Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗНАЧЕНИЕ РАБОЧЕЙ ПАМЯТИ В ОВЛАДЕНИИ СПОРТИВНОЙ ТЕХНИКОЙ ДЗЮДО У СПОРТСМЕНОВ-ПОДРОСТКОВ
Kazoqov Ruhilla Turopovich · Akmuradov Mirshod Mirxanovich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, there are opinions and considerations aimed at applying the importance of working memory in mastering judo sports techniques in adolescent athletes. Key words: Technical-tactical elements, Judo, assessment of skill level, level of national training, special scientific research. ЗНАЧЕНИЕ РАБОЧЕЙ ПАМЯТИ В ОВЛАДЕНИИ СПОРТИВНОЙ ТЕХНИКОЙ ДЗЮДО У СПОРТСМЕНОВ-ПОДРОСТКОВ. Аннотация. В данной статье приводятся мнения и соображения, направленные на применение значения рабочей памяти в освоении спортивных приемов дзюдо у спортсменов-подростков. Ключевые слова: технико-тактические элементы, дзюдо, оценка уровня мастерства, уровень национальной подготовки, специальные научные исследования. Dzyudoni o‘rgatish bo‘yicha xorijiy tajribalar Dzyudoni o‘rgatish jarayoni o‘ziga xos sanaladi. Mazkur masalaga doir tajribalar va ularni tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, turli mamlakatlarda turlicha o‘rgatish sistemasi qo‘llaniladi. Quyida biz ular bilan tanishib chiqamiz. Yaponiya tajribasi Yaponiya dzyudo vatani bo‘lishi bilan bir qatorda dzyudo ilmi eng yuqori darajada rivojlangan mamlakat sanaladi. Dzyudo bo‘yicha maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha ham Yaponiya eng ilg’or hisoblanadi. Dzyudoni o‘rgatish bo‘yicha dastlabki uslubiy yondashuvlar D.Kano va uning boshqa bir qator hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan. Kano fikricha o‘rgatish jarayonlari quyidagilarga asoslanadi: 1. Texnik-taktik elementlar oddiydan murakkabga tomon borishi kerak. 2. Hujum qilayotgan dzyudochi (Tori) harakatlarining amplitudasi uning qiyinlik darajasi bilan bog’liq. 3. Himoyalanayotgan dzyudochining (Uke) yiqilishi uloqtirish bilan bog’liq. Bu kabi tadqiqotlar 1893, 1920 va keyinchalik 1967 yillarda qayta takomillashtirilgan. Dzyudoda o‘zlashtirish va mahorat darajasini baholash muhim hisoblanadi (Go Kyo). Bu jihatdan qaralganda Yaponiyada o‘ziga xos tajriba mavjud. Kodokan maktabi vakillari tomonidan dastlabki o‘rgatish va nazorat mezonlari 1895 yilda Kano rahbarligida ishlab chiqilga. Ushbu mezonlar keyinchalik takomillashtirildi. Natijada Yaponiyada dzyudo 4 89 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ bo‘yicha baholash va nazorat mezonlari sistemasi yuzaga keldi. Keyinchalik bu sistema yanada takomilklashtirildi. Fransiya tajribasi Fransiya dunyoda Yaponiyadan so‘ng dzyudo rivojlangan ikkinchi mamlakat hisoblanadi. Fransiyada dzyudo bo‘yicha milliy tayyorgarlik darajasi va baholash mezonlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha ilgari ishlab chiqilgan. Kattalar va bolalar uchun alohida tayyorgarlik dasturlari qo‘llaniladi. Fransiyada dastlabki dastur Kawaishi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, jami 61ta texnik usullar va 6ta darsdan iborat sistema joriy etilgan. Quyidagi 3ta prinsip asosida mashg’ulotlar olib boriladi: 1. O‘qitishning ba’zi asoslari, xususan, o‘ziga xos muvozanat, harakat kombinatsiyasi va elementlari. 2. Oddiy va kam jarohat yetkazish. 3. Sportchilarning ruhiy barqarorligiga erishish. O‘zbekiston tajribasi va Dan mezonlari (2005) Yuqoridagi birinchi bobda dzyudoning O‘zbekistonda rivojlanishi va ommalashishi, mamlakatimiz dzyudochilari tomonidan qo‘lga kiritilgan natijalar sharhi qisqa shrhlarda bayon etildi. Darhaqiqat respublikamizga dzyudoning kirib kelishi bilan birga uni o‘rgatish va o‘qitish borasida ham tajribalar ortib bordi. Ayniqsa mustaqillikdan so‘ng, dzyudo bo‘yicha maxsus me’yorlar va talablar qayta ishlab chiqildi. Kyu tizimi va mezonlari o‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi mutasaddilari tomonidan 2002-2003 yillar mobaynida qayta ishlab chiqilgan. Bir qator xalqaro semenarlarda muhokama etilib amaliyotga tatbiq etilgan. Masalan, 2003 yilda Yaponiya, 2003 yilda Janubiy Koreya, 2004 yilda Fransiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlarda muhokama etilib ijobiy baholangan. Quyida Kyu me’zonlari bilan tanishamiz. 6-Kyu. Rei, Ukemi, Kamae, Tsugi Ashi, Tai sabaki, Kumi kata, Kuzushi. 5-Kyu. Dza-rei, Kesa gatame, Kame-shiho-gatame, Vakigatame, Uke-otoshi, Tai-otoshi, Hiza-Guruma, De-ashi-barai, Kouchi-gari, O-uchi-gari. 4-Kyu. Yoko- shiho-gatame, Kata-gatame, Ude-gatame, Kibitsu-gaeshi, Kuchiki-taoshi, Ko-uchi-makekomi, Sumi-otoshi, Ko-soto-gare, O-soto-otoshi. 3-Kyu. Tate-shiho-gatame, Ude-garame, Hadaka-jime, Taniotoshi, Morote-gari, Tomoe-nage, Sumi-gaeshi, Yoko-guruma, Tokootoshi. 2-Kyu. Okure- eri-jime, name-jujijima, Ashi-gatame, seoi-nage, Uki-goshi, Ushiro-goshi, Utsuri-goshi, Sukui- nage, Kata-guruma. 1-Kyu. Kata-te-jime, San-kaku-jime, Juji-gatame, Okuri-ashibarai, Harai- goshi, Uchi-mata, Ura-nage, Soto-makekomi, Sodetsurekomi-goshi. 2.4. Dzyudoning biomexanik asoslari Biomexanik xususiyatlar sportchining harakat qobiliyatiga bog’liq va individual harakatlarni baholash yoki ularni bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi. Shaxsiy jismoniy va harakat xususiyatlarini hisobga olgan holda dzyudochining qobiliyatlari oldida aqliy va harakat fao
Доказательный фрагмент
«In this article, there are opinions and considerations aimed at applying the importance of working memory in mastering judo sports techniques in adolescent athletes.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, there are opinions and considerations aimed at applying the importance of working memory in mastering judo sports techniques in adolescent athletes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Technical-tactical elements, Judo, assessment of skill level, level of national, технико-тактические элементы, Texnik-taktik elementlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025