Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СЮЖЕТ-ВАЖНЫЙ ЭЛЕМЕНТ ЛИТЕРАТУРЫ
Raʼno Boytoʻrayeva
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In a work of art, the creation of the plot is guided by ideological content, a series of events is discovered that generalize the conflicts of life in which characters are manifested in harmony with the demand for ideological content. The complex relationships of the characters form the plot of the work. This article provides theoretical information about the plot and its elements and gives examples based on Ulughbek Hamdam's novel “balance”. Keywords: plot, plot elements, exposition, Node, development of events, climax, solution, prologue, epilogue. СЮЖЕТ-ВАЖНЫЙ ЭЛЕМЕНТ ЛИТЕРАТУРЫ Аннотация. В художественном произведении созданием сюжета руководит идейное содержание, раскрывается цикл событий, обобщающих жизненные конфликты, в которых проявляются персонажи в соответствии с требованием идейного содержания. Сложные взаимоотношения героев составляют сюжет произведения. В этой статье будет представлена теоретическая информация о сюжете и его элементах, а также приведены примеры, основанные на романе Улугбека хамдама “баланс”. Ключевые слова: сюжет, элементы сюжета, экспозиция, узел, развитие событий, кульминация, развязка, пролог, эпилог. 155 Bugungi adabiyot insonning taqdiri, kechmishi, ichki olami hech bir qolipga sig‘maydigan hodisa ekanini, har bir odam o‘ziga xos murakkab dunyo ekanini tushunishda va ko‘rsatishda tobora ilgarilab bormoqda. Unda borliq, tabiat, ona zamin muammolarini, mavjud turmush hodisalarini, inson qalbini badiiy idrok qilish, tadqiq etish tendensiyasi teranlashib bormoqda. Adabiyotda hayot va inson obrazini talqin etishda yangicha o‘zgarishlar, yangicha tendensiyalar paydo bo‘lishga sabab nima? Avvalo, aytish kerakki, adabiyot bu hayot ifodasi. Shunday bo‘lgandan keyin ijtimoiy-ma’naviy hayotda yuz bergan barcha yangiliklar, o‘sish- o‘zgarishlar adabiyotda aks etishi, o‘z in’ikosini topishi tayin. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushdagi taraqqiyot esa inson xarakterini, uning dunyo haqidagi tasavvurini, talab va ehtiyojlarini doimo o‘zgartirib boradi. Hayot va inson shaxsi murakkabliklarini badiiy tadqiq etib ko‘rsatishda ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy masalalarning ich-ichiga kirib borishda, ulardagi ziddiyatlarni ochib berishda roman va qissa janri katta imkonga ega. Ammo, bu hikoyaning yoki poeziya, dramaturgiyaning adabiy jarayondagi, uning rivojidagi muhim rolini kamsitmaydi. Chunki adabiyotdagi hamma janrlar o‘z o‘rniga, o‘z salmog‘iga, qadriga ega. Hozirgi kunda roman prozaning eng istiqbolli janri sifatida hayotning ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini keng ko‘lamda, falsafiy yo‘nalishda, butun murakkabliklari bilan badiiy ifodalab ko‘rsatishda yetakchilik qilmoqda deyish mumkin. Roman “zamondan oziqlanadi, zamon esa undan o‘z qiyofasini qidiradi, uning vositasida o‘zini yanada yaxshiroq anglashga harakat qiladi”1 . Bu ayni haqiqatdir. Chunki romanda zamon va davr qiyofasi o‘z ifodasini topadi. Bu yerda zamonning zamirida insonlar yotganini, tadqiqotchi shuni nazarda tutgani aniq. Ulug‘bek Hamdamning romanlarini o‘qigan kishi bunga ishonch hosil qiladi. Uning “Muvozanat” romanida muhim bir hayotiy va falsafiy haqiqat yorqin badiiy aks ettirilgan. Shuningdek, aytish mumkin, Ulug‘bek Hamdamnining har bir asari o‘ziga xos syujet- kompozitsion xususiyatlarga ega. Ushbu asarlarning g‘oyaviy badiiy saviyasini ko‘rsatish va baholashda syujet va kompozisiyasini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi. Badiiy ijodda syujet va kompozitsiya masalalari qadim-qadimdan olimlar, ijodkorlar diqqatini o‘ziga tortib keladi. O‘zbek adabiyotshunoslaridan I.Sultonov, M.Qo‘shjonov, B.Imomov, S.Mamajonov, O.Sharafiddinovlarning badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xususida qimmatli fikrlari mavjud bo‘lib2, bular hozirgi milliy adabiyotimizda yaratilayotgan badiiy asarlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatini o‘rganishda dasturulamal bo‘lishi shubhasizdir. 1 Зондиев Л. Тропы времени. - М., 1984. Стр. 3-4 2 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., «O‘zbekiston», 2002, 468-bet 156 Syujet deganda asar qahramoni hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar tushuniladi. Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmun talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Qahramonlarning o‘zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil etadi. Qahramonlarning o‘zaro munosabatlari esa voqea-hodisalarda namoyon bo‘ladi. Realistik asarda tasvirlangan har bir voqea-hodisa qahramon xarakterining u yoki bu jihatini ochishga xizmat qildiriladi. Shu ma’noda syujet qahramon xarakterini ochishga xizmat qiladigan asosiy vosita yoki asar qahramonlari xarakterlarining shakllanish jarayonidir. Badiiy asar syujetida xarakterlar mantig‘i bo‘ladi. Chinakam san’at asarida voqealar, albatta, qahramon xarakterini ochishga bo‘ysundiriladi. Badiiy asarlarda voqealar silsilasi muayyan bosqichlar bilan o‘sib borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning har biri turli ilmiy tu
Доказательный фрагмент
«In a work of art, the creation of the plot is guided by ideological content, a series of events is discovered that generalize the conflicts of life in which characters are manifested in harmony with the demand for ide…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn a work of art, the creation of the plot is guided by ideological content, a series of events is discovered that generalize the conflicts of life in which characters are manifested in harmony with the demand for ide… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plot, plot elements, exposition, Node, development of events, climax, solution, plot, plot elements, exposition, sujet, sujet elementlari, ekspozitsiya, сюжет, элементы сюжета, экспозиция
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024