К содержанию
РецензированоRU2023

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАТЕРИАЛА УЧАЩИМСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Qo'ldosheva Gulhayyo Nabi qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the issues and practical importance of improving the processes of pedagogical technologies in teaching pedagogical materials to primary school students. Key words: educational programs, pedagogical technologies, wide and easy acquisition of knowledge. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАТЕРИАЛА УЧАЩИМСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье говорится о проблемах и практической значимости совершенствования процессов педагогических технологий преподавания педагогических материалов учащимся начальных классов. Ключевые слова: образовательные программы, педагогические технологии, широкое и легкое получение знаний. Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor 5 02 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi. Didaktik o’yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang‘ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali ta’sir ko’rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv qo’llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi. Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u Haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ta’lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega. Ta’lim ishiga texnologik yondashuv: — ta’lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni; — o‘qish-o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni; — ta’lim jarayonida mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; — loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barcha- sini bir xil bajarishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o‘tkaziladiga

Доказательный фрагмент

«This article talks about the issues and practical importance of improving the processes of pedagogical technologies in teaching pedagogical materials to primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the issues and practical importance of improving the processes of pedagogical technologies in teaching pedagogical materials to primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educational programs, pedagogical technologies, wide and easy acquisition of, образовательные программы, o’quv dasturlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники