К содержанию
РецензированоRU2026

ПРОЯВЛЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КОЛОРИТА, ХАРАКТЕРНОГО ДЛЯ НАЦИОНАЛЬНОГО МЕНТАЛИТЕТА, В ТВОРЧЕСТВЕ БИБИ РОБИА САИДОВОЙ

KOLORITNING NAMOYON BO‘LISHI · Suvanov Husniddin Norqulovich · Tel:+ E-mail: hsuvanov@tersu.uz

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Bibi Robia' Saidova's works depict the national color and the character characteristic of the Uzbek mentality. In stories such as “Hizr tashlagan qanot”, “Kakku ovozi” va “Malikaning qaytishi” which are the products of his artistic creation, the plot, composition, form and content are highlighted in a colorful way. A bright expression of national color in the life of the people in the 20th century. Key words: National color, artistic creation, Hizir, Kakku's voice, character. ПРОЯВЛЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КОЛОРИТА, ХАРАКТЕРНОГО ДЛЯ НАЦИОНАЛЬНОГО МЕНТАЛИТЕТА, В ТВОРЧЕСТВЕ БИБИ РОБИА САИДОВОЙ Аннотация. В произведениях Биби Робиа Саидовой отражен национальный колорит и характер, свойственный узбекскому менталитету. В таких рассказах, как «Опущенное Хызром крыло», «Голос Какку» и «Возвращение принцессы», являющихся продуктами его художественного творчества, красочно выделены сюжет, композиция, форма и содержание. . Яркое выражение национального колорита в жизни народа ХХ века. Ключевые слова: Национальный колорит, художественное творчество, Хизир, голос Какку, характер. 210 Badiiy adabiyotda milliy kolorit insonning tarixiyligini, milliyligini, madaniy yashash tarzini o‘rganadi. Bu esa millatning psixologik ruhiy olami o‘tmishi va hozirgi yashash madaniy hayotini uzviy bog‘lab o‘rganadi. Har qanday millatning tarixiy ko‘rinishi va zamonaviy ko‘rinishini o‘z- o‘zidan mutanosibligini yuzaga keltiruvchi milliy koloritdir. Milliy koloritni badiiy adabiyotda so‘z bilan, porteret yaratishda tasviriy belgilar, maqol, topishmoq, frazelogiyalar, so‘z birikmasi milliy ruh singdirilgan xarakterda ifodalanadi. Kolorit badiiy adabiyotda keng ma’noda qo‘llaniladi. Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyotda avangardlik qiluvchi ma’lum belgi bu koloritdir. Tasviriy ifodada, nutqiy birliklarda va logik ifodalarda milliy koloritini namoyon bo‘lishi kolorit ayni ko‘rinishidir. Har qanday badiiy ijodkor asar yozar ekan makon, zamon va tipologik jihatdan kelib chiqib, milliy mentalitetga xos ravishda yondashishi tabiiydir. Badiiy ijod mahsuli bo‘lgan badiiy asarning syujeti, kompozitsiyasi, shakl va mazmuni kabi asosiy tarkibiy qismlari ijod mohiyatini ochib beradi. Badiiy ijodning asosiy mezoni bu obraz va obrazlilikdir. Ijodkor inikosida voqea hodisalar o‘zining dunyoqarashiga munosib ko‘rinishda bo‘ladi va o‘sha ko‘rinish orqali madaniy- tarixiy, milliy, zamonaviy komunikativlik asosida badiiy to‘qimani shakllantiradi. Individual psixologik kechinmalarini asarga ko‘chirishda badiiy ijodkorga xohish, uslubiy metod, tajriba va so‘z boyligi muhim bo‘ladi. Bugungi kunda ijodda o‘z qarashiga, o‘z nutqiy metodiga ega bo‘lgan yosh ijodkorlar bor. Bu ijodkorlar hikoya janrida ham ilg‘or. Biz aynan nasrning hikoya janriga e’tibor bersak, Bibi Robia’ Saidova xalqimizning o‘tmishida bo‘lgan va hozirgi kunda bo‘layotgan real voqealar asosida sermazmun hikoyalar yozmoqda desak to‘g‘ri bo‘ladi. “Hizr tashlagan qanot”, “Kakku ovozi”, “Malikaning qaytishi” va “Kuz yomg‘iri” kabi asarlarida milliy koloritga xos tarzdagi konservativlik xususiyatini saqlay bilgan. Zamonaviylikni da’vo qilsada asarlarida etnografizm, etnopsixologizm, milliy mentalitet va syurrealizm kabi mohiyatlar asarda barq urib turibdi. Nutqiy faoliyatini ham realiyalardan keng ko‘lamda foydalangan. Bibi Robia’ Saidovaning asarlari xalq hayotidan olinib, xalq yuragiga yetib bormoqda. “Hizr tashlagan qanot” hikoyasida inson umri bir zumda o‘tishi sodda-ravon qilib tushuntirib bergan. Asar shunday yosh qizaloqning “Ko‘cha bo‘ylab jajji oyoqlar u yoqdan bu yoqqa yugurishyapti”1 tarzdagi jumlalari bilan boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki asarda qahramon beg‘uborligi, bolalikning podshosi bo‘lgan jajji dilozor Qizning yugurishi bilan boshlanadi. “Bolalik - podsholik”2, deb bekorga aytmaydi. Bolalikdagi niyatlarning ro‘yobini albatta, ko‘rasan kishi. Asar to‘rt yoshar qizcha va akasining hayrat bilan yugurishi bilan boshlanadi. Beg‘uborlik 1 Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil 2 Xalq nutqida 211 va tashvishsiz bo‘lgan aka-singil go‘yoki baxt qasri kichik shahzodasi va kichik qirolichasi edi. Asar syujeti o‘sib borishi quyidagicha o‘sib boradi. O‘yinqaroq aka mitti qirolichani ko‘ylagini tortib yubaradi va qizcha orqasiga qarab yiqilib tushadi. Tirsagidagi qonni ko‘rgan qiz hoyu-annoz solib yig‘laydi. Bu kabi tantilik har qanday yosh bolaning xarakterida uchraydi. Asarni yozuvchi qahramonning beg‘uborlik vaqtidan boshlashi ham asar qimmatini orttiradi. Bibi Robia’ Saidova asarda ko‘proq tabiat tasviridan foydalangan. Tabiat tasviri orqali qahramonning ideasini shakllantiradi. Ijodkor quydagicha tasvirlaydi: “Uning butun ruhi, butun vujudi, barcha xayollari ana shu opoqqina bulutlarga aylanib borayotgan edi”3 deya peyzaj tasviri orqali orzular olamida yashagan qizaqloqning hayoti qanday tus olishini ifodalab bergan. Asarda uchmoq orzusi bilan yashagan qizcha jismonan uchmoqlik baxtiga muyassar bo‘lmaydi. Sababi, uchish insoniyatga berilmagan imkoniyat edi. Jismonan

Доказательный фрагмент

«Bibi Robia' Saidova's works depict the national color and the character characteristic of the Uzbek mentality.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bibi Robia' Saidova's works depict the national color and the character characteristic of the Uzbek mentality. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
National color, artistic creation, Hizir, Kakku's voice, character, Milliy kolorit, Национальный колорит
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники