К содержанию
РецензированоUZ2017

HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHGA MOYIL SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING TAHLILI Асланов Бобур Тухтаеивч Ўзбекистон Респуьликаси ИИВ Академияси Криминология

Асланов Бобур Тухтаеивч

Академические исследования в современной науке · 2017

Аннотация

Mazkur maqolada ishlar organlari sohaviy xizmatlarining tezkor-qidiruv, huquqbuzarlik profilaktikasi, probatsiya xizmatlari hamda “Mahalla yеttiligi” subyektlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish zaruriyati yoritib berilgan. Kalik so‘zlar: huquqbuzarlik sodir etishga moyil, tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar профилактикаsi, chora-tadbirlar, sohaviy xizmatlar, probatsiya va “Mahalla yеttiligi”. 2017-yilning 9-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida, inson manfaatlari bilan bogʻliq masalalarni kechiktirmasdan hal qilish lozim boʻlgan bugungi kunda eskicha fikrlash, ishni eski qoliplar asosida tashkil qilish, oʻz burchini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan holda bajarish kabi amaliyotlar davom etmoqda. Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi boʻlsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e’tiroziga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, mol- mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga toʻliq chek qoʻyilmagan. Qasddan tan jarohati yеtkazish, firibgarlik, yoʻl-transport hodisalari kamaymagan . Bu borada 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6196-sonli Farmoni asosida ichki ishlar organlari tizimlardagi qator sohaviy xizmatlar optimallashtirildi. Shuningdek, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini oʻz ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi . Xususan, ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etishda: tezkor-qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya va “Mahalla yеttiligi” subyektlarining vazifalari biqiyosdir. Mazkur sohaviy xizmatlar faoliyatida: 1) huquqbuzarlik 120 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sodir etish ehtimoli yuqori; 3) huquqbuzarlik sodir etishga moyil; 2) huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli past boʻlgan shaxslar toifalari bilan ishlashda uchrayotgan muammolarning yеchimlarini quyidagicha tahlil qilish maqsadga muvofiq. Birinchi tahlil: “Huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar” toifalariga nisbatan “tezkor-qidiruv faoliyatini axborot bilan ta’minlashda hanuzgacha koʻp yoʻnalishlarda eski usullardan foydalanib kelinmoqda. Bu esa tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etishda muammo va turli toʻsiqlarni keltirib chiqaradi” . Ta’kidlash joizki, tezkor-qidiruv xizmatlari jinoyat sodir etish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni toʻliq aniqlash va ularni qoʻlga olishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalangan holda tezkor- qidiruv-tadbirlarni hamkorlikda tashkil etilsa yuqoridagi muammolarning kelib chiqishini oldini oladi. Bugungi kunda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslar tomonidan zamonaviy usul va vositalardan keng qoʻllash orqali boshqa turdagi jinoyatlarni sodir etish yoki qonun normalarini aylanib oʻtish holatlari kuzatilib kelinmoqda. Shu sababli, tezkor-qidiruv xizmatlari mazkur toifalarga nisbatan daliliy ashyolarni sifatli toʻplashi yoki konspiratsiya prinsiplariga jiddiy rioya etilishi tezkor-qidiruv tadbirlarini ta’minlashdagi kamchiliklarni bartaraf etadi. Shu xususda N.N. Bekmurodov fikricha, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tergovga taqdim etish tartibi idoralararo qaror orqali, oshkora natijalarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalari bilan tartibga solinishi lozim . Bizningcha, tezkor-qidiruv xizmatlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan ishlab chiqilgan rejalar va oʻtkazilishi lozim boʻlgan tezkor-qidiruv tadbirlarning umumiy jihatlari ochiq koʻrinishda, oshkor boʻlishi kutilayotgan qismlari esa yopiq boʻlishi shart. Tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, tezkor-qidiruv faoliyatida qonunchilikka rioya etish, ma’lumotlar olish jarayonlari ancha yopiq tarzda tashkil etilgani sababli uning qonuniyligi, amalga oshirish jarayonida qonunchilikka rioya etilishi, ma’lumotlarning haqiqiyligi yuzasidan juda koʻp savollar tugʻilishiga sababchi boʻlmoqda . Mazkur muammoni oldini olishda tezkor-qidiruv xizmatlari huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ish hujjatlarini sifatli va ishonchli asosda shakllantirilishi, avvalom bor sohaviy 121 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xizmatlar oʻrtasidagi uchrayotgan muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga hamda samarali hamkorlikni ta’minlas

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ishlar organlari sohaviy xizmatlarining tezkor-qidiruv, huquqbuzarlik profilaktikasi, probatsiya xizmatlari hamda “Mahalla yеttiligi” subyektlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan pr…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ishlar organlari sohaviy xizmatlarining tezkor-qidiruv, huquqbuzarlik profilaktikasi, probatsiya xizmatlari hamda “Mahalla yеttiligi” subyektlarining huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan pr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chora-tadbirlar, huquqbuzarliklar профилактикаsi, tezkor-qidiruv, probatsiya va “Mahalla yеttiligi”., huquqbuzarlik sodir etishga moyil, sohaviy xizmatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники