К содержанию
РецензированоRU2026

ADVOKATURA: FAOLIYATI VA TASHKILIY SHAKLLARI Qodirova Go‘zal Qodir qizi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya: biznes huquqi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qodirova Go‘zal Qodir qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Кадирова Гузал Кадир кизи (National University of Uzbekistan Faculty of Social Sciences)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

В данной статье освещаются вопросы адвокатуры и ее деятельности, организационных форм, личности адвоката и работы, направленной на развитие адвокатуры в нашей стране сегодня. Ключевые слова: адвокат, адвокатское бюро, юридическая фирма, коллегия адвокатов, юридическая консультация. Bugungi kunda dunyoda advokatura instituti rivojlanib bormoqda. Shular qatorida, mazkur institut O‘zbekiston Respublikasida ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Shu o‘rinda ushbu kasbning paydo bo‘lishi haqida birmuncha fikrlarni keltirib o‘tsak. Advokaturaning dastlabki tuzilmalari Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda paydo bo‘lgan. Chunki o‘sha vaqtlarda mazkur ikki mamlakat huquq sohasining rivojlanishiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan edi. Huquq sohalarining yaratilishi bilan shaxslarda o‘zlarining huquqlarini himoya qilish masalasi o‘rtaga chiqa boshladi. Albatta hamma ham o‘z huquqlarini to‘la himoya qila olmas edilar. Shunday vaqtlarda advokatlar o‘zlarining bilimi va notiqligi bilan o‘z mijozlarini himoya qilar edilar. 70 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo O‘zbekiston advokatlik kasbi XX asrlarda paydo bo‘la boshladi deb aytishimiz mumkin. Chunki, o‘sha vaqtlarda o‘zbek millatida ilk advokat sifatida e’tirof etiladigan shaxs – Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev tegishli ma’lumotni olib, advokatlik kasbi bilan shug‘ullanishni boshlagan edi. Keyinchalik davlatimiz mustaqillikka erishgach, 1996-yilda ilk marotaba “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Keyinchalik soha rivoji bo‘yicha yana bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Lekin eng asosiy yangilik va o‘zgarish sifatida O‘zbekiston Respublikasining 30.04.2023 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida advokatura uchun alohida bob ajratilganligini aytib o‘tishimiz mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish dolzarb masalaga aylanib borayotganligi sabab, advokatura institutini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, advokat bo‘lish uchun talab etiladigan yuridik stajning olib tashlanganligi, advokat stajyori va yordamchisi faoliyatini tashkil etish sohasida joriy etilgan yangiliklarni aytib o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XXIV-bobi advokatura institutiga bag‘ishlangan bo‘lib, advokaturaning mohiyati va vazifalari ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni orqali advokatura faoliyat ko‘rsatish shakli, uning vazifalari va huquqlari tartibga solingan. Qonunga ko‘ra, advokatura — huquqiy institut, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokat - oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Qonunga ko‘ra, advokat advokatlik faoliyati bilan birgalikda haq to‘lanadigan quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin: ilmiy va pedagogik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat; patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat; shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat; hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat. Advokatura o‘z faolyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi. Advokatura advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hay’ati, yuridik maslahatxona shakllarida tashkil etilishi mumkin. Advokatlik faoliyatining quyidagi turlari mavjud: huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar beradi; fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; 71 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi; tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi. hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi. Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mumkin. Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir. Advokatga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещаются вопросы адвокатуры и ее деятельности, организационных форм, личности адвоката и работы, направленной на развитие адвокатуры в нашей стране сегодня.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещаются вопросы адвокатуры и ее деятельности, организационных форм, личности адвоката и работы, направленной на развитие адвокатуры в нашей стране сегодня. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lawyer, law bureau, law firm, Law jury, legal counsel, yuridik maslahatxona., advokatlik firmasi, advokatlik byurosi, advokat, advokatlik hay’ati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники