Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
International scientific-online conference YOSHLAR SIYOSATIDA YANGI TARIXIY DAVR Axatov Sunnatjon Axtam o‘g‘li “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi rais o’rinbosari,
Axatov Sunnatjon Axtam o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2016
Аннотация
Between 2016 and 2020, Uzbekistan witnessed a substantial renewal of its youth policy, strengthening of the legal framework, and improvement of practical mechanisms. Particularly during the early years of President Shavkat Mirziyoyev's leadership, youth issues were recognized as one of the key priorities of state policy. This article provides a scholarly analysis of the legal essence of the Law “On State Youth Policy”, the establishment and activities of the Youth Union of Uzbekistan, the effectiveness of the “Youth – Our Future” program, and mechanisms for ensuring youth employment. 97 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: youth policy, legal reforms, state program, Youth Union, employment, “Youth – Our Future”, normative documents, practical mechanism. O‘zbekiston Respublikasida 2016–2020-yillar ijtimoiy-siyosiy sohalarda tub o‘zgarishlar boshlangan, yangilanishlar sur’ati ortgan davr bo‘ldi. Ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatida saylangani bilan davlat boshqaruvida ijtimoiy adolat, huquqiy kafolatlar, inson qadri va, ayniqsa, yoshlar masalasiga alohida e’tibor berila boshlandi. Bu e’tibor bejiz emas edi, chunki mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.1 Prezident Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari bugungi siyosatning mazmun-mohiyatini aniq ifodalaydi: “Biz yoshlarimizga suyanamiz. Ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Yoshlarsiz taraqqiyot, ertangi kunni tasavvur qilish mumkin emas”2 Shu bois 2016–2020- yillar oralig‘ida yoshlarga oid davlat siyosati strategik darajaga ko‘tarilib, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kompleks yondashuv asosida takomillashdi. Davlat siyosatida yoshlar masalasining ustuvorligi. 2016–2020-yillarda yoshlar masalasi birinchi marta davlat strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, Prezident tomonidan barcha sohalarda yoshlar ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu yillarda qabul qilingan muhim hujjatlar: “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun (2016); 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi; “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi (2018); Yoshlar bandligi, ta’limi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezident farmon va qarorlari. Yoshlar siyosati har bir hududda, har bir tuman, mahalla darajasida alohida tahlil qilina boshladi. Mahalliy Kengashlarda yosh deputatlar ulushi oshdi, davlat idoralarida yosh kadrlar uchun yangi lavozimlar yaratildi. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va tizimga kiritgan yangiliklari. 2016-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.3 Bu hujjat yoshlar masalasini birinchi marta tizimli huquqiy asosda belgilab bergan tarixiy hujjat bo‘ldi. Qonunning mazmuniga ko‘ra: Yoshlar siyosatining subyektlari va obyektlari aniq belgilandi; 1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yoshlar demografik ko‘rsatkichlari, 2020-yil. 2 Shavkat Mirziyoyev nutqi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi yig‘ilishdagi chiqishi. 3 O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016-yil 14-sentabr. // www.lex.uz 98 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Davlat organlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha majburiyatlari shakllantirildi; Yoshlar huquqlari, erkinliklari va imtiyozlari kafolatlandi; Ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya sohalarida yoshlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilishi belgilandi. Shuningdek, qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki mustahkamlandi, bu esa yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qildi.4 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi: yangi tashkilot – yangi missiya. 2017-yil 30-iyunda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etildi va “Kamolot” yoshlar harakatining huquqiy vorisi sifatida ish boshladi. Yangi tashkilot faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslandi: Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish; Ularning huquqlarini himoya qilish; Vatanparvarlik, ma’naviy barkamollikni targ‘ib qilish; Jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirish.5 O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimida: Har bir ta’lim muassasasida boshlang‘ich tashkilotlar; Har bir tuman va viloyatda kengashlar; Maxsus loyihalar – “Yoshlar yetakchisi”, “Yoshlar ovozi”, “Yoshlar press- klublari” tashkil qilindi. Mamlakat bo‘ylab minglab yoshlar ushbu tashkilot orqali ijtimoiy loyihalarda ishtirok eta boshladi. “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi va bandlikka oid amaliy islohotlar. 2018-yil 27-iyunda Prezidentning PQ–3839-son qarori bilan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi tasdiqlandi. Dastur maqsadi quyidagilardan iborat edi: Yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish; Ularni yer uchastkalari, bino-inshootlar bilan ta’minlash; Bandligini ta’minlash; Tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllanti
Доказательный фрагмент
«Between 2016 and 2020, Uzbekistan witnessed a substantial renewal of its youth policy, strengthening of the legal framework, and improvement of practical mechanisms.»
Образец извлечения
Демо-превьюBetween 2016 and 2020, Uzbekistan witnessed a substantial renewal of its youth policy, strengthening of the legal framework, and improvement of practical mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- youth policy, legal reforms, state program, Youth Union, amaliy mexanizm., Yoshlar ittifoqi, davlat dasturi, “Yoshlar – kelajagimiz”, Yoshlar siyosati, me’yoriy hujjatlar, bandlik, huquqiy islohotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025