Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛИНГВОКУЛЬТУРНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ КОНЦЕПТ ДОМ НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
Mamatmurodova Oltinoy Ishqobil qizi
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, as the main unit of linguoculturology, a concept-means is presented that summarizes both interrelated phenomena in the process of a comprehensive study of language and culture. Key words: concept, concept, language, culture, linguoculturology. ЛИНГВОКУЛЬТУРНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ КОНЦЕПТ ДОМ НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация. В данной статье в качестве основной единицы лингвокультурологии приводится понятие-средство, обобщающее в себе оба взаимосвязанных явления в процессе комплексного изучения языка и культуры. Ключевые слова: понятие, понятие, язык, культура, лингвокультурология. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. SHu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. SHu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni 18 ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi Konsept – bir millatga tegishli bo‘lgan hayotiy tajriba natijalarini o‘zida namoyon qilgan bilimlar va tasavvurlar yig‘indisi, inson ongidagi hayotga, borliqqa bo‘lgan munosabati, bir millatning nimadir haqida o‘y-fikrlar, qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan termin. Shu bilan bir qatorda konsept xotiraning operativ birligi bo‘lib, fikriy, lisoniy, konseptual tizimlar va ong tili, borliq bilimlarni o‘zichiga oladi. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi faylasuf S. Askoldev tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Askoldovning qarashicha, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Konsept lotin tilidagi conceptus – “tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan. inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qiladi. Tilshunoslikda konsept lingvokognitiv va lingvomadaniy hodisa sifatida qaraladi. Kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik fanlarining asosiy mavzusi konsept bo‘lib, u tafakkur birligi sifatida millatning ma’naviy qadriyatlarini aks ettiradi. “Uy” konsepti o‘zbek va ingliz hayotida inson mentalitetining muhim qismi bo‘lib, turli tillarda ifodalangan madaniy birlik va lingvistik birlik sifatida xalq madaniyatiga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Ingliz va o‘zbek tillarining maqollari materiallarini tahlil qilib, ingliz va o‘zbek madaniyatidagi “Uy” tushunchasi milliy-madaniy o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini ta‟kidlash mumkin. Uy konsepti universallik tabiatiga ega bo‘lgan holda, milliy o‘ziga xos mazmunga ham ega. Milliy o‘ziga xoslik kognitiv belgilar nomutanosibligi, semantik maydonlar va guruhlar tashakkuli, denotatni kategoriyalashtirish va konseptuallashuvida namoyon bo‘ladi. Ko‘chma ma’noli birliklarni yuzaga chiqaradi: uy ichi “oila a’zolari”, uyi buzilmoq “er xotinning ajralishi”, “eri o‘lmoq (Buxoroda), uyi kuymoq “xonavayron bo‘lmoq”, “oila a’zolaridan kimdir o‘lmoq” (Qashqadaryoda). 19 Ma‘lum bo‘ladiki, “uy” konsepti o‘zbek millati ongida anchayin dolzarb ma‘nolarni aks ettiradi. Frazeologizmlarning denotativ va konnotativ aspektlarida moddiylik va ideallik tabiiy tarzda mujassamlashadi. O‘zbek olamning lisoniy manzarasidagidagi uy konseptining kognitiv ko‘rinishlari quyidagicha: a) uy – inson va uning oilasi yashaydigan makon; b) himoya - uyning asosiy funksiyasi; c) uy – bu oila. Oilaviy munosabatlarning mustahkam asosiga alohida e‘tibor qaratiladi; d) uy egalarining roli bir xil emas; e) bolalar bo‘lmagan uy qabrga o‘xshatiladi; f) boy
Доказательный фрагмент
«In this article, as the main unit of linguoculturology, a concept-means is presented that summarizes both interrelated phenomena in the process of a comprehensive study of language and culture.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, as the main unit of linguoculturology, a concept-means is presented that summarizes both interrelated phenomena in the process of a comprehensive study of language and culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concept, concept, language, culture, linguoculturology, понятие, понятие, concept, concept, konsept, tushuncha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026