К содержанию
РецензированоRU2026

EKOLOGIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Maxmudova Nasiba Nurmuxammetovna Navoiy davlat Universiteti, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Maxmudova Nasiba Nurmuxammetovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье описаны способы развития творческого мышления детей и интереса к образовательному процессу с помощью использования природных отходов в дошкольных образовательных организациях. В ходе исследования были разработаны методические рекомендации по созданию обучающих игр на основе экологически чистых и экономически эффективных технологий. В статье рассматриваются этапы проектирования учебно-дидактических игр с использованием различных материалов, их педагогическое значение и практические результаты. Annotation. This article discusses ways to develop children's creative thinking skills and make learning processes interesting by using natural waste materials in preschool educational organizations. During the research, methodological recommendations were developed for creating educational games based on environmentally friendly and cost-effective technologies. The article considers the stages of designing educational and didactic games using various materials, their pedagogical significance and practical results. Kalit so‘zlar. Maktabgacha yoshdagi bola, tabiiy-tashlandiq materiallar, metodika, ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar, ekologiya, tabiat. Ключевые слова. Дошкольник, природные отходы, методика, развивающие и дидактические игры, экология, природа. Keywords. Preschool child, natural and waste materials, methodology, educational and didactic games, ecology, nature. Bugungi kunda ekologik barqarorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari nafaqat iqtisodiyot, balki ta’lim sohasida ham dolzarb 22 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’limda bolalarni tabiatni asrashga o‘rgatish, ularda ekologik madaniyat va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda innovatsion metod va vositalardan foydalanish, pedagogik usullarni yangilash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning psixologik va fizologik rivojlanishi, ularning intellektual, emotsional va jismoniy salohiyatining to‘liq namoyon bo‘lishi uchun ta'lim jarayonida faol va amaliy faoliyatga asoslangan metodlar qo‘llanilishi lozim. Ayniqsa, tabiiy-tashlandiq materiallardan tayyorlangan ta'limiy o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin, ta'lim va tarbiyaning ajralmas birligi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanishning metodik asoslari, uning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati hamda tabiiy va tashlandiq materiallardan ta’limiy o‘yinlar tayyorlash jarayoni qisman yoritiladi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanish bolalarda atrof-muhitni asrab-avaylash, qayta ishlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Maria Montessori nazariyasida tabiiy materiallar orqali bolalarning mustaqil o‘rganish va o‘zini rivojlantirish qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra, tabiiy materiallardan tayyorlangan o‘yinlar bolalar atrof-muhitni o‘rganish jarayonida ularning sezgi organlarini faollashtiradi. Montessori bolalarning qiziqishini uyg‘otadigan, ammo murakkab bo‘lmagan didaktik materiallardan foydalanishni tavsiya qilgan. Shveytsariyalik psixolog Jean Piaget nazariyasiga ko‘ra, bolalar o‘yin orqali dunyoni anglaydilar va o‘z bilimlarini mustahkamlashadi. Uning fikricha, tabiiy materiallar bilan o‘ynash bolalarning kognitiv rivojlanishi, jumladan, tasavvur va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. John Dewey ta’limni hayotning bir qismi sifatida ko‘radi va amaliy mashg‘ulotlar orqali ta’lim olishga urg‘u beradi. Uning fikricha, tabiiy materiallar bolalarning atrof-muhitni anglashda muhim vosita bo‘lib, ular ekologik ong va ijodkorlikni shakllantiradi. Loris Malaguzzi esa bolalar o‘z tajribalaridan o‘rganishlarini ta’kidlaydi. U tabiiy materiallarni "uchinchi o‘qituvchi" deb atagan bo‘lib, ular bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etadi. 23 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Maktabgacha ta’lim jarayonida tabiiy va tashlandiq materiallardan foydalanish bo‘yicha mahalliy olimlarimiz, jumladan, Pedagogika fanlari nomzodi O. A. Nurmatov tabiiy tashlandiq materiallardan foydalanish orqali bolalarning ekologik ongini rivojlantirishning metodologik asoslarini ishlab chiqqan. U bunday yondashuvni maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘ta muhim deb hisoblagan. Bundan tashqari Pedagog va metodist D. S. Mirzayeva tabiiy materiallardan didaktik o‘yinlar yaratish bo‘yicha mahalliy metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, tabiiy materiallar bilan ishlash nafaqat bolalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini, balki jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi deya ta’kidlagan. Men ham o‘z mutaxassisligimdan kelib chiqqan ho

Доказательный фрагмент

«В данной статье описаны способы развития творческого мышления детей и интереса к образовательному процессу с помощью использования природных отходов в дошкольных образовательных организациях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье описаны способы развития творческого мышления детей и интереса к образовательному процессу с помощью использования природных отходов в дошкольных образовательных организациях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Preschool child, natural and waste materials, methodology, metodika, tabiiy-tashlandiq materiallar, ta’limiy hamda didaktik o‘yinlar, ekologiya, Maktabgacha yoshdagi bola, tabiat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники