К содержанию
РецензированоRU2026

MULK HUQUQI VA UNING VUJUDGA KELISHI Qodirova Go‘zal Qodir qizi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qodirova Go‘zal Qodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Кадирова Гузал Кадир кизи (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences)

Молодые ученые · 28 – 29 · 2026

Аннотация

В статье анализируется понятие контракта, значение структурного элементарного тюнинга Хонда в отношениях сегодня. Обсуждается участие и специфика лиц в заключении договоров Ключевые слова: Акцепт, оферта, договор, стороны договора, лица. Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi. Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil etadi. Bu nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy institutidir. 74 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e’tibor qaratsak, shu narsa ma’lum boʻladidki, xorijiy mamlakatlarda mulk huquqining turli konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona universial asosi belgilanmagan. Shu bilan birga, pretsedentlarga yo‘naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh Konstitutsiyasiga V, XIV qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi va sud qarorlarida 156 mustahkamlangan. Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai nazaridan amerika mulk huquqi modelining asosida ushbu huquqning sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy va murakkab tuzilishli turlarga ajratish mumkin[1] . Oddiy yoki soddalashtirilgan model “bitta ashyoga – bitta to‘la huquqli mulkdor” tamoyiliga asoslanadi. Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa shaxslar “boshqa huquqli” shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o‘zining egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi. Shu ma’noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi. Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk to‘g‘risida”gi Qonun (Law of Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ingliz mulk va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga mos kelmaydi, ingliz huquqi mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash tizimi hisoblanadi[2]. Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk atamasilarning izohi berilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Germaniya fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi keng mazmunli ashyoviy huquqning bir turi bo‘lib, faqat egasiga o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish yo‘nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to‘liq xo‘jalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyati beradi. GFTda mulk huquqi tushunchasi berilmagan, aksincha, mazkur tushuncha mulk huquqining mazmunini bayon etish yo‘li bilan izohlangan. Shunga qaramasdan, GFTning 903-moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta’rif mavjud. Unga ko‘ra, ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning huquqlari to‘sqinlik qilmaydigan darajada ashyoni o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanday ta’sirni bartaraf etishi mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida vakolatlarning oddiy yig‘indisi emas, balki o‘ziga xos alohida huquq sifatida belgilangan[3] . Ingliz-amerika huquq tizimidan farqli ularoq, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimi mansub boʻlgan qit’a huquq tizimida mulk huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi modeliga tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik qilib, unga muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e’tirof etiladi. Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki usullarga quyidagilar kiradi: - mol-mulkni yaratish va koʻpaytirish; - mehnat faoliyati; - mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar asosida qoʻlga kiritish; - davlat mol-mulkini xususiylashtirish; - meros qilib olish; 75 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo - egalik qilish

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется понятие контракта, значение структурного элементарного тюнинга Хонда в отношениях сегодня.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется понятие контракта, значение структурного элементарного тюнинга Хонда в отношениях сегодня. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
possession, use, disposal, transactions, findings, mullk creation, bitimlar, foydalanish, egalik qilish, topilmalar, tasarruf etish, mullk yaratish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники