimdir. Ushbu maqolada kreativ yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va takomillashtirish kabi pedagogik jihatlariga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: kreativ yondashuv, individuallik, tafakkur, ta’lim va tarbiya, qobilyat, rivojlantirish Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda kreativ yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kreativ yondashuv bu - yangicha fikrlash, ijodiy izlanish va nostandart qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik metodlarning majmuidir. Bu metodikaning asosiy vazifasi - talabalarning faolligini oshirish, ularga o‘z fikrlarini erkin bayon etish imkoniyatini yaratish va tafakkur ko‘lamini kengaytirishdan iborat. Kreativ yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil qilishning asosiy prinsiplari: -Talabalar tomonidan muammoli vaziyatlar yaratish va ularni hal etishga yo‘naltirish; -Mustaqil fikrlashga undovchi topshiriqlar berish; -O‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish; -Talabalar bilan interfaol muloqot orqali ularning nutqiy faolligini oshirish; -Ijodiy ishlar va loyihalar orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish. Talabalarning nutqini rivojlantirish uchun munozara, bahs-munozara, rol o‘yinlari va prezentatsiyalar kabi metodlardan samarali foydalanish lozim. Bu usullar talabalarni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini asoslab berishga va auditoriya oldida ishonch bilan gapirishga o‘rgatadi. Tafakkurni rivojlantirish esa, analitik 178 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Buning uchun o‘quv jarayonida loyihaviy ta’lim, aqliy hujum, brainstorming va keys-stadiy metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kreativ yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak kreativ yondashuv - yangicha fikrlash, ijodiy izlanish va nostandart qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik metodlarning majmuidir. Bu metodikaning asosiy vazifasi - talabalarning faolligini oshirish, ularga o‘z fikrlarini erkin bayon etish imkoniyatini yaratish va tafakkur ko‘lamini kengaytirishdan iborat. Ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni joriy etish uchun avvalo talabalarni mustaqil fikrlashga undovchi topshiriqlar berish muhimdir. Bu topshiriqlar muammoli vaziyatlarni hal qilish, analitik tafakkurni rivojlantirish va innovatsion yechimlarni izlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Misol uchun, talabalarga real hayotiy masalalarni hal qilish uchun loyihalar berish mumkin. Bunday yondashuv ularning mustaqil izlanish va ijodiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Kreativ yondashuvning samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchilar interfaol metodlardan, xususan, munozara, bahs-munozara, rol o‘yinlari va prezentatsiyalardan keng foydalanishlari zarur. Bu usullar talabalarni o‘z nuqtai nazarini asoslab berishga, auditoriya zoldida ishonch bilan gapirishga va fikr almashishga o‘rgatadi. Natijada talabalar nafaqat bilim, balki kommunikativ ko‘nikmalarga ham ega bo‘ladilar. Tafakkurni rivojlantirishda esa analitik va tanqidiy fikrlashning o‘rni beqiyosdir. Aqliy hujum (brainstorming), keys-stadiy (case study) va loyihaviy ta’lim kabi metodlar orqali talabalar murakkab muammolarni tahlil qilish, ularga nostandart yondashish va ijodiy echimlar ishlab chiqishga o‘rganadilar. Ayniqsa, keys-stadiy metodida talabalar real muammolarni hal qilish jarayonida nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘ladilar. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish ham kreativ yondashuvning ajralmas qismidir. Raqamli ta’lim platformalari, virtual va qo‘shma reallik vositalari, onlayn test va imtihon tizimlari yordamida ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish mumkin. Masalan, talabalarga virtual laboratoriya ishlari yoki interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali ularning qiziqishini oshirish va mustahkam bilim berish mumkin. Jamoaviy loyihalar ustida ishlash ham kreativ yondashuvning muhim tarkibiy qismidir. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘lib, birgalikda muayyan muammo yoki loyihani hal qilishga jalb qilish orqali ularda hamkorlik, fikr almashish va jamoaviy mas'uliyat hissini kuchaytirish 179 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference mumkin. Bu usul nafaqat bilim olish jarayonini samarali qiladi, balki talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. Kreativ yon

Доказательный фрагмент

«Ma’lumki kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatiga va ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda zamonaviy ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ma’lumki kreativ yondashuv asosida talabalarning nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish va ularning kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatiga va ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda zamonaviy ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tafakkur, kreativ yondashuv, qobilyat, individuallik, rivojlantirish, ta’lim va tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники