Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Maxmudov Salimjon Uralovich Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi
Maxmudov Salimjon Uralovich · Jo‘lmurodov Oybek Asliddin o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 4 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются понятия социальных норм и санкций, а также их функциональное значение в обществе. Социальные нормы-трактуются как система письменных или неписаных правил, принятых членами общества и обязательных к соблюдению. Эти нормы играют важную роль в регулировании межличностных отношений, обеспечении социальной стабильности и формировании дисциплины в обществе. Ключевое слово: социальные нормы,санкции, правовые нормы,моральные нормы,религиозные нормы,официальные санкции,неофициальные санкции, социальная адаптация,общественный контроль, этикет,верховенство закона, государственный и общественный контроль,моральные санкции, пропаганда и пропаганда. Annotation This article extensively covers the concepts of social norms and sanctions, as well as their functional significance in society. Social norms are interpreted as a system of written or unwritten rules adopted by members of society and required to be observed. These norms play an important role in regulating 15 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference interpersonal relationships, ensuring social stability, and shaping discipline in society. Keywords: social norms,sanctions, legal norms,moral norms,religious norms,official sanctions,unofficial sanctions, social adaptation, public control, etiquette,rule of law, state and public control,moral sanctions, propaganda and propaganda. Jamiyat insonlarning birgalikda yashashidan shakllanadigan murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, unda tartib va intizomni saqlash uchun ma’lum qoidalar mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy normalar deb ataladi. Ular jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan me’yorlar bo‘lib, ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlaydi. Ushbu normalarni buzganlarga nisbatan qo‘llaniladigan choralar sanktsiyalar deb nomlanadi. Jamiyat rivoji va barqarorligi ushbu normalarning to‘g‘ri shakllanishi va unga rioya qilinishiga bog‘liq. Ushbu maqolada jamiyatimizdagi ijtimoiy normalar va ularning sanktsiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ijtimoiy normalarning mohiyati va turlari- ijtimoiy normalar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib, axloqiy, huquqiy, diniy va boshqa qoidalarga asoslanadi. Ushbu normalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Huquqiy normalar – rasmiy hujjatlar asosida belgilangan qoidalar bo‘lib, davlat tomonidan nazorat qilinadi va buzilgan taqdirda yuridik sanktsiyalar qo‘llanadi. 2. Axloqiy normalar – insonlarning odob-axloqiga asoslangan qoidalar bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 3. An’anaviy normalar – milliy urf-odat va an’analarga asoslangan me’yorlar bo‘lib, asrlar davomida shakllangan. 4. Diniy normalar – diniy ta’limotlar asosida shakllangan qoidalar bo‘lib, e’tiqod doirasida amal qilinadi. 5. Estetik normalar – jamiyat tomonidan qabul qilingan go‘zallik va san’at me’yorlari. 6. Kasbiy normalar – turli kasblarga xos bo‘lgan axloqiy va odob qoidalari. 7. Ijtimoiy psixologik normalar – insonlarning muayyan sharoitlarda qanday harakat qilishlarini belgilaydi. Bu normalar insonlarning xulq-atvorini nazorat qilib, ularni jamiyatga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy normalar tufayli jamiyat a’zolari o‘zini qanday tutish kerakligini bilib, jamiyatga moslashadi va jamoaviy hayotga qo‘shila oladi. 16 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ijtimoiy sanktsiyalar va ularning turlari- Ijtimoiy normalarning bajarilishi jamiyat tomonidan turli xil sanktsiyalar orqali ta’minlanadi. Sanktsiyalar ijobiy va salbiy shakllarda bo‘lishi mumkin. Ijobiy sanktsiyalar ijtimoiy normalarga rioya qilgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Masalan: Maqtov va mukofotlar Unvon va medal berish Ijtimoiy maqomning oshirilishi Rag‘batlantiruvchi bayonotlar Moddiy mukofot va rag‘batlantirish Obro‘ va nufuzning oshirilishi Salbiy sanktsiyalar esa ijtimoiy normalarni buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralaridir. Ular quyidagicha bo‘linadi: 1. Huquqiy sanktsiyalar – qonunlarni buzganlik uchun jarima, hibsga olish yoki boshqa jazolar. 2. Axloqiy sanktsiyalar – insonlar tomonidan qoralash, e’tiborsiz qoldirish yoki tanbeh berish. 3. Jismoniy sanktsiyalar – ba’zi jamiyatlarda jismoniy jazolar mavjud. 4. Ma’naviy sanktsiyalar – jamiyat tomonidan insonning obro‘sini tushirish yoki unga nisbatan ishonchsizlik bildirish. 5. Mehnat sanktsiyalari – ishdan bo‘shatish, maosh kamaytirish yoki lavozim tushirish shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. 6. Ijtimoiy izolyatsiya – shaxsni jamiyatdan chetlab qo‘yish yoki e’tiborsiz qoldirish. Ijtimoiy normalar va sanktsiyalarning jamiyatdagi ahamiyati- ijtimoiy normalar va sanktsiyalar jamiyat barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: Jamiyatda tartibni saqlash – me’yorlarga amal qilish orqali jamiyatning barqarorligi ta’minlanadi. Insonlarning xulq-atvorini shakllantirish – odob-axloq qoidalariga rioya qilish orqali jamiyatning axloqiy darajasi oshadi. Jinoyatchilik va tartibsizlikning oldini
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются понятия социальных норм и санкций, а также их функциональное значение в обществе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются понятия социальных норм и санкций, а также их функциональное значение в обществе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social norms, sanctions, legal norms, moral norms, religious, jamoatchilik nazorati, targ’ivot va tashviqot ishlari., ijtimoiy moslasuv, qonun ustuvorligi, rasmiy sanksiyalar, davlat va jamoat nazorati, ijtimoiy no’rmalar, diniy norma, odob-axloq qoidalari, sanksiyalar, manaviy sanksiyalar, norasmiy sanksiyalar, axloqiy norma, an-anaviy norma, huquqiy norma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025