Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Odashboyeva Odina Nuriddin qizi ADPI tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabalari
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Olimova Muxlisa Odiljon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Odashboyeva Odina Nuriddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu maqolada 9-sinflarda “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: interfaol metod, noan’anaviy metodlar, dars, “Simbioz gipotezasi”, “invaginatsiya gipoteza”, “ko’p genomli gipoteza”, “Venn diogrammasi”. Bugungi kunda har bir o’qituvchi darslarni qiziqarli va o’quvchilar uchun yana ham tushunarli tashkil etishda turli xil noan’anaviy interfaol usullardan foylanib kelishmoqda. Texnik vositalar va noan’anaviy usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda. Noan’avaniy usullardan foydalanish bizga o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni shakillantirish ko’nikmalarini oshirishga ham yordam beradi. Noan’anaviy usulllar norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Tashkil qilayotgan darslarimizga turli xil ko’rgazmalar, O’simlik hamda hayvon kolleksiyalar, turli xil video darslar, qiziqarli multimedia vositalaridan foydalanish ham bizga darslarni sifatli tashkil qilishga yordam beradi. Bu vositalar orqali biz o’quvchilar diqqatini o’zimizga qaratib olishimiz oson bo’ladi. Quyida eng ilg‘or pedagogik noan’anaviy usullardan namuna keltirib, ularning hamiyati va afzalliklarini tahlil qilamiz. Darsni boshlagandan so’ng birinchi navbatda o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha ma’lumot beriladi. Mavzu yanada tushunarli bo’lishi va o’quvchilarda tog’ri tushuncha hosil qilish uchun taqdimotdan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. Birinchi – Baliq skeleti metodi 68 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Muammo Muammo Muammo Muammo Hal qilish Hal qilish Hal qilish Hal qilish Strategiya: Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-3 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari). Biz ushbu “Baliq metodi” dan o’quvchilar bilan mavzuni muhokama qilishda va Muammoli vaziyat yaratishda foydalanamiz. Ushbu metod “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusu uchun juda ham qo’l keladi. Biz o’quvchilarni uchta guruhga bo’lamiz va har bir guruh o’zlariga berilgan gipotezani boshqa guruhlar bilan muhokama qiladi. Bu usul bizga o’quvchilarni yaxshiroq o’rganishimizga, ularning muloqot, fikrlarini erkin ifoda etish ko’nikmalarini oshirishga yordam beradi. Yuqoridagi baliq suyagining yuqorisiga muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi. Foydalanish doiralari; Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda. Afzalliklari. Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi. Qiyinchiliklar. Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Ikkinchi – Akvarium metodi Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari». Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir. Foydalanish doiralari. Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi. Afzalliklari. Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskar
Доказательный фрагмент
«Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Venn diogrammasi”., interfaol metod, noan’anaviy metodlar, “invaginatsiya gipoteza”, “ko’p genomli gipoteza”, “Simbioz gipotezasi”, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024