Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
Safarov Nasriddin Sadriddin o`g`li
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In today's developing era, technologists are becoming an important factor in every industry. Likewise, these technologies are also gaining a foothold in language learning. This article examines the dominant and powerless aspects of technology in language learning (primarily English). Keywords: innovative technologies, robotics, smartphones, gadgets, duolingo. РОЛЬ ТЕХНОЛОГИЙ В ИЗУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА Аннотация. В сегодняшнюю развивающуюся эпоху технологии становятся важным фактором во всех отраслях. Точно так же эти технологии также находят свое место в изучении языков. В этой статье рассматриваются превосходные и слабые стороны технологий в изучении языков (в основном английского). Ключевые слова: инновационные технологии, робототехника, смартфоны, гаджеты, Duolingo. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan 21-asrda texnologiyalar kirib bormagan soha qolmagan desak, adashmagan bo`lamiz. Hayotimizning har bir soniyasida, qandaydir maqsadda u yoki bu turdagi texnologiyalardan foydalanamiz. Bu bir tarafdan hayotimizni, shaksiz, ancha yengillashtirdi, ammo boshqa jihatdan insonlarning borgan sari nimadir qilish uchun faqat texnologiyaga suyanib qoladigan darajagacha olib boryapti. Albatta, hayotimizning yengillashishi yaxshi, lekin ba`zan jismoniy harakatlar qilish yoki aqliy jihatdan ozgina harakat qilish ham yomon oqibatlarga olib kelmaydi desak haqiqatga yaqin bo`ladi. Bu esa o`z o`rnida hamma ishlarni ham faqat texnologiyalar bilan qilaverish kerak degan gapdan yiroqlashishga chaqiradi. Qadimdan ma`lumki, ko`pgina dehqonchilik ishlari va albatta sanoat sohasida odamlar ko`proq qo`l mehnatiga asoslanishgan va bu o`z o`rnida ko`pchilikni ish bilan ta`minlagan. Ammo yil o`tgan sari inson omili o`rniga har bir sohada robotexnologiyalar atamasi kirib kelmoqda. Bu o`z o`rnida tarjimonlik va til sohasiga ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolgani yo`q. Har bir til o`rganuvchi talaba yoki abiturientlar bugungi kunda smartfonlar yoki turli xil gadjetlardan til o`rganishda foydalanishmoqda, shuningdek hammaning yordamchisiga aylanib ulgurgan “Google tarjimon” kabi ilovalardan ham omma keng ravishda foydalanmoqda. Quyida shu va shu kabi ilovalar, smartfonlar, gadjetlar va texnologiyalar haqida batafsilroq ma`lumot beriladi. 6 09 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Google translate” - matn, hujjatlar va veb-saytlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish uchun google tomonidan ishlab chiqilgan ko'p tilli neyron mashina tarjimasi xizmati. 2006-yilning aprel oyida statistik mashina tarjimasi xizmati sifatida ishga tushirilgan u lingvistik maʼlumotlarni yigʻish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Parlamenti hujjatlari va transkriptlaridan foydalangan. Tillarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish o'rniga, u avval matnni ingliz tiliga tarjima qiladi, so'ngra kataloncha-ispanchani o'z ichiga olgan bir nechta istisnolardan tashqari til birikmalarining ko'pchiligida maqsadli tilga aylanadi. 2013-yil may oyida kompaniya 200 milliondan ortiq kishiga xizmat ko`rsatganini e`lon qiladi, shundan so`ng 2016-yil aprel oyiga ko`ra foydalanuvchilar soni 500 milliondan oshadi va kuniga 100 milliard so`z tarjima qilinadi. 2022-yil ma`lumotlariga ko`ra “Google translate” turli darajadagi 133 tilni qo`llab quvvatlaydi va kunlik 200 million foydalanish darajasigacha chiqadi. Bundan ko`rinib turibdiki, “Google translate”dan foydalanish statistikasi yildan yilga oshib bormoqda va shunga yarasha tarjima qilish darajasi ham sifati ham yaxshilanmoqda. Ba`zan ushbu platformadan foydalanish foydali bo`lishi mumkin, lekin ko`pgina konferensiya va shu kabi jarayonlarda baribir inson tarjimasi kerak bo`ladi va bu o`z o`rnida shuni anglatadiki, ushbu platforma, ba`zi bir iboralar va so`z birikmalarini o`z maromiga keltirib tarjima qila olish qobiliyatiga ega emas. Bu esa ushbu platformaning hali yanada takomillashuvini talab qiladi. Endi turli xildagi ilovalar va gadjetlarga keladigan bo`lsak, butun dunyo bo`ylab, hammamizga ma`lum-u mashhur bo`lgan “Play market” orqali ko`plab til o`rgatuvchi ilovalar yuklab olinmoqda va shu orqali til o`rganishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, aynan til o`rganishga moslashtirilgan turli xil gadjetlar ishlab chiqarilmoqda. Ulardan eng mashhurlari haqida gaplashamiz. “Duolingo” til o`rganuvchi dasturlarni ishlab chiqaruvchi va til sertifikatini taqdim etuvchi Amerika ta`lim texnologiyalari kompaniyasidir. U ingliz va ispan kabi mashhur tillardan tortib uels, irland va suahili kabi kam o‘rganiladigan tillargacha 40 dan ortiq tilda kurslarni taklif etadi. 2022-yilgi ma`lumotlarga ko`ra oylik faol foydalanuvchilar soni 60.7 million kishini tashkil etadi va shubhasiz bugungi kunga kelib ushbu raqamlar yana bir necha barobarga oshgan bo`lishi haqiqatga yaqinroqdir. Albatta, bu ilovaning foydali jihatlati ko`pligidan darak beradi. Shuning uchun ham foydalanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Shuningdek, “Duol
Доказательный фрагмент
«In today's developing era, technologists are becoming an important factor in every industry.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn today's developing era, technologists are becoming an important factor in every industry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovative technologies, robotics, smartphones, gadgets, duolingo, innovatsion texnologiyalar, robotexnologiyalar, smartfonlar, gadjetlar, duolingo., инновационные технологии, робототехника, смартфоны, гаджеты, Duolingo., innovative technologies, robotics, smartphones, gadgets, duolingo.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026