К содержанию
РецензированоRU2026

ПЕРСПЕКТИВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОТРАСЛЯХ, В ЧАСТНОСТИ В ЭКОНОМИКЕ.

FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. · Ubbiev Alisher Taiirovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

В данной диссертации обсуждаются механизмы использования искусственного интеллекта в различных хозяйствах страны, в том числе в сфере экономики, сущность и перспективы этого инструмента. Ключевые слова: искусственный интеллект, экономика, сеть, наука, промышленность, коммуникации. KІRІSH Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik, qishloq ho‘jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish asosiy masalalardan bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda ham axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. ADABІYOTLAR SHARHІ 136 Sun’iy intellekt texnologiyalari, ularning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli, uning xususiyatlari, qo‘llash soxalari va takomillashtirishni tadqiq qilish borasida xorijiy mamlakatlar olimlari Ye.S. Nyakina, Ye.K. Pogodina, A.V.Keshelava, V.G. Budanov, V.Yu. Rumyansev va boshqalar ilmiy ishlar olib borgan. Mahalliy iqtisodchi olimlar S.S.Gulyamov, B.A.Begalov, I.Ye.Jukovskaya, O.Kenjaboev, B.G‘oyibnazarov, U.M. Axmedov, M.K. Abdullaev va boshqalarning ilmiy ishlarida ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlari qisman o‘z aksini topgan. TADQІQOT METODOLOGІYASІ VA EMPІRІK TAHLІL Sun’iy intellekt (SI) inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. SI ning yorqin namunalaridan biri-IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirgi kunga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. Sun’iy intellektning quyidagi 4 ta turini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Reaktiv mashinalar. Misol tariqasida 1990 - yillarda jaxon chempioni Garri Kasparovni yutgan shaxmat programmasi bilan jixozlangan Deep Blue kompyuterini keltirish mumkin. Deep Blue shaxmat doskasidagi figuralarni tanib olish va prognoz qilish xususiyatiga ega kompyuter xisoblanadi. 2. Chegaralangan xotira. Suniy intellektning bu tizimi kelgusidagi yechimlarni shakllantirishda oldingi tajribalardan foydalanishlari mumkin. Avtonom transport vositalarida karor kabul qilishning ma’lum bir funksiyalari shu tariqa ishlab chiqilgan. Olib borilgan kuzatuvlardan kelgusida amalga oshiriladigan xarakatlar to‘g‘risida axborot olish uchun foydalaniladi. Bu kuzatuvlar doimiy saqlanmaydi. 3. Aql nazariyasi. Bu psixologik mavzu bo‘lib, boshqalarda qaror qabul qilishga ta’sir qiluvchi o‘z e’tiqodlari, istaklari va niyatlari borligini tushunib yetishga taaluqli termin 137 xisoblanadi. 4. O‘z-o‘zini anglab yetish. Sun’iy intellektning paydo bo‘lishi yozish tizimlarini yaratish va kvant darajasida axborotlarni deyarli abadiy saqlashni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini anglaydigan mashina o‘zining joriy holatini tushunadi va boshqalar nimani his qilayotganini aniqlash uchun ma’lumotlardan foydalanadi. SI dan foydalanish har qanday jarayonni avtomatlashtiribgina qolmay, balki uni inson, tashkilot yoki ishlab chiqarishning muayyan vazifasiga muvofiq olib borish imkonini beradi. SI dan foydalanish vaqt o‘tishi bilan yanada samarali bo‘ladi - neyron tarmog‘i tafsilotlarni va ehtiyojlarni qanchalik yaxshi bilsa, u yaxshi ishlaydi. Dastlab, ko‘pchilik SI faqat matnlarni tarjima qilish, ob’ektlarni tanib olish va inson nutqining ma’nosini bilib olish mumkinligini taxmin qildi. Lekin 2020 yilga kelib, ko‘nikmalar ro‘yxati shunchalik kengaydiki, u bir necha sahifani egalladi. Hozirda SI hayotimizning ko‘plab sohalarida qo‘llanilmoqda, jumladan internet, tibbiyot, biznes, qishloq xo‘jaligi, transport va x.k. Bugungi kunda mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Hukumatimiz tomonidan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, bu sohada ilmiy salohiyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin

Доказательный фрагмент

«В данной диссертации обсуждаются механизмы использования искусственного интеллекта в различных хозяйствах страны, в том числе в сфере экономики, сущность и перспективы этого инструмента.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной диссертации обсуждаются механизмы использования искусственного интеллекта в различных хозяйствах страны, в том числе в сфере экономики, сущность и перспективы этого инструмента. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, Economics, Network, Science, Industry, communication, искусственный интеллект, экономика, сеть, наука, промышленность, коммуникации., artificial intelligence, Economics, Network, Science, Industry, communication, Sun`iy intellekt, iqtisodiyot, tarmoq, ilm-fan, sanoat, kommunikatsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники