К содержанию
РецензированоUZ2026

Kalit so‘zlar: tabiiy fanlar, loyiha asosida o‘qitish, innovatsion metodika, ixtisoslashtirilgan maktab, ta’lim, kompetensiya, tadqiqot faoliyati.

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LOYIHALASHTIRISH ASOSIDA O‘QITISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Qalandarova Nazokat Ibrogimovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda loyihalashtirish asosida o‘qitishning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, metodik jihatlari va o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Loyihaviy yondashuv o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izlanishga bo‘lgan qiziqishi va innovatsion salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. В данной тезисной работе проводится анализ роли проектного обучения в процессе преподавания естественно-научных дисциплин в специализированных школах, его методических основ и значения в формировании ключевых компетенций учащихся. Проектный подход способствует развитию у школьников навыков самостоятельного мышления, повышает интерес к исследовательской деятельности, а также формирует инновационный потенциал, необходимый для успешной реализации в учебной и практической деятельности. This thesis analyzes the role of project-based learning in teaching natural sciences at specialized schools, its methodological foundations, and its importance in developing students' key competencies. The project-based approach enhances students’ independent thinking skills, fosters their interest in research activities, and strengthens their innovative potential, thus preparing them for academic and practical success. Kirish: Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda yangilanib borayotgan bir vaqtda, ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy, natijaga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berilayotgan muassasalarda loyiha asosida o‘qitish uslubi yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, o‘quvchilarni faol o‘rganuvchiga aylantirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Asosiy qism: Loyihalashtirish asosida o‘qitish — bu o‘quvchilarning amaliyotga yo‘naltirilgan, muammoni hal etishga asoslangan, mustaqil izlanishga chorlovchi faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan metodik yondashuvdir. Ushbu uslubda o‘quvchi bilim oluvchi emas, balki faol ijodkor, tadqiqotchi sifatida ishtirok etadi. Ayniqsa, fizika, kimyo, biologiya va geografiya fanlarida real hayotdagi muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va echimini topish orqali fanga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortadi. Loyihaviy ta’limning afzalliklari:  O‘quvchi markazga qo‘yiladi va o‘zi bilim izlaydi;  Fanlararo bog‘liqlik yuzaga keladi (interdisiplinarlik);  Amaliy ishlar orqali nazariy bilim mustahkamlanadi;  O‘quvchilar o‘z fikrini asoslashga, muloqot qilishga o‘rganadi;  Ilmiy izlanishlar va tadqiqotga asoslangan yondashuv shakllanadi. Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda bu yondashuv ayniqsa foydali, chunki: 42 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1. Laboratoriya, kompyuter texnologiyalari va boshqa zamonaviy vositalar mavjud; 2. O‘quvchilarda ilmga bo‘lgan ichki qiziqish kuchli; 3. Bunday maktablarda o‘quvchilarning olimpiadalarga tayyorlanish jarayonida loyiha yondashuvi ayni muddaodir. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda loyihalashtirish asosida o‘qitish — bu nafaqat yangi pedagogik metod, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, kreativlik, muloqot va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantiradigan zamonaviy strategiyadir. Ayni paytda bu yondashuv ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliyotga samarali joriy etilmoqda va o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. O‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ilmiy izlanishga intilishi va real hayotiy muammolarga ilmiy asoslangan yechim topish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshmoqda. Bunday yondashuv kelajak avlodni raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan, ilm-fan yutuqlariga tayangan holda qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalaydi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda loyihalashtirish asosida o‘qitishning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, metodik jihatlari va o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda loyihalashtirish asosida o‘qitishning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, metodik jihatlari va o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tadqiqot faoliyati., innovatsion metodika, ta’lim, ixtisoslashtirilgan maktab, tabiiy fanlar, kompetensiya, loyiha asosida o‘qitish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники