Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ АСИММЕТРИЯ МОЗГА И РЕЧИ
Umidjon Qo’ziyev · Xabibullayeva Nafisa Sherali qizi
Современная наука и исследования · 2 · 27-48 · 2023
Аннотация
This article describes the function of the left and right hemispheres of the brain and the impact of their activity on the psyche of a person. Key words: lexical structure of the language, vision, sound aspect of the language, understanding of the text, object-subject mechanisms, representational thinking, neurolinguistics. Zamonaviy ilm-fan shuni aniqladiki, chap yarimshar ko‘pincha belgi, ratsional, mantiqiy fikrlashga javob bersa, o‘ng yarimshar insonning argentatsiyasi va uning hissiy-ta’siriy fikrlashini boshqarar ekan. Tug‘ma holatda qaralganda, har xil odamlarda yarimsharlardan biri boshqasiga nisbatan kuchliroq ishlar ekan. Erkak va ayollarda ham shunga qarab biri kuchliroq ishlaydi. Avval neyrolingvistikada shunday bir fikr bor ediki: chap yarimshar dominant hisoblanadi, ya’ni fikrlovchi nutq shakli o‘ng yarimshar uni ostidagi bir qism hisoblanadi. Lekin keyinchalik ma’lum bo‘ldiki: faqat o‘ng qo‘lda yozadiganlarning ko‘pchiligidagina nutq zonasi chap yarimsharda joylashgan bo‘lar ekan. Ikkinchisi operatsiya usulida davolanadigan bo‘lsa, ikkala yarimsharni ham ikkiga ajratib olinadigan bo‘lsa ular bir-biriga munosabatda bo‘la olmasa, har ikki qism o‘ziga tegishli bo‘lmagan funksiyalarni qabul qilib olar ekan (masalan, nutqni tushunish, verbal va noverbal vositalarni tushunish, emmotsional baho berish kabilarni ikkala yarimshar ham o‘zi bajaraveradigan holatga kelarkan). Og‘ir kasalliklarni da’volashda, masalan, epilipsiyada elektrot shokidan foydalaniladi. Ketma-ket seriyali tarzda bemorning holi yaxshilanadi. Elektrotlar faqat bitta yarimsharga ulanadi (ya’ni, bitta yarimshargina shunday bosimga uchraydi). Shunday holat kuzatiladiki, bitta odanda 3 xil holat kuzatiladi. Masalan, davolashgacha bo‘lgan vaqtda ikkala yarimshar ham ishlaydi, ikkinchisida o‘ng yarimsharni, keyin chap yarimsharni ishlashi kuzatiladi. Tajriba natijalari quyidagilarni yuzaga chiqardi: 1. Ko‘rish. Birinchi vazifa, bemorga biror predmentning rasmini ko‘rsatish, o‘sha rasm bilan bog‘liq topshiriq berish. Agar o‘ng miyyaning o‘ng yarimsharini o‘chirib qo‘yadigan (pasaytiradigan) bo‘lsak, bemor bu vazifani bajarishdan bo‘yin tovlaydilar va shunday deydilar: 3 66 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “men bu predment nimaligini tushunmayapman”. Ular ko‘pincha rasmni o‘rniga shu predmentni ifodalaydigan so‘z yozadilar. Agar chap yarimsharni o‘chirib qo‘yilsa, ular rasm chizishdan bo‘yin tovlashmaydi, darrov chizib ketishadi, ikkala yarimshar ishlagandan ko‘ra ham yaxshiroq chizishadi, lekin nima chizganliklarini izoh berib tagiga yozib qo‘ya olishmaydi. 2. Tilning tovushli aspekti. Chap yarimshar o‘chirilsa, tajriba o‘tkazilayotgan odam o‘zining musiqalarini, fonemalarni farqlash xususiyatini yo‘qotadi. Ular nutq so‘zlanayotgan vaqtda so‘zlarni juda qiyinchilik bilan ajratadilar, lekin intonatsiyani juda yaxshi anglaydilar, nutq tembrini yaxshi farqlay oladilar. Qo‘shiqni eshitishda so‘zlarini yaxshi tushunishmasa ham, lekin musiqani yaxshi qabul qiladilar va ijro etadilar. O‘ng yarimsharni o‘chirib qo‘yilsa, bemorga so‘zlar tushunarli bo‘ladi, lekin intonatsiya, ayol kishimi yoki erkak kishini nutqi ekanligini ajrata olmaydilar. Musiqani o‘zi ajratib bera olmaydi. 3. Tilning leksik tarkibi. Chap yarimsharni o‘chirib qo‘yilsa, faol lug‘at tarkibi, ya’ni bemorning faol lug‘at tarkibi juda tez qisqaradi. U odatda nutqiy qoliplardan, pauzalardan ko‘p foydalanadigan bo‘lib qoladi. Bir xil gapni takrorlash kuchayadi. Bnday bemorlarda fe’llar, sifatlar, mavhum otlar kamayadi va mavhum tushunchani ifodalovchi tushunchalarni tushunish qiyinlashadi. O‘ng yarimsharni o‘chirgan vaqtda esa mimika yo‘qoladi, ko‘p gapirish va vaysaqilik paydo bo‘lib qoladi. 4. Matnni tushunish. Ishtirokchilarga biror matnni qaytadan aytib berish vazifasi yuklatiladi. Chap yarimshar o‘chirilgan vaqtda ularning matni juda qisqa bo‘ladi, chap yarimsshar o‘chirilsa so‘zlari ko‘payib ketgani ma’lum bo‘ldi. O‘ng yarimshar uchun maqsadni o‘zi muhim bo‘lsa, chap yarimshar uni ko‘proq so‘z bilan ifodalashga harakat qilar ekan. Olimlarning fikricha, o‘ng yarimshar insonlarni intuitsiyaga, insonning ichki ongi bilan bog‘liq aloqalarni tiklashga javobgar ekan, o‘rta miyyashari esa shu hissiyot va tuyg‘ularni o‘tkazib berish vazifaasini barar ekan. 5. So‘zning o‘z ma’nosi chap yarimshar tomonida qabul qilinar ekan. Ko‘chma va obrazli ma’nolar esa o‘ng yarimshar tomonidan hal qilinar ekan. 6. Chap yarimshar obyekt-subyekt mexanizmlari uchun javob beradi. O‘ng yarimshar esa ular bilan so‘z birikmasi tuzish. Tema-rema munosabatini taqsimlab olinadi. Asosiy farq. Chap yarimshar: mavhum, mantiqiy, ruhiy tahlil uchun javob beradi. Chap yarimsharning vazifalari, matndagi gaplarni, gaplardagi so‘zlarni ajratib olish, so‘zlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan munosabatlar, matn va gaplar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash, eng mos keladigan tushunchalarni, so‘zlarni tanlash va so‘zning tovush
Доказательный фрагмент
«This article describes the function of the left and right hemispheres of the brain and the impact of their activity on the psyche of a person.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the function of the left and right hemispheres of the brain and the impact of their activity on the psyche of a person. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lexical structure of the language, vision, sound aspect of the language, tilning leksik tarkibi, лексическая структура языка
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026