К содержанию
РецензированоUZ2021

Uzluksiz malaka oshirish jarayonida ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish o‘qituvchilari kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari

М Джуманиёзова (Узбекский государственный университет мировых языков)

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2021

Аннотация

Maqolada malaka oshirish ta’limi va uning o‘ziga xos xususyatlari, oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kreativ kompetentligini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ularni qo‘llashda ta’lim jarayonini loyihalash shartlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: kreativlik, malaka oshirish, raqamli gumanitar ta’lim. Ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlaridagi nazariy bilim olishga 17 yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy bilim va saviyasini yuksaltirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini rivojlantirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Oliy ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmuni va maqsadi o‘qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishga qaratilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotiga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini rivojlantirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangilash ta’lim beruvchining kreativ faoliyatini taqozo etadi. Katta yoshlilar ta’limi jarayonida ularga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish, interaktiv muloqot maydoni, ishbilarmonlik va kreativlikka yo‘naltirilgan treninglar, debatlardan keng foydalanish lozim. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida, yangi g‘oyalarga intilishda, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni echish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqot jarayonida shunga amin bo‘ldikki, egallangan bilimlarni qayta-qayta takrorlash orqali kreativlikka erishib bo‘lmaydi, kreativ fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir. Masalan, ma’ruza o‘qituvchisi butun dars davomida ma’ruzani chiroyli gapirib bersa-yu, bu jaaryonda ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z nuqtai-nazarlarini erkin bayon etishga yo‘naltirmasa, mavzu doirasida ishtirokchilarning tasavvurini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasa, ularda kreativ ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga erishmasa darsning samaradorligi past hisoblanadi. Quyida ayrim texnologiya va metodlarni keltirib o‘tamiz: «Flipped classroom» texnologiyasi. “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” moduli bo‘yicha “Zamonaviy tarixshunoslik tadqiqotlarida Abu Rayhon Beruniyning tarixiy ilmiy qarashlari” mavzusi misolida. Mazmuni: yuzma-yuz va onlayn ta’lim o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim usuli. Odatda, bu usuldan foydalanganda, darsda yuzma-yuz o‘rganish foizi kamroq bo‘ladi va ishonchli raqamli texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Mustaqil ta’limga asoslangan bo‘lib, uni qo‘llash jarayonida shaxsni o‘z faoliyatini mustaqil tashkillashtirish ko‘nikmasi, rivojlanishdan to‘xtamaslik, maqsadlarini aniq belgilash ko‘nikmalari shakllanadi. Bugun jahon ta’lim tizimida keng qo‘llanayotgan «flipped classroom» ("teskari sinf") texnikasi ta’limni tashkil etishga zamonaviy yondashuv bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim oluvchi o‘quv materialini o‘zlashtirishining asosiy qismi auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishiga to‘g‘ri keladi. “Flipped classroom”—bu o‘quv materiali ta’lim oluvchiga auditoriyadan tashqarida mustaqil o‘qishi uchun beriladigan va uni amaliy mustahkamlash esa dars vaqtida amalga oshiriladigan o‘quv modeli hisoblanadi. Bu jarayonda auditoriyadagi ta’lim murakkab nazariy qism va ta’lim oluvchi mustaqil o‘zlashtirishi jarayonida yuzaga keladigan savollarni tahlil qilishga bag‘ishlanadi (darsning 25-30% dan ko‘p bo‘lmagan), 18 shuningdek, auditoriyada o‘qituvchi bilan hamkorlikda amaliy vazifalarni va tadqiqot vazifalarini bajaradilar. Ta’limning bu modeliga o‘tish darsda o‘qituvchining ustunligidan ta’lim oluvchining ustunligiga o‘tishni bildiradi. Xorijiy adabiyotlarda bu o‘tish majoziy ma’noda o‘qituvchi rolining “sahnadagi donishmand”dan “yon tomondagi qo‘llanma”ga o‘zgarishi sifatida tasvirlanadi [40]. «Flipped classroom» (“Teskari sinf”) modelining asoschilari Djonatan Bergman (Jonathan Bergman)

Доказательный фрагмент

«Maqolada malaka oshirish ta’limi va uning o‘ziga xos xususyatlari, oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kreativ kompetentligini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ularni qo‘llashda ta’lim jarayonini…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada malaka oshirish ta’limi va uning o‘ziga xos xususyatlari, oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kreativ kompetentligini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalari va ularni qo‘llashda ta’lim jarayonini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
профессиональное развитие, malaka oshirish, kreativlik, цифровое гуманитарное образование, creativity, raqamli gumanitar ta’lim, digital humanitarian education, творчество, professional development
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники