К содержанию
РецензированоRU2023

ТЕХНОЛОГИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ТЕМЫ ПОРТРЕТ ГОЛОВЫ ЧЕЛОВЕКА В ЖИВОПИСИ

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI · Zarifova Dilfuza Omon qizi · Kamoliddin Behzod nomidagi · HEAD IN PAINTING (Milliy rassomlik va dizayn instituti)

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

The article discusses the technology of teaching the subject of depicting a portrait of a human head in a painting. Information about modern pedagogical technologies organized in painting classes in higher educational institutions is given. Key words: Pedagogical technology, method, methodology, tradition, education. ТЕХНОЛОГИЯ ПРЕПОДАВАНИЯ ТЕМЫ ПОРТРЕТ ГОЛОВЫ ЧЕЛОВЕКА В ЖИВОПИСИ Аннотация. В статье рассматривается технология преподавания темы изображения портрета головы человека в живописи. Представлена информация о современных педагогических технологиях, организуемых на уроках живописи в высших учебных заведениях. Ключевые слова: Педагогическая технология, метод, методика, традиция, образование. Hozirgi zamon sharoitida, ta’lim tizimining barcha bosqichlaridan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni muhim jihati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi, loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi ta’lim jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir. Bugungi kunda Rangtasvir yo‘nalishidagi malakali bo‘lajak mutaxassis tayyorlash ishlarini olib borishda quyidagi talablarga javob berishi lozim deb xisoblaymiz: - mutaxassislik bo‘yicha davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratish; - ta’lim mazmunida ko‘zlangan ta’lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos kelishi; - mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari (amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti) o‘zaro bog‘liq holda uzviy tashkillashtirilishi; - kasbiy ta’lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi. Bu talablarni bajarishda mutaxassislik ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda hamda ularning kasbiy bilimlarini shakllantirishda mutaxassislik fanlar alohida o‘rin tutadi. 3 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mutaxassislik fanlar tarkibiga kiruvchi “Rangtasvir” fani Tasviriy san’at yo‘nalishi talabalari faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ushbu mavzu doirasida ishlab chiqilgan o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi-bo‘lajak malakali mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida amaliy faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashdan iborat. Respublikada amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning bosh maqsadi – barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashdan iborat etib belgilangan bir sharoitda o‘quvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda o‘quvchilarga rangtasvir asoslarini o‘rgatish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Zero, komil inson qiyofasida nafaqat shaxsiy sifatlar, shu bilan birga kasbiy sifatlar ham aks etishi zarur. Haqiqatdan ham, ta’sviriy san’at asarlarini yaratishda, ya’ni asar g‘oya va kompozitsiyasini yaratishda chizmatasvir va rangtasvirni uyg‘un holda tashkil etish ham ham falsafiy, xam psixologik, ham kasbiy xususiyatiga ega bo‘lib, u shu asarning to‘laqonligini va badiy echimini belgilab beradi. Mazmunan insondagi fikrlash jarayoni biron bir masalaga javob berish, aniq bir savolni yechish,u yoki bu harakat usulini qo‘llash zarurati paydo bo’lganda boshlanadi. Bularning barchasi rassom tomonidan san’at asarlarida xaqiqatning tasvirlanishi va anglashiga nisbatan rassomning alohida faoliyat yo’nalishi bilan ifodalanadi. Tasviriy faoliyat jarayoni bir qator aniq masalalarning ketma-ket yechimiga ega bo‘lgan umumiy jihatlardan iborat. Har bir laxzada rassom xayolan javob topishi qiyin bo‘lgan murakkab holatlar ham mavjud bo‘lib, mo‘yqalam va akvarel yordamida ishlayotgan rassom ishni naturadan bajarayotgan bo‘lsa, natura xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zi qo‘ygan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi. Faqat shu asosda rassom xaqiqatni faol tushunib yetishi, tasviriy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin. Qandaydir sabablar tufayli rassom oldida turgan aniq masalalar vazifalar olib tashlansa u holda, rassom chizish jarayonida ya’ni bo‘yoq bilan ishlash, xaykal yasashda aniq bir maqsadsiz loqaydlik bilan ishlay boshlaydi, ong fikrlashdan to‘xtaydi u yangi bilimni olishga ehtiyoj sezmaydi, natijada bu ishning yakuni yaxshi samara bermaydi, rasm, rangtasvir ishi, xaykaltaroshlik ishining sifati yaxshi bo‘lmaydi. Bunday hollarda rassomlar o‘zlari bir joyda turganliklarini tan olishadi. Rassomning tasviriy faoliyatini yanada kuchaytirish borasida R.R. Chitsyakov shunday deydi - “rasm chizish demak, bu fikrlashdir". U bu xulosalari bilan masalani o‘ylash fikrlash faoliyatini faollashtirish bilan bog‘laydi. Chitsyakovning aytgan so’zlari shubxasiz (ko‘z bilan tekislikdagi naturani xech qanday muloxazasiz chizish bu faqat qo‘lni mashq qildirishdan boshqa emas) bu fikr rassomlarning ayrimla

Доказательный фрагмент

«The article discusses the technology of teaching the subject of depicting a portrait of a human head in a painting.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the technology of teaching the subject of depicting a portrait of a human head in a painting. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical technology, method, methodology, tradition, education, Педагогическая технология, Pedagogik texnalogiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники