К содержанию
РецензированоUZ2026

SURXONDARYO SHAROITIGA MOSLASHGAN MAHALLIY VA XORIJ TUT NAVLARINI TANLASH Nortosheva Nozima Abror qizi

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · NAVLARINI TANLASH (in-academy.uz/index.php/yo) · Nortosheva Nozima Abror qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

In this article, scientific solutions for choosing foreign and local mulberry varieties adapted to the oasis climate for the production of high-quality and abundant cocoons in the conditions of the southern regions of our Republic are studied. The results of scientific research on the identification of valuable economic characteristics of foreign and new local mulberry varieties in the selection of mulberry varieties adapted to Surkhandarya climatic conditions are presented in this article. Key words: Mulberry, fruit, branch, seedling, seedling, scion, scion, vegetative, generative, field, planting scheme, agrotechnics, branch, leaf, productivity, root, stem, seed, soil, fertilization. Kirish. Dunyo miqyosida bugungi kunda 20 dan ortiq davlatlarda tut ipak qurti parvarishlanib, «...Xitoy Xalq Respublikasida 650 ming tonna, Hindistonda 150 ming tonna, O‘zbekistonda 19,2 ming tonna ipak qurti tirik pillalari yetishtiriladi. Tut ipak qurti pillalari ipakchiligi rivojlangan mamlakatlar yengil sanoatining asosiy xom ashyo bazasidan biri hisoblanadi». Ipak qurtlaridan yuqori va sifatli pilla hosili olishga erishish uchun pillachilik ozuqa bazasini yangi yaratilgan sermahsul va to‘yimliligi yuqori tut navlarini ko’paytirish hamda ular asosida intensiv tutzorlarni tashkil etish talab etiladi. Shuning uchun tutning Morus alba L. turiga mansub yangi serhosil nav va duragaylarini yaratish hamda yangi tutzorlar tashkil etib, ipak qurti duragaylarining pilla mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Pillachilik sohasi rivojlangan Xitoy Xalq Respublikasi va Hindiston kabi yetakchi mamlakatlarda tutning genetik resurslaridan hamda ilg‘or molekular-genetik seleksiya 29 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo uslubiyotlaridan oqilona foydalanib tutning yirik bargli, mo‘tadil va ekstremal iqlim sharoitlarga moslashgan navlar yartilib, ular asosida intensiv tut plantatsiyalari tashkil etish bo‘yicha keng ko’lamda ishlar olib borilmoqda [1; 69-71-b.]. Mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari tomonidan respublikamizning o‘ziga xos iqlim sharoitlariga mos tutning mahalliy nav va duragaylarini yaratish bo‘yicha muayyan natijalarga erishilgan. Tut daraxti asosan mo‘tadil sharoitlarda yaxshi rivojlanadi, uning o‘sishi va rivojlanishiga havoni issiq yoki sovib ketishi salbiy ta’sir etadi va barg hosili va sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, sog‘lom avlod qoldirishi va mahsuldorlik xususiyatlariga ta’sir etadi [3; 45-46-b., 4; 140-143-b., 5;43-46-b.]. Demak, muhit omillarining ta’sirini ma’lum darajada o‘zgartirish hisobiga madaniylashtirilgan o‘simliklarni, jumladan, tut daraxtining o‘sish va rivojlanishini, hamda fenotipik ko‘rsatkichlariga ham katta ta’sir etishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Akademik L.B.Astaurov ta’kidlaganidek, xo‘jalik uchun muhim ahamiyatga ega organizmlarning shakllanish jarayonlari, ularni xususiyatlarini kerakli tomonga yo‘naltirishni, ya’ni ularni boshqarishni o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi, avvalo tashqi muhit va ta’sirlar ichidan boshqarish uchun qulay qurol bo‘lib xizmat qiluvchi asos, vositani topishimiz zarurligini ta’kidlaydi [2; 95-104-b.] Respublikamizning janubiy viloyatlarining iqlim sharoiti keskin o‘zgaruvchanlik jihati bilan boshqa viloyatlarimizdan tubdan farq qiladi. Vohaning ob-havosining bahor va yoz oylarida keskin ko‘tarilishi va kuchli garmsel shamolining esishi ko‘rlab o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga, shu jumladan mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda ipak qurtini ozuqa bazasini mustahkamlash uchun xorijdan ko‘plab tut ko‘chatlari keltirilmoq. Ammo ushbu tut ko‘chatlari o‘zining potensial darajadagi barg hosilini bermay kutilayotgan natijani bermayapti. Bu salbiy holat ayniqsa respublikamizning janubiy mintaqalarida yanada sezilarli darajada bo‘lmoqda. Mamlakatimiz olimlari tomonidan ipak qurti duragaylari uchun mos bo‘lgan yangi tut navlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda ta’kidlash joizki, respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitlariga moslashgan tut navlari mahsuldorligini oshirish va yaratilgan yangi tut navlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda ularni samaradorligini oshirish borasidagi ilmiy izlanish va innovatsiyalarni yanada rivojlantirish talab etiladi. Respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitida sifatli va mo‘l pilla yetishtirish uchun voha iqlimiga moslashgan xorij duragaylari va mahalliy tut navlarini tanlashning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tadqiqot uslublari Tut daraxtlarining issiq iqlim sharoitga chidamli nav va duragaylarni tanlash borasida dunyo miqyosida tabiiy iqlim sharoitining keskin o‘zgarib borayotganligi hamda respublikamiz fermer xo‘jaliklari talablaridan kelib chiqib, Tajribalar 2018-2023 yillarda Toshkent davlat agrar universitetining tajriba uchaskasi hamda Surxondaryo viloyati Termiz tumani Gulbaxor fermer

Доказательный фрагмент

«In this article, scientific solutions for choosing foreign and local mulberry varieties adapted to the oasis climate for the production of high-quality and abundant cocoons in the conditions of the southern regions of…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, scientific solutions for choosing foreign and local mulberry varieties adapted to the oasis climate for the production of high-quality and abundant cocoons in the conditions of the southern regions of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mulberry, fruit, branch, seedling, seedling, scion, scion, vegetative, плод, ветка, niholcha, внесение удобрений., семя, лист, seed, leaf, почва, fertilization., ekish barg, агротехника, agrotechnics, привой, soil, field, tuproq, meva, Шелковица, generative, generativ, planting scheme, корень, root, вегетативный, stem, payvand, o‘g‘itlash., саженец, ildiz, maydon, novda, hosildorlik, генеративный, urug‘, поле, productivity, vegetativ, схема посадки, Tut, ko‘chat, стебель, продуктивность, payvantak
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники