К содержанию
РецензированоRU2023

РОЛЬ «ИССЛЕДОВАНИЯ О БУХАРЕ» САИДА МУХАММАДА НАСИРА В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ БУХАРЫ

Xodjayev Bekzod Baxodirovich.

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the role and importance of Said Muhammad Nasir's work "The study of the arch of Bukhara" in the study of the history of Bukhara. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. Key words: Said Muhammad Nasir, history of Bukhara, past of all nations. РОЛЬ «ИССЛЕДОВАНИЯ О БУХАРЕ» САИДА МУХАММАДА НАСИРА В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ БУХАРЫ Аннотация. В данной статье говорится о роли и значении труда Саида Мухаммада Насира «Исследование арки Бухары» в изучении истории Бухары. На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и комментарии. Ключевые слова: Саид Мухаммад Насир, история Бухары, прошлое всех народов. Buxoro O‘zbekistonnig qadimiy madaniy maskanlaridan biri. Uning tarixi, madaniyati O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir qadimiy hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil fevralda Buxoro viloyatiga tashrifi Buxoro tarixini maxsus o‘qitish borasidagi masalaning ijobiy yechim topishiga yo‘l ochdi. Prezidentimiz tomonidan Buxoro davlat universiteti huzurida Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishini ochish to‘g‘risida berilgan topshiriqqa binoan 2018-2019 o‘quv yilida Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, hozirgi paytda unda talabalar tahsil olmoqda. O‘qitilayotgan va o‘qitilishi mo‘ljallanayotgan maxsus fanlar Buxoro tarixining barcha masalalarini qamrab oladi, chunki yo‘nalishning asosiy maqsadi Buxoro tarixi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash. Shuningdek, ushbu yo‘nalish gidlar tayyorlash yoki gidlikka yo‘naltirish, ularga me’moriy obidalar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazish medotologiyasini o‘rgatish vazifasini ham o‘z zimmasiga oladi. Zero, me’moriy obida to‘g‘risida ma’lumot berayotganda obidaning qurilish davridagi ijtimoiy-siyosiy ahvol uning qaysi hukmdor davrida bunyod etilganligi va davrning o‘ziga xos jihatlari masalasiga e’tibor qaratish lozim. Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik o‘rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. L.A.Zimin, 5 17 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida egallagan salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga havola etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo yodgorligi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi. Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Vohada ilk shaharlarning vujudga kelishi tabiiy iqlim sharoitlari, geografik joylashuv va asosiysi Zarafshon daryosining ahamiyati bilan belgilanadi. Zarafshon daryosining Xitfar, Rudizar, Qorako‘ldaryo, Moxondaryo kabi irmoqlari Buxoro vohasida o‘troq dehqonchilik va urbanizatsiya jarayonlarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. Akademik V.V.Bartold ta’biri bilan aytganda, Buxoro shahri dastlabki paydo bo‘lgan hududini o‘zgartirmasdan, hamon o‘sha joyda qad ko‘tarib turibdi. Aynan shunday holat Buxor shahri hududida arxeologik tadqiqotlar olib borish ishlarini ancha murakkablashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, shaharda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning qadimiyligini isbotladi. Shuningdek, o‘rta asr tarixchisi Narshaxiyning Buxoro tarixiy topografiyasi yuzasidan qoldirib ketgan ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z tasdig‘ini topdi. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin ham Buxoroni o‘rganish ishlari davom etdi. 1921-yil Buxoroda tashkil topgan dastlabki ilmiy o‘lkashunoslik jamiyati - “Tarixi anjuman” o‘z tarkibiga V.V.Bartold, A.A.Semenov, P.Soliev singari atoqli olimlardan tashqari, bir guruh mahalliy ziyoli ma’rifatparvarlarni birlashtirgan ediki, ular safida Sayyid Muhammad Nosir ham bor edi. “Tarixi anjuman” jamiyati vazifasi doirasida amalga oshirilgan yagona ish Sayyid Muhammad Nosir tomonidan tayyorlangan “Tadqiqoti arki Buxoro” asaridir. O‘z davri uchun yuqori intellektual salohiyatga egaligi va eng asosiysi, Buxoro arkining tarixi, tarixiy topografiyasini yaxshi bilgani tufayli, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, “Tarixi anjuman”ga qabul qilinadi va unga Buxoro arkining tarixi, tarixiy topografiyasi bo‘yicha risola tayyorlash vazifasi topshiriladi. Boshqa bir sabab, amirlik davri

Доказательный фрагмент

«This article talks about the role and importance of Said Muhammad Nasir's work "The study of the arch of Bukhara" in the study of the history of Bukhara.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the role and importance of Said Muhammad Nasir's work "The study of the arch of Bukhara" in the study of the history of Bukhara. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Said Muhammad Nasir, history of Bukhara, past of all nations, Said Muhammad Nosir, Саид Мухаммад Насир
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники