Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭТНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ХОРАЗМИЙСКОГО ОАЗИСА В ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ.
Hakimova Aziza Hikmatjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the way of life of the local population groups under the leadership of S.P. Tolstov, who directly led the archaeological-ethnographic expedition of Khorezm, which deeply studied the history of ancient Khorezm, was highlighted through sources. Key words: Khorezm, Khorezm archaeological expeditions, Uzbek, Turkmen, Karakalpak, sart, khutor, ovul, ata.. ЭТНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ХОРАЗМИЙСКОГО ОАЗИСА В ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ. Аннотация. В данной статье через источники освещен образ жизни местных групп населения под руководством С.П. Толстова, который непосредственно руководил археолого-этнографической экспедицией Хорезма, глубоко изучавшей историю древнего Хорезма. Ключевые слова: Хорезм, Хорезмские археологические экспедиции, узбек, туркмен, каракалпак, сарт, хутор, овул, ата. Xorazm tabiiy-iqlim va tarixiy-milliy sharoitlariga ko’ra mukammal mintaqalardan biri hisoblanadi. U o’troq dehqonchilik, chorvachilik madaniyatlari o’rtasidagi doimiy madaniy va etnik aloqalar mintaqasi, murakkab etnogenez jarayonlarining juda muhim chorrahasi hisoblanadi. Bu hududni o’rganishda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasida etnografik tadqiqot guruhlarining tashkil etilishi va o’rganilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Xorazm vohasini o’rganuvchi arxeologik-etnografik guruhlarning tashkil etilishi, tadqiqot ishtirokchilarining nashrlari, monografiyalari voha tarixini o’rganishda dolzarbdir. Xorazm vohasi S.P.Tolstov fikricha, bu voha qalin klasterlardan yagona orollargacha sanoqsiz qal’a xarobalarini, qo’rg’onlarini, mustahkam mulklarini, katta shaharlarini qamrab oladi.1 1 Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации. –М., 1948. –С.31 5 13 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi bu turli sohalardagi tadqiqotchilarning katta jamoasidir. E’tiborli jihati, 1945-yilda ekspeditsiya Qoraqalpoq etnografik otryadi tomonidan tashkil etildi, 1946-yildan so’ng shimoliy va janubiy o’zbek otryadlariga bo’lindi. Bunday maxsus guruhlarga bo’linishlar va bu birliklarga alohida rahbarlar faoliyat olib borishi voha etnogenezini chuqur o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shimoliy o’zbek tadqiqot guruhiga K.l.Zadixina rahbarligi ostida qoraqalpoqlarning Xo’jayli, Qo’ng’irot tumanlari tadqiqotlar olib borildi. Bunga parallel ravishda janubiy o’zbek otryadiga M.V.Sazonova rahbarlik qilib, asosiy tadqiqotlari Xorazm viloyatining Xonqa, Xiva, Xazorasp va nisbatan ko’p sonli o’zbeklar yashovchi To’rtko’l tumanlari o’rganildi. G.P.Snesarev rahbarligidagi o’zbek etnografik otryadi o’z izlanishlari davomida Xiva, Xazorasp, Xonqa va qo’shni Shimoliy Turkmaniston hududlarida etnografik izlanishlar olib borishadi.2 Ushbu etnografik guruhlar o’z oldiga aholini etnografik tizimlashtirish bo’yicha so’rovnomalar olib borish, mahalliy etnik guruhlarning joylashishini aniqlash, elatlarning an’anaviy madaniyati va hayotini tavsiflovchi tarixiy-etnografik materiallar yig’ishni maqsad qo’ygan. T.A.Jdanko ta’kidlaganidek, qoraqalpoqlarning oilalari va qabilalari o’rtasida an’anaviy bog’liqlik bo’lib, bu nafaqat oilaviy munosabatlarda balki, iqtisodiy-siyosiy hayotida, joylashishi va boshqaruvida namoyon bo’ladi. Qoraqalpoq urug’ va qabilalarning ulkan va murakkab tizimi, ko’p asrlar davomida shakllangan va yangi kirib kelgan etnik guruhlarni va ularning hozirgacha saqlanib qolgan xususiyatlarini tarixiy manbalar orqali o’rganish o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etdi. Izlanishlar davomida qoraqalpoq urug’larning yashash joylari, kelib chiqishi, boshqa qabilalar bilan aloqlari, oila-nikoh munosabatlari, boshqaruv xususiyatlari, soliqqa tortish, yerdan foydalanish kabi masalalar o’rganish markaziga qo’yildi. XX asr 50- yillarida bir yerli qoraqalpoq ovul jamoalarning tarixiy-etnografik xususiyatlari o’rganilib, yig’ilgan materiallar asosida qoraqalpoqlarning turar-joy, ta’lim, hunarmandchilik, milliy liboslari, amaliy san’at jihatlari tadqiq etildi. Alisher Doniyorov fikricha, bu vaqtda qoraqalpoqlarning asosiy ommasi uchun “xutor” tarzidagi manzilgohlar, chorvador qozoqlar uchun esa ovul tarzidagi manzilgohlar mavjud bo’lgan.3 Arxeologik-etnografik guruhlarning arxiv hujjatlari, adabiyotlar va yig’ma materiallardan to’plagan ma’lumotlari asosida qoraqalpoqlarning Amudaryo pastki oqimi va Sirdaryo hududlariga joylashishlari va Xorazm vohasi qoraqalpoqlari tadqiq etilib o’rganildi. Yig’ilgan etnik materiallar asosida o’zbek va qoraqalpoqlarning etnik tarixiga asos bo’lgan urug’lari – ashamayli, balgal, qang’li, qiyot kabi urug’lar o’rganildi. Bu etnografik izlanishlar hozirgi kungacha qoraqalpoqlar tarixi uchun muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda. Xorazm ekspeditsiyasi etnografik tadqiqotining muhim jihatlaridan biri Xorazm vohasi o’zbeklarini o’rganilishi bo’ldi. Tadqiqotchilar Amudaryo quyi oqimidagi o’zbeklarni kelib chiqishi, etnik ko’rinishi turlicha bo’lganligi sababli ularni shartli ravishda shimoli
Доказательный фрагмент
«In this article, the way of life of the local population groups under the leadership of S.P.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the way of life of the local population groups under the leadership of S.P. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm, Khorezm archaeological expeditions, Uzbek, Turkmen, Karakalpak, Khorezm, Khorezm archaeological expeditions, Хорезм, Хорезмские археологические экспедиции, Xorazm, Xorazm arxeologik ekspeditsiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026