К содержанию
РецензированоRU2026

СЛОВО ТВОЕ ШАВДИН ЭРДИМ БОЛЬНАЯ ЖИЗНЬ…

Ozoda Choriyeva

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

In this article, Alisher Navoi's radiative ghazal "Qilmadin hech" is analyzed. The ghazal's verse and verse are determined. The board will be developed. A. Navoi's high potential in the science of dreams known to all of us, his ability to interpret one word in different meanings and skillfully use poetic arts, is once again proven by analyzing each stanza separately. will be done. Key words: A. Navoi, ghazal, analysis, aruz weight, poetic arts, verse, form, content, artistic skills. СЛОВО ТВОЕ ШАВДИН ЭРДИМ БОЛЬНАЯ ЖИЗНЬ… Аннотация. В данной статье анализируется лучистая газель Алишера Навои «Кылмадин хэч». Определен стих газели и стих. Плата будет развиваться. Известный всем нам высокий потенциал А. Навои в науке о сновидениях, его умение трактовать одно слово в разных значениях и умело пользоваться поэтическими искусствами еще раз доказывается анализом каждой строфы в отдельности. Ключевые слова: А.Навои, газель, анализ, аруз, поэтическое искусство, стих, форма, содержание, художественное мастерство. Alisher Navoiy ijodi shunday bebaho xazinaki, u qancha o’rganilsa shuncha yangi qirralarini namoyon qiladi, yangicha ma’no tovlanishlari bilan yana insonlarni hayratga solidi. Bu borada qilinayotgan har bir tadqiqot ishi, ilmiy yondoshuv asrlar mobaynida o’z ahamiyatini saqlab kelayotgan asarlar qiymatini har bir davr egalari uchun maxsus til va tushunarli izohlar orqali anglatish jihatidan ahamiyatlidir. Biz qisqagina ushbu maqola orqali hazrat Mir Alisher Navoiyning “Qilmading hech” radifli g‘azalini sharhlashga jur’at etdik. Yetti baytdan iborat ishqiy mavzuda yozilgan oshiqona ushbu g‘azal hazaji musaddasi maqsur (yoki maxzuf) vaznida yozilgan bo‘lib, uning taqteэsi quyidagicha: V- - - / V- - - / V- ~ (-) mafoiylun, mafoiylun, mafoiyl (faulun). 149 Radifi ikki so’zdan (qilmading hech) iborat bo’lib, sof turkiy tildagi biror faoliyatni amalga oshirish ma’nosini ifodalovchi “qilmoq” va “hech” – bo’lishsizlik olmoshining tub so’z shaklidan tarkib topgan. Qofiyalari to’laligicha arabiy (tarahhum, tabassum, tavahhum, takallum tazallum, tana’um va tarannum) kalimalaridan tarkib topgan. Ko‘rub dardim, tarahhum qilmading hech, To‘kub ashkim, tabassum qilmading hech. Birinchi misradagi ma’nosi biroz mavhumroq bo’lib turgan “tarahhum” so’zi misrada qofiya – asosiy mazmun tashuvchi ohangdosh so’z sifatida kelib lug’aviy jihatdan arabcha “rahm qilish”, “g’amxo’rlik qilish” degan ma’nolarni anglatadi. Baytning birinchi misrasini quyidagicha tushunish mumkin. Dardimni ko’rib rahm qilmading. Yana ham oydinlashtirib g’azalning boshdan-oyoq murojaat shaklida bitilganligini inobatga olsak, oshiq yorga qarata “ishqingda ko’p dard chekdim, uni ko’rib hech menga rahm qilmading” deya zorlanmoqda, nola qilmoqda. Misradan tushunish mumkinki, oshiq yorga kecha oshiq bo‘lib bugun fig‘on chekayotgani yo‘q. U avvalo dardga to‘lgan, yorning muhabbati yo‘lida azob chekkan. Yordan kelajak birgina iltifotni uzoq muddat sabr ila kutgan, ammo yor oshiq tushib qolgan mushkul ahvolga (dardiga) rahm etmayapti. Bu o‘rinda mumtoz adabiyotimizdagi aksariyat g‘azallardagi an’anaviy yor obrazi, ya’ni mashuqaning beshafqat, rahm bilmas qiyofasi chizilgan. Keyingi misrada “ashk” va “tabassum” kabi arabiy kalimalar asosiy mazmun ifodalovchi so’zlar bo’lib kelgan. Ashk – (arabcha) ko‘z yosh ma’nosini ifodalasa hozirgi o’zbek tilimizda ham keng qo’llaniluvchi “tabassum” so’zi arabcha kulmoq, jilmaymoq degan ma’nolarni anglatadi. Bir qarashda mazmunan zid bo’lgan bu so’zlarni bir misrada qo’llash orqali shoir oshiqning ma’shuqaga bo’lgan muhabbati darajasini ne chog’lik yuksak ekanligiga urg’u bergan hamda yorning oshiqqa nisbatan beparvo va beshavqat timsolini ustalik bilan tasvirlagan. Ikkinchi misra mazmunini esa quyidagicha tahlil qilish mumkin. “Ko’z yoshlarimni ko’p to’kdimki, sen hech tabassum qilmading”. Misra mazmuniga qaralsa, uni tushunishda biroz ziddiyatli qarash yuzaga keladi. Lirik qahramon (oshiq) yorga qarata ko’z yosh to’kmoqdaman, tabassum qil mazmunida zorlanmoqda. Bu o’rinda bizda ko’z yosh to’kayotgan insonga qarab qanday qilib tabassum qilish mumkin degan savol uyg’onishi tayin. Navoiy asarlarida kuylanadigan oshiqlik oddiy insonlar tafakkur qoidalariga bo’yunsunmasligi bilan ham bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Bu o’rinda misrani quyidagicha talqin qilish o’rinlidir. Xuddi avvalgi misrada aytganimizdek bu misra tahlilida ham oldingi ya’ni oshiqni ashk (ko’z yosh) to’kishigacha bo’lgan davr muhim. Oshiq ko’z yosh to’kishdan ilgari ham yordan turli yo’llar bilan bir bora tabassumiga shohid qilishini so’ragan, beparvo ma’shuqadan sado bo‘lavermagach u buni ko’z yosh ila so’ragan, ammo oshiqda “ko’z yoshimga rahmi keladi va kuladi” degan o’y bo’lmagan, shunchaki yordan bo’lajak birgina iltifotga mushtoq qalb shuni taqozo qilmoqda. Yurakdagi intiq hislarning intizorligi ko’zlardagi shoshqator durlar orqali namoyon bo’lmoqda. Bu ishq ko’yida oshiq dardga to’ldi, ko’z yosh to’kdi. Ammo uning bu holati rahm bilmas ma’

Доказательный фрагмент

«In this article, Alisher Navoi's radiative ghazal "Qilmadin hech" is analyzed.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, Alisher Navoi's radiative ghazal "Qilmadin hech" is analyzed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
A. Navoi, ghazal, analysis, aruz weight, poetic arts, verse, form, content, A. Navoi, ghazal, analysis, aruz weight, poetic arts, verse, form, content, artistic skills., A.Navoiy, g’azal, tahlil, aruz vazni, she’riy san’atlar, bayt, shakl, mazmun, badiiy mahorat., А.Навои, газель, анализ, аруз, поэтическое искусство, стих, форма, содержание, художественное мастерство.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники