К содержанию
РецензированоRU2023

ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЕМ

Ubbiev Alisher Taiirovich

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and effectiveness of education were studied in detail, models of continuous development of quality in the management of the educational system were proposed. Key words: quality management, efficiency, structure, monitoring, resource. ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАНИЕМ Аннотация. В данной диссертации подробно рассмотрены процессы управления образовательными учреждениями и проблема обеспечения качества и эффективности образования, предложены модели постоянного развития качества в управлении системой образования. Ключевые слова: управление качеством, эффективность, структура, мониторинг, ресурс. KІRІSH Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’lim tizimini isloh qilish, uni sifat va samaradorligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Hozirgi kunda jamiyat rivojlanishi ilm-fanga investitsiya kiritish orqali inson kapitalidan ratsional foydalanishga bog‘liq ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun “inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”. Darhaqiqat, rivojlangan davlatlar amaliyoti ham ta’lim tizimini isloh qilishning, unga e’tiborni, investitsiyani ko‘paytirishni hamda inson resursini to‘g‘ri boshqarish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda, bugun ta’limda islohotlarni jadallashtirish bilan birga, to‘g‘ri va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifalari ham ustuvorlik qilmoqda. ADABІYOTLAR SHARHІ Turli tadqiqotchilar ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonini turlicha izohlashadi. Masalan, C. Xedekar ta’lim muassasasida boshqaruv jarayoni – bu ta’lim maqsadlariga erishish maqsadida inson va moddiy resurslardan foydalangan holda ta’lim muassasasi faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat etish jarayonidir, deb ta’kidlagan. Demak, bu olim ta’lim muassasasi boshqaruvini inson, mehnat resurslari va boshqaruv sikliga bog‘lagan. Boshqa bir olim O. Xomeriki bo‘lsa, o‘zining ta’limda boshqaruv jarayonini to‘liq aks ettiruvchi ko‘p o‘lchovli konseptual modelini ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, boshqaruv faoliyati mazmunini to‘rtta yo‘nalish qamrab oladi: ma’muriy-xo‘jalik va moliyaviy faoliyat, o‘quv-metodik va tajriba- sinov ishlari, kadrlar bilan ishlash va jamoaning psixologik muhitini mustahkamlash. Demak, 6 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ta’lim muassasasi boshqaruvi keng qamrovli faoliyatni tashkil etishi va bunda moddiy- texnik ta’minotdan tortib, jamoada psixologik muhitni boshqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olishi lozim. TADQІQOT METODOLOGІYASІ VA EMPІRІK TAHLІL Ta’lim menejmentiga uzluksiz va izchil faoliyat sifatida qarash, ta’lim jarayoniga bo‘lsa, muttasil harakatdagi dinamik ijtimoiy tizim sifatida baho berish menejment nazariyasining umumiy qonuniyatlari, tamoyillari va funksiyalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ta’lim sifatini boshqarish ta’limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi va uning samaradorligi ta’limning umumiy boshqaruvining sezilarli darajada oshishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Demak, to‘g‘ri va adolatli boshqaruv ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq ta’lim sifati qanday bo‘lishi, unda qanday mezonlar, tamoyillar, talablarning bo‘lishi to‘g‘risida turlicha yondashuvlar mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, ta’lim sifati deganda ta’lim jarayonining turli ishtirokchilari ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchilarning qanoatlantirilishi darajasiga nisbatan ishlatiladi. Jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini, shaxsning fuqarolik, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishi hamda shakllanish ehtiyojlari va umidlariga muvofiqligini aniqlovchi kategoriya hisoblanadi. Fikrimizcha, ta’lim sifati inson, jamiyat va davlat ehtiyojlari va manfaatlarini qondiruvchi xususiyatlar majmuasi hisoblanadi. Ta’limni sifatli boshqarish to‘g‘risida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pi vaqt o‘tishi bilan ta’limdagi islohotlar bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Ta’lim sifati bugun barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyatga ega va asosiy e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan sohalar qatorida turadi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, ta’limni isloh qilishda, unga yangicha yondashuvlarni olib kirish bilan birga ta’lim boshqaruvini ham takomillashtirib borish, unga yangicha tamoyillarni olib kirish, sifat va samaradorlik uchun xizmat qiluvchi boshqaruv modelini ishlab chiqish har doim dolzarblik kasb etgan. Bugungi kunda ta’lim tizimi boshqaruvida sifatni doimiy rivojlantirib borish metodikasi sifatida PDCA (Plan-Do-Check-Act), ya’ni RBNH (Rejalashtirish-Bajarish-Nazorat-Harakat) – “Shuxart-Deming metodi” yoki “Deming sikli” modellari ommalashib bormoqda. Boshqa bir ta’lim sifatini boshqarish modeli TQC (Total Quality Control), ya’ni “Sifa

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and effectiveness of education were studied in detail, models of continuous development of quality in the mana…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the management process of educational institutions and the problem of ensuring the quality and effectiveness of education were studied in detail, models of continuous development of quality in the mana… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quality management, efficiency, structure, monitoring, resource, quality management, efficiency, structure, monitoring, resource., управление качеством, эффективность, структура, мониторинг, ресурс., sifat menejmenti, samaradorlik, struktura, monitoring, resurs.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники