К содержанию
РецензированоUZ2026

Xolmurodova Gulruh Xolmamatovna Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Atamurodova Feruza Tashmurotovna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Xorijiy tillar

Xolmurodova Gulruh Xolmamatovna · Atamurodova Feruza Tashmurotovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida tarbiya talqinining nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tarbiya tushunchasi inson shaxsining ma’naviy va axloqiy kamolotini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko‘riladi. Muallif adabiy jarayonda tarbiya masalasining tutgan o‘rni, uning pedagogik va falsafiy asoslari hamda badiiy ifodalanishini o‘zbek adabiyoti namunalari asosida yoritadi. Shuningdek, didaktik adabiyotlarning tarixiy ildizlari va ularning bugungi kundagi dolzarbligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Tarbiya, o‘zbek adabiyoti, ma’naviyat, didaktik adabiyot, axloq, qadriyat, pedagogika, badiiy tahlil. Tarbiya masalasi o‘zbek adabiyotining yetakchi mavzularidan biri bo‘lib, shaxsning ma’naviy kamolotini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotda tarbiya masalasi pedagogika, ijtimoiy psixologiya, falsafa kabi sohalar bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ushbu maqola o‘zbek adabiyotida tarbiya talqinining ifodalanish shakllari, badiiy vositalar orqali yetkazilish usullari va ularning dolzarbligini ilmiy asosda tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tarbiya talqini tufayli oʻzbek adabiyoti, insonni yuqori ma'naviyatga erishish yoʻlini koʻrsatadi va uning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga boy beradi. O‘zbek adabiyotida tarbiya tushunchasi ko‘plab asarlarda asosiy mavzu sifatida yoritilgan bo‘lib, ijtimoiy hayot, insonparvarlik, axloqiy me’yorlar va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya masalasining adabiyotdagi ifodasi insonni komil shaxs etib shakllantirish jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi. Tarbiya talqini oʻzbek adabiyotida eng muhim mavzulardan biri boʻlib, u insonning insoniyatini rivojlantirish, uning ma'naviyat va axloqiyligini oshirish, unga adabiyot va ilm-fan bilimini oʻrgatishga, uning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam berishga asoslangan maxsus usullarga bagʻishlangan. Tarbiya talqini oʻzbek adabiyotida aholi tarbiyasi, ma'naviyatni oshirish, madaniyat va axloqiyligini rivojlantirish, 107 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ma'naviy qadriyatlar va boshqalar kabi muhim mavzular bilan birgalikda oʻrgatiladi. Asosiy qism. Oʻzbek adabiyotida tarbiya talqini, ma'naviyatning asosiy qismlari, milliy huquq va erkinlik, insoniyat, ijtimoiy adolat va hamjamiyatning qadriyatlari kabi muhim mavzular bilan bogʻliqdir. Bu mavzularni tarqatish uchun oʻzbek adabiyoti yaratuvchilari, oʻz izohlarida tarbiya talqinining roli va ahamiyatini koʻrsatishadi. Ular, adabiyot orqali oʻrgatiladigan maʼlumotlarni, fikrlarni va maʼnaviy qiymatlarni yetakchi asos sifatida koʻrib chiqarishni oʻzbek adabiyoti borasida ommaviy vazifalardan biri qilib koʻrsatishadi Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida jamiyatda ma’naviy tanazzul holatlari orqali tarbiyaning zaruriyati aks ettiriladi. Asarda bosh qahramonlar timsolida ma’naviy qadriyatlarni yo‘qotgan, tarbiyaviy mezonlardan chetga chiqqan muhit tasvirlanadi. Abdulhamid Cho‘lponning “Binafsha” asarida esa bolalarning tarbiyasi, oila va maktabdagi ijtimoiy muhitning shaxs kamolotiga ta’siri badiiy ifoda topgan. Yosh avlodning komilligi tarbiya vositasida yuksalishi asosiy g‘oya qilib olinadi. Didaktik adabiyot – badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy-ta’limiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va g’oyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi (masalan, “Qobusnoma”). G’arb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik adabiyot uzoq tarixga ega. Didaktik adabiyotga doir ilk namunalar Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida uchraydi. O’zbek mumtoz adabiyotidagi Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyik” dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, ma’rifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari she’riy shaklda bayon etilgan. Abdulla Avloniy ijodi, xususan, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘zbek didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo‘lib, unda axloq, ma’rifat, odob, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi tushunchalar tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Asarda shaxsiy va ijtimoiy tarbiyaning uyg‘unligi g‘oyasi ilgari suriladi. "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari adabiyotshunoslik va axloqiyat sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar, asosiy qadriyatlar va falsafiy g'oyalarga asoslangan tahliliy asardir. Avloniy, bu asarda o'zbek milliy adabiyoti va axloqiyatining o'zaro bog'liqligini, tarbiya talqinining ahamiyatini va insoniyatni rivojlantirishning yo'llarini ko'rsatadi. Asar, tarbiya masalasiga katta e'tibor beradi va o'zbek xalqining ma'naviyat va axloqiyligini oshirish, 108 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference adabiyot va ilm-fan bilimini o'rgatish, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishga yordam berishga oid maxsus usullarga e'tibor qaratadi. Avloniy, insonning o'zini tarbiyalash va o'ziga ma'naviy qo'ng'iroq berishning

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida tarbiya talqinining nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotida tarbiya talqinining nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didaktik adabiyot, badiiy tahlil., o‘zbek adabiyoti, axloq, ma’naviyat, pedagogika, Tarbiya, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники