Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA TA’LIM VA TARBIYANING MADANIY ASOSLARI Qodirova Dilnavoz Kozimovna Navoiy viloyati Nurota 2-sonli Politexnikumi Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi
MADANIY ASOSLARI · Qodirova Dilnavoz Kozimovna · Navoiy viloyati Nurota -sonli Politexnikumi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yoshlar bilan ishlash tizimi, bu jarayonda ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari, ko‘plab olimlarning ta’lim va tarbiya xususidagi konsepsiyalari, bildirgan fikr va nazariyalar aks ettirilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, ta’lim va tarbiya, metodologiya, yoshlar bilan ishlash tizimi, axloq, konsepsiya, antroposentrizm, pradigma. Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Bunday ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-marifiy, iqtisodiy o‘zgarishlar davrida jamiyatning, millatning dunyoqarashi, intellekti, fikrlash tarsi va aql salohiyatining barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan, aniq bir konseptual ta’limot yaratishga ehtiyoj tug‘ildi. Tabiyki, mazkur muammolar eng avvalo, totalitar tuzum mafkurasi ta’siri bo‘lib, falsafiy tafakkurda o‘zgarishlar sodir etdi. Faylasuf olim J.Tulenovning fikricha, “Jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini atroflicha bilish, uning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarida ro‘y berayotgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglab, bartaraf etish bilan bir qatorda taraqqiyot istiqbolini falsafiy mushohada etish katta o‘rin egallaydi” . Siyosiy munosabatga bo‘ysundirilgan totalitar mafkura tegishli sohalar doirasida aniq bo‘lmagan muammolarni keltirib chiqardi va dialektik birlik asosini o‘rganishga to‘siq bo‘ldi. Shuning uchun ham rivojlanishning tarixiy shakllanish ko‘rinishlari, undagi asrlar davomida qolib ketgan asoratlarining yoshlar bilan ishlash tizimidagi ta’lim va tarbiyaning faollashuviga to‘siq bo‘lib kelayotgan sabablarni ochish uchun muhim va fundamental tahlil qilishga ehtiyoj sezildi. Birinchi ehtiyoj, ong, tafakkur o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Hech kimga sir emas- biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi avvalo xalqimizning bu o‘zgarishlarni qo‘llab quvvatlashidandir. Bugun joylarda shu borada odamlarimizning faolligi, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog‘liq masaladir. Bu oddiy haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim” , deb ta’qidlaydi. Ikkinchi ehtiyoj mamlakatni demokratlashtirish, liberallashtirish nuqtai nazaridan sobiq ittifoq mafkurasi, tafakkur qulligi va fikr 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qaramligi oqibatlarini o‘rganish, ularga barham berish yo‘llarini imkon qadar faollashtirishdir. Uchinchi ehtiyoj ta’lim va tarbiyai shakllanishida falsafiy tafakkurning milliy xususiyatlarini ilmiy muammo sifatida tadqiq etish va obyektiv sabab va sharoitlarini belgilashdir. Modomiki, shunday ekan, tarixiylik- vorisiylikni bugungi kun va istiqbol bilan bog‘lab, ta’lim va tarbiyaining rivojlanishi ehtiyojini hisobga olgan holda o‘rganish dolzarb hisoblanadigan masaladir. Dunyo tajribasidan shuni ko‘rishimiz mumkinki, har bir mamlakatda milliy falsafaning rivojlanishi, o‘sha hududdagi xalqning o‘ziga xos davlatchilikining rivojlanishi va shakllanishi bilan bog‘liq tarzda kechadi. Bu albatta kuchli davlatchilikni va shu mamalakatda kuchli falsafiy tafakkurning ravnaq topishini taqozo etadi. Hozirgi kunda yangi ko‘rinishdagi milliy falsafasining umumiy jihatlari shundaki, u borliq taraqqiyotidagi aloqadorlik va vorisiylikni dialektik inkor qilish orqali namoyon qiladi. Chunki, mustaqillikka erishgan O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar va yangilanishlar asosida yangi ko‘rinishdagi jamiyatni barpo etish g‘oyasi dolzarb hisoblangan bir vaqtda o‘tmish davrini butunlay inkor etish, undan voz kechish, yangisini yaratmay turib, avvalgisini barbod etib tashlash qaysi aqlga sig‘adi! Yangi uyni - imoratni qurmasdan, eski uyni, o‘zimiz istiqomat qilayotgan uyni yiqitish, vayron qilish - bu aqldan emas, degan fikrni bildiradi I.A.Karimov. Demak, bu fikrlar eski davr bilan yangi davr o‘rtasidagi tajriba va aloqadorlik doimo mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ana shu vorisiylik va aloqadorlik jarayonida xalq asrlar davomida to‘plagan tajribalardan oqilona foydalangan holda yangi davrni milliy falsafa mezonlarlari asosida rivojlantirib, boyitib boradi. J.Tulenovning e’tirof etishicha, fanning muhim xususiyatidan biri shundaki, u tadrijiy ravishda taraqqiy etib, o‘z mazmunida ilgari to‘plangan ma’lumotlarni saqlab qolganligi, yangi bilimlarni qo‘shib borganligi, xuddi shuningdek, ilgari avlodlar tomonidan to‘plangan g‘oyalarni uloqtirib tashlamasdan, aksincha, uni saqlab qolib, doimo mazmunan boytib, eski va yangi falsafiy g‘oyalar o‘rtasida vorisiylik vazifasini bajarganligidadir. Shu ma’noda, yangi davr o‘tmishdagi butun taraqqiyotning davomi ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Yangi davr o‘tmishning hamma ilg‘or jihatlari va qimmatli narsalarini saqlaydi, uni qayta baholaydi va oldingining inkori sifatida vujudga keladi. Shuningdek, xato va vaqt sinovidan o‘tolmagan hamma narsalarni bartaraf etib, sinovga bardosh bergan eng saralarini haqiqiy qiymat sifatini berib, saqlab qoladi. 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference B
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yoshlar bilan ishlash tizimi, bu jarayonda ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari, ko‘plab olimlarning ta’lim va tarbiya xususidagi konsepsiyalari, bildirgan fikr va nazariyalar aks ettirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yoshlar bilan ishlash tizimi, bu jarayonda ta’lim va tarbiyaning madaniy asoslari, ko‘plab olimlarning ta’lim va tarbiya xususidagi konsepsiyalari, bildirgan fikr va nazariyalar aks ettirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yoshlar, metodologiya, antroposentrizm, axloq, yoshlar bilan ishlash tizimi, konsepsiya, pradigma., ta’lim va tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026