К содержанию
РецензированоRU2026

РОЛЬ МУЖА И ЖЕНЫ В СЕМЬЕ И ПРИЧИНЫ РАЗВОДА

Bozorova Ro‘zigul

Современная наука и исследования · 2 · 204-210 · 2026

Аннотация

This article talks about husband and wife relations and duties in the family. Various disagreements in the family and their prevention are discussed. Key words: Reproduktive, kommunikative, regulatory, recreational, constructive, desruktive, society, family, human. Hozirgi kunga kelib inson taraqqiyotida oilaning turli vazifa ko‘rinishlari mavjud. Jumladan: Iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv) kabilar. Shuni unutmaslik kerakki, oila bu jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Bunda yuqorida keltirilib oʻtilgan funksiyalarning bo‘lishi va ularning maromida kechishi uchun oilaning ustuni hisoblangan er-xotin munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oila quradigan ikkala yosh ya'ni yigit va qiz bir-birlari uchun qandaydir maʼnoda maqul bo‘lishi shart. Baʼzi hollarda esa, kimdir tomonidan majburlab, qistov ostida ham oila qurishlarini kuzatishimiz mumkin. Hozirda shu holatga ham duch kelyapmizki, ikki tomon bir-birdan manfaat kutgan holda ham oila qurishmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, bularning bari achchiq haqiqat. Agar turmush o‘rtog‘i moddiy tomondan qiynalib qolsa, u oilasini tashlab ketmaydi deb hech kim ayta 127 olmaydi. Shuningdek, tazyiq ostida majburan turmush qurgan oilalarning ham koʻpchiligida ajrimlar kuzatilyapti. Xatto, bunday ko‘rsatkich sevib oila qurganlarda ham uchrayotgani sir emas, albatta. Ularning barchasiga sabab er-xotinning bir-birini tushuna olmasliklari, bir-birini eshita olmasliklari hamda mavjud bo‘lmagan muhabbatlarini sabab qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Oila muammosi davlatning eng asosiy, eng ogʻriqli muammolaridan hisoblanadi, chunki davlatning tayanchi xalq, u esa oiladan iboratdir. Psixologlar va sotsiologlarning fikricha, dastlab qurilganiga o‘n yildan oshmagan oila yosh oila hisoblanadi. yosh oilalik davrda oilaning ilk fundamenti quriladi. Aynan, mana shu davrda turli bosqichlar kuzatiladi. Bosqichlarning eng muhimlaridan biri-bu psixologik bosqich hisoblanadi. chunki, shu davrdan boshlab er va xotinda oila haqidagi boshlang‘ich tasavvurlar shakllana boshlaydi, farzandlar dunyoga keladi. Ularni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar yuz beradi. Yana shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, oila qurilgandan keyin emas, balki undan oldin har xil bo‘lishi mumkin boʻlgan munosabatlar, muammolar, ularga qanday yechim topish mumkinligi haqida oilaga tayyorlash markazlarida oʻrgatilishi lozim. Bu borada ham keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, albatta. Lekin buni yetarli deb boʻlmaydi. Oilaga tayyorlash markazlarini kuzatadigan boʻlsak, ularda to‘qson foizdan ortigʻini qiz bolalar tashkil etadi. Xo‘sh, oilaga tayyor bo‘lish faqat qiz bolalar uchun muhim, yigitlar uchun unchalik ahamiyatli emasmi? Zinhor, bunday deb bo‘lmaydi. To‘gri, ayollar koʻpincha uyda bola tarbiyasida bo‘lishadi, o‘z navbatida pishir-kuydir, supir-sidir kabilarni bajarishadi. Biroq yigitlar ham oila haqida muhim tushunchalarga huddi ayollar singari ega bo‘lishlari lozim. Zero, oilaning ustuni erkak kishi hisoblanadi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, totuvligi, birdamligi, yaxshi yashashi ham koʻp jihatdan yigit kishiga bog‘liq hisoblanadi. Xalqimizda bir gap bor: Nonsiz uy bo‘lishi mumkin, biroq nizosiz uy yo‘q. Bu bor gap albatta, bu nizolarning kelib chiqishiga turlicha sabablar boʻlishi mumkin. Insonning har biri alohida olam, alohida yaxlit tushuncha hisoblanadi. Shaxs individualligi takrorlanmas, shunday ekan, oiladagi kelishmovchiliklarga bir soʻz bilan taʼrif berib bo‘lmaydi. Ularni faqat onggi bog‘lab turar ekan, ongli ravishda o‘z muammolariga oʻzlari oqilona yechim izlab topishlari kerak. To‘gri baʼzi hollarda, ayniqsa, endi maktabni bitirar-bitirmas oila qurib hayot qiyinchiliklari va kamchiliklari oldida dovdirab qolgan yoshlar ham yo‘q emas. Bilamizki, bunday hollarda ular oʻzlari bu qiyinchilikni yenga olmasdan qiynalib xattoki stresga ham tushib qolishadi. Mana shunday holatlar kuzatilmasligi uchun erta turmush qurishning oldini olish lozim. Erta xomiladorlik, muddatidan oldin tug‘ruqlar ham uchramoqdaki, bunday 128 salbiy holatlarning oldini olish uchun ham ota-ona har bir vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi kerak bo‘ladi. Negaki, oiladagi tarbiya asosida butun bir shaxs shakllanib boradi. Oiladagi nizolarning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat: Er-xotin oʻrtasidagi nizolar, qaynona-kelin oʻrtasidagi nizolar, qaynona kuyov oʻrtasidagi nizolar, ovsinlar oʻrtasidagi nizolar, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi nizolar, aka-uka oʻrtasidagi nizolar. Bu ro‘yxatni koʻplab davom ettirish mumkin. Er-xotin oʻrtasidagi nizolar asosiy nizolardan hisoblanadi. O‘z navbatida muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar bilan tanishib chiqamiz. muvaffaqiyatli oilalarda biriktiruvchi muvaffaqiyatsiz oilalarda ajratuvchi nizolar bo‘ladi. Nizolarning ilmiy ko‘rinishi konstruktiv-biriktiruvchi, desruktiv-ajratuvchi nizolar hisoblanadi. Bu nizolar esa, ayni paytda, yuzaga kelishi, yuzaga chiqishi, ishtirokchilari, maqsadlari, sabablari va oqi

Доказательный фрагмент

«This article talks about husband and wife relations and duties in the family.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about husband and wife relations and duties in the family. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Reproduktive, kommunikative, regulatory, recreational, constructive, Репродуктивный, коммуникативный, регулятивный, рекреационный, конструктивный, деструктивный, общество, семья, человек., Reproduktiv, kommunikativ, regulyativ, rekreativ, konstruktiv, desruktiv, jamiyat, oila, inson.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники