К содержанию
РецензированоRU2026

O’SMIRINING AXLOQIY SHAKLLANISHIGA OILA MUHITNING TA’SIRI Turg’unova Sarvinoz Fazliddin qizi Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Turg’unova Sarvinoz Fazliddin qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается влияние семейной среды на нравственное формирование ребёнка в подростковом возрасте. Анализируется непосредственное влияние общения, привязанности и роли родителей в семье на нравственные взгляды, поведение и процессы самосознания. Ключевые слова: Подростковый возраст, семейная среда, нравственное воспитание, развод, родительская роль, культура общения, формирование личности, самостоятельность, семейные конфликты, детская психология, ребёнок, мировоззрение. Annotation: This article discusses the impact of the family environment on the moral formation of a child during adolescence. The direct impact of communication, affection, and the role of parents in the family on moral views, behavior, and self-awareness processes is analyzed. Keywords: Adolescence, family environment, moral education, divorce, parental role, culture of communication, personality formation, independence, family conflicts, child psychology, child, worldview. Oila kichik ijtimoiy guruh sifatida doimo o‘z a’zolariga o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunish vazifalarini qo‘yadi. Busiz oila mustahkam bo‘la olmaydi. Oilaning ichki barqarorligiga xizmat qiluvchi iqtisodiy funksiya «oila - jamiyat» tizimida ham amal qiladi hamda oila o‘zining shu vazifasi tufayli jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Chunki inson resursi jamiyat va davlat uchun zarur ekan, bol tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasida oila davlat funksiyasining sezilarli qismini o‘z zimmasiga olishi, oilaning barqaror bo‘lishi, avvalo, davlat manfaatlariga mosdir. Ma’lumki, oila a’zolarining salomatligini mustahkamlash, dam olishini tashkil etish, oila a’zolarining bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Oilaning o‘z a’zolari ma’naviy-psixologik himoyalanganligini ta’minlashdagi roli beqiyosdir [1]. Chunki inson o‘z oilasida.va o‘z yaqinlari qurshovida oladigan xotirjamlik, erkinlikni hech bir narsa bilan almashtira olmaydi. Shu ma’noda oilaning rekreativ funksiyasi uni mustahkamlikka olib boruvchi eng asosiy yo‘ldir. Oilaning nazorat funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada yetakchilik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Oila muhitining o’smir axloqiga ta’siri quyidagi jihatlardan iborat bo’lib, axloqiy qadriyatlarning asosiy manbai sifatida oila ya’ni oila a’zolari o’smirga yaxshi va yomonni farqlash, axloqiy me’yorlarga rioya qilishni o’rgatadi. Shuningdek, oila tarbiyasida adolat, 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo halollik, hurmat, mehr-oqibat kabi axloqiy fazilatlar singdiriladi. Oila muhitida tarbiya olgan o’smir jamiyatda to’g’ri, odobli va mas’uliyatli shaxs bo’lib yetishadi. Kishilar orasidagi asosiy munosabatlar o‘zaro muloqotlarga kirishish, ya’ni so‘z, imo- ishora, xatti-harakatlar orqali bir-biriga ta’sir o‘tkazishga asoslanadi. Oila inson hayotiy faoliyatining o‘zagi sifatida ekan, aynan oiladagi muloqot va munosabatlarning keyingi xatti- harakatlari va boshqa insonlar bilan o‘zaro kirishadigan munosabatlarining mazmunini belgilab beradi. Aytish mumkinki, har bir shaxs oiladan boshlab insonlararo ijtimoiy munosabatlarga kirishishning boshlang‘ich maktabin o‘taydi. Hozirgi kunda insoniyat o‘rtasidagi barcha munosabatlar (insonlararo munosabatlardan tortib, to davlatlararo munosabatlargacha) nihoyat darajada murakkablashib, o‘zaro muloqot va ommaviy axborot vositalari yordamida yanada taranglashtirilgan murakkab bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. Bu holat oila ichki hayotiga ham xosdir. Insonlar har daqiqada kirishadigan muloqot va aloqalaming nihoyatda jadallashuvi, axborotlashgan tizimlaming misli ko‘rilmagan darajada ortishi, turmush tarzidagi o‘ta asabiy holat, hayot intensivligidan kelib chiqadigan emotsional zo‘riqishlar oilaning o‘mini yanada oshiradi. Jumladan, jamiyatdagi o‘ta murakkab jarayonlardan toliqqan insonlar uchun oila ishonchli boshpana, o‘zini har tamonlama erkin sezadigan boshpana hisoblanadi. Shuningdek, oilaning o‘zi jamiyatdagi munosabatlaming ta’sirida bo‘lganligi sababli o‘z a’zolariga, ulaming o‘zaro munosabatlariga nisbatan o‘ta nozik muloqot madaniyatini talab etadi. Ayrim sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov,V.A.Ryasensov, V.P.Kluchnikov) inson zotini davom ettirish, bolalami tarbiyalash va xo‘jalik funksiyalarini farqlab ko‘rsatadilar; S.D.Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a’zolari dam olishi, ya’ni hordiq chiqarishini tashkil etish; N.G.Yurkevich esa ma’naviy muloqot, seksual, bolalami dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalami ta’minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma’naviy qo‘llab-quwatlash; A.G.Xarchev - aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalik, iste’mol va dam olishni tashkil qilish funksiyalarini farqlab ko‘rsatadilar. M.R.Bo‘riyevaning fikriga ko‘ra oila funksiyasi uch yo‘nalishdan iborat, jumladan, oilaning demokratik vazif

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается влияние семейной среды на нравственное формирование ребёнка в подростковом возрасте.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается влияние семейной среды на нравственное формирование ребёнка в подростковом возрасте. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Adolescence, family environment, moral education, divorce, parental role, axloqiy tarbiya, bolalar ruhiyati, dunyo qarash., farzand, oila muhiti, ota-ona roli muloqot madaniyati, oilaviy nizolar, ajralish, mustaqillik, shaxs shakllanishi, O'smirlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники