Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЛЮБОПЫТСТВО И ЛЮБОЗНАТЕЛЬНОСТЬ – ЭТО ВЧЕРА И СЕГОДНЯ ИСКУССТВА.
Ma’ruf Salomov · Raxmanova Gauxar Kengesbaevna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the emergence of askiya and the art of curiosity and its scientific study, the teaching of folk art, the scientific study of unique forms such as payrov, rhyme, bahri- bayt, legend, radif, saying, rabbi and recommendations for the further development of the art of askiya and curiosity are discussed in detail. Key words: askiya and curiosity, art, folk, creation, payrov, rhyme, bahri-bayt, myth, radif, saying, rabbi. ЛЮБОПЫТСТВО И ЛЮБОЗНАТЕЛЬНОСТЬ – ЭТО ВЧЕРА И СЕГОДНЯ ИСКУССТВА. Аннотация. В данной статье рассматривается возникновение искусства аския и любознательности, быть и его научное изучение, обучение народному творчеству, научное изучение уникальных форм, таких как пайров, рифма, бахри-байт, миф, радиф, поговорка, равбиа, а также искусство аскии и любопытства. Ключевые слова: аския и любопытство, искусство, народное, творчество, пайров, рифма, бахри-байт, миф, радиф, поговорка, раввин. Hayot o‘zi bir askiya undagi voqiyalar qiziq Muallif so‘zi Eng oliy baxt — inson salomatligi. Inson salomatligining tayanchlaridan biri — samimiy kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o‘zining kulish fazilati bilangina ajralib turadi. Yaxshi, beg‘ubor kulgidan ruhiy sog‘liq, tetiklik paydo bo‘ladi. Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan o‘taveradi. Shifokorlar ko‘pincha kulgini umr uzaytirish dorisi, deya ta’riflaydi. Haqiqatdan, kulib, quvnab yurgan odam uzoq umr ko‘radi, bu fikr hayotda o‘z isbotini topgan. Kulgi kirgan har bir xonadondan g‘am-tashvish, urish-janjal, g‘iybat-bo‘hton, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib, xushmuomalalik va ahillik kuchayadi. 4 14 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ammo faqat kulgi bilan hayot kechirib bo‘lmaydi. Kulishning ham vaqti-soati, me’yori bor. Shuningdek, kulgi odobi ham mavjud. Ana shularga amal qilib kulgan kishigina kulgining qadriga yetadi.1 Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning Askiya sanʼatida mujassam topgani hammamizga yaxshi maʼlum. Turli xalqlarning milliy oʻzligini, ularning xalq og‘zaki ijodi, anʼana va urfodatlarini ifoda etadigan Askiyachilik sanʼati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir. Darhaqiqat, Askiyaichilik qadim tarixdan bizlarga sado berib kelmoqda. O‘zi askiya va qiziqchilik qachon qayerda paydo bo‘lgan shu xaqida biroz malumot bersak!. Qiziqchilik - oʻzbek anʼanaviy teatr turi. Qiziqchilik teatri, asosan, Qoʻqon xonligi hududida (ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda) rasm boʻlgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), toʻda boshligʻi va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan. Uning repertuarini tanqid va muqallid janrlaridagi hajviy va yumoristik komediyalar, kulki-hikoya tashkil etgan. Qiziqchilik ogʻzaki dramaturgiyaga asoslangan; bunda koʻrsatiladigan tomoshalarning fabulasi, syujeti, ayrim barqaror savoljavoblari maʼlum boʻlib, qiziqchilari tomonidan oldindan oʻzlashtirilgan va shu asosda ijod va ijro qilingan. Qiziqchilar oʻz ijodlarida koʻproq soʻz sanʼatiga tayangan, xalq poetik ijodi, til boyligi, askiyachi, mumtoz adabiyot namunalaridan ustalik bilan foydalanganlar; muayyan rolda oʻynaganda xarakterga yarasha liboslarda chiqsa-da, odatda, qizil, sariq yoki jigarrang matodan tikilgan yoki quroq kamzul kiygan. 19-asrda qiziqchilarning truppalari (mas, Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi toʻdalar) faoliyat koʻrsatgan. Zokirjon qiziq toʻdasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan boʻlib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan. 20- asrning 1-yarmida Yusufjon qiziq Shakarjonov boshliq 50 ga yaqin qiziqchi Qiziqchilik merosini saqlab, yangi sharoitlarda baholiqudrat ijod qilib, oʻz bilim va tajribalarini yosh ijrochilarga singdirib keldilar. 20-asrning 2-yarmida qiziqchilarning yangi avlodi maydonga keldi. Ular anʼanaviy teatr merosi, ijro madaniyatidan taʼsirlangan boʻlsalar-da, Qiziqchilikni milliy anʼanalarga tayangan va jahon kulgi ustalari ijodidan taʼsirlangan holda oʻz dasturlarini oʻzlari toʻqib, oʻzlari ijro etadilar. Bu tarixiy jarayon Zaynobiddin Yusupov, Muhiddin qiziq Darveshov, Joʻraxon Poʻlatov kabi qiziqchilar faoliyatidan boshlangan. Mustaqillik davrida Mirzobek Xolmetov, Obid Asomov va ular tuzgan Qiziqchilik teatri shuhrat qozondi. Shuningdek, "Mirzo", "Obid-A", "Qahqaha", "Handalak" kabi Qiziqchilik guruhlarining tanilishida televideniye muhim rol oʻynadi.2 Askiya (arab, zakiy — oʻtkir zehnli, hozirjavob) — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi turi; folklor janri; ikki va undan ziyod kishi yoki guruhning xalq yigʻinlari (sayil, toʻy, bayram)da maʼlum mavzu boʻyicha badiiy soʻzda tortishuvi. Taraflar baʼzan davrada, baʼzan qarama-qarshi oʻtirgan, turgan yoki yurgan holda tez javob berishga, oʻz javoblarini loʻnda, sermaʼno, latif, taʼsirli, jozibali va kulgili chiqarishga harakat qiladilar. Javob topishda qaysi taraf mavzu, janr doirasidan chetlashsa yoki soʻz tanlashda
Доказательный фрагмент
«In this article, the emergence of askiya and the art of curiosity and its scientific study, the teaching of folk art, the scientific study of unique forms such as payrov, rhyme, bahri- bayt, legend, radif, saying, rab…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the emergence of askiya and the art of curiosity and its scientific study, the teaching of folk art, the scientific study of unique forms such as payrov, rhyme, bahri- bayt, legend, radif, saying, rab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- askiya and curiosity, art, folk, creation, payrov, rhyme, bahri-bayt, myth, radif, аския и любопытство, askiya va qiziqchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025