Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБ ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЯХ И УПРАВЛЕНИИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Ernazarova Muhabbat Anvarovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article highlights the importance of the method of conducting children's educational activities based on innovative design in preschool educational organizations. Important recommendations are given about the essence of this method in quality preparation of pupils for school education. Key words: Pre-school education, management, innovation, strategy, institution, community, personnel. ОБ ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЯХ И УПРАВЛЕНИИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. В данной статье подчеркивается важность метода проведения детской образовательной деятельности на основе инновационного проектирования в дошкольных образовательных организациях. Даны важные рекомендации о сущности этого метода в качественной подготовке учащихся к школьному обучению. Ключевые слова: Дошкольное образование, менеджмент, инновации, стратегия, учреждение, сообщество, персонал. Maktabgacha ta’lim tizimini innovatsion boshqarishdagi majmuaviylik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, tashkiliy, pedagogik, psixologik hamda ekologik xususiyatlarni, ularning o‘zaro aloqalarini hisobga olish zarurligini anglatadi. Maktabgacha ta'lim bolani yangi hayot pog'onasiga tayyorlashdek muhim vazifani bajaradi. Bolaning ijtimoiy hayotga kirib borishining dastlabki bosqichi tabiiyki, oson kechmaydi. 81 Chunki bola faqatgina ota-onadan iborat bo‘lgan tor doiradan tashqariga chiqadi va jamoa hayotiga kirib boradi. Bu jarayon turlicha individual xususiyatli bolalarga turli xil ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolaning jismoniy va ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ijtimoiy hayot tarziga ko‘niktirish va jamoada erkin yashash malakasini shakllantirishdir. Jamoaviy muhit bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga turtki bo‘ladi. Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim sohasini takomillashtirishdan maqsad bu – Bolani maktab ta'limiga har tomonlama tayyorlash bilan birga hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishdan iborat. Bolalarning intelektual-madaniyatli shaxs bo‘lib shakllanishida maktabgacha yosh davri muhim o‘rinni egallaydi. Bolani maktabga tayyorlik darajasi deganda, uning aqliy, axloqiy hamda psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi. Boladagi intelekt ma'lum bilim doirasini hosil qilgan, nutqi o‘sgan holatda va fikrlab javob qaytarish, maktab o‘quv dasturiga qo‘yilgan talablarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘zlashtirish darajasida bo‘lishi lozim. Axloqiy sifatlarida o‘z xulq-atvorini idora qilish, nojo‘ya hatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish, xulq-atvor qoidalariga bo‘ysinish kabi xususiyatlar mujassamligi zarur. Psixologik ko‘rsatkichlarda ixtiyoriy idrok, barqaror diqqat, obrazli, so‘z-mantiqiy, mexanik turlardagi xotira shakli, analiz-sintez, taqqoslovchi va umumlashtira oluvchi xususiyatli tafakkur, tiklovchi xayol va ravon nutqning rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi maktabga tayyorlov guruhi bolalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayrim sabablar natijasida bu xususiyatlar barcha bolalarda bir maromda rivojlanmasligi mumkin. Shuning uchun ta'lim samaradorligini oshirishda va bolalar savodxonligini yuksaltirishda ta'limga noan'anaviy metodlarni joriy etish takomillashib bormoqda. Demak, maktabgacha ta’lim tizimini innovatsion boshqarishda demografik, etnografik, malakaviy va boshqa jihatlarni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotni olib borish jarayonida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishda pedagogik jamoani turli yoshdagi mutaxassislar ishtirokida shakllantirish zarurligi aniqlandi. Zero, yosh o‘qituvchilar ta’lim jarayoniga turli innovatsion texnologiyalarni faol tadbiq etishga moyil bo‘ladilar, biroq ularning ko‘p hollarda pedagogik mahorat va yetarlicha hayotiy tajribaga ega emasliklari sababli ta’lim maqsadlariga doim ham muvaffaqiyatli erisha olmaydilar. Innovatsion boshqarishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi: а) muassasa rahbarlari, rahbar xodimlar, pedagogik jamoa, boshqaruv organlari, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, fan o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish; 82 b) turli boshqaruv darajalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, ya’ni umumiy ta’lim maktablari faoliyatini o‘zaro hamkorlikda boshqarish – bunga ko‘ra umumiy ta’lim maktablarijamoasining barcha a’zolariqarorlarni ishlab chiqarish va qabulqilishjarayonida faol ishtirok etadi. O‘zaro hamkorlikda boshqarish, eng avvalo, faoliyatni rejalashtirishni nazarda tutadi. Boshqaruv darajalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirishda tabaqalashtirish, individuallashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish, talabchanlik, faoliyatning jamoaviy hamda ijodiy xususiyatini inobatga olish zarur; v) jamoatchilik tomonidan ko‘rsatiluvchi o‘zaro yordam asosida vaqtinchalik ijodiy guruhlar (masalan, ilmiy-metodik kengash, ekspert hay’ati va boshqalar)ni tashkil qilish orqali boshqaruv organlari faol
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of the method of conducting children's educational activities based on innovative design in preschool educational organizations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of the method of conducting children's educational activities based on innovative design in preschool educational organizations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pre-school education, management, innovation, strategy, institution, Maktabgacha ta’lim, Дошкольное образование
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026