К содержанию
РецензированоEN2026

This article is devoted to the theoretical and practical study of systems for timely warning and informing the population of possible emergency situations

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yarkinboyev Saidjon Olimjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · E-mail: Yarkinboevaaidjon@gmail.com (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article is devoted to the theoretical and practical study of systems for timely warning and informing the population of possible emergency situations. The purpose of the research is to develop rapid, reliable and multi-channel information delivery mechanisms and develop recommendations for their implementation in practice. Keywords: emergency, warning system, notification, communication channels, monitoring, risk management. Аннотация: Статья посвящена теоретическому и практическому исследованию систем своевременного оповещения и информирования населения о возможных чрезвычайных ситуациях. Цель исследования — разработка механизмов оперативной, надежной и многоканальной доставки информации и разработка рекомендаций по их внедрению на практике. Ключевые слова: чрезвычайные ситуации, система оповещения, оповещение, каналы связи, мониторинг, управление рисками Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida aholiga xabar berish va ma’lumot yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi respublika, mahalliy va ob’yekt axborot markazlari, terminal majmualari va bo‘lingan avtomatlashtirilgan quyi tizimlardan iborat bo‘ladi. Markazlashgan xabar berish tizimi tinchlik va xarbiy harakatlar davrida fuqaro muhofazasiga mas’ul xodimlarga hamda respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga mo‘ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televideniye majmuasi hisoblanadi. Markazlashgan xabar berish tizimi respublika, viloyat, tuman, shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining maxsus jihozlangan texnik vositalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari tasarrufida bo‘ladi. Bu texnik vositalar qoida bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkilotlarida joylashtiriladi. Xabar berish vositalari favqulodda vaziyatlar shahar (tuman) bo‘limlarida o‘rnatiladi. Agarda bunday bo‘limlar mavjud bo‘lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o‘rnatiladi. Markazlashgan xabar berish tizimi sirenaning ovozi shahar, tuman, viloyatning barcha aholisi etiborini jalb qilish imkoniyatiga egaligi; uni ham tinchlik davrida - tabiiy ofat, avariyalar sodir bo‘lganda, ham xarbiy davrda ko‘llash mumkinligi; aloqa va radio 94 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tarmoqlari orqali og‘zaki axborotlar olish imkoniyatiga egaligi bilan qulay sanaladi. Respublika va mahalliy xabar berish tizimi: shaharlarda, tumanlarda, iqtisodiyot ob’yektlarida va qishloq joylarda yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan tarzda « Diqqat barchaga!» signalini berish; simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish stansiyalarida og‘zaki axborot berish yo‘li bilan aholini xabarlash; signallar va axborotlarni Respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi boshqaruv punktlariga, shahar, tuman ichki ishlar bo‘limlariga yetkazish; rahbar xodimlarning xonadon va xizmat telefonlari orqali doimiy (sirkulyar) xabar berish; Fuqaro muhoqazasi xabar berish signallarini iqtisodiyot ob’yekt ishchilari xizmatchilariga, Fuqaro muhoqazasi tuzilmalariga va O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisiga yetkazishni ta’minlashi zarur. Lokal xabar berish tizimlari. Potensial xavfli ob’yektlar va kimyoviy xavfli ob’yektlarda aholiga tezda xabar berish mahalliy tizimlari yaratish masalasiga alohida qaror bilan belgilab berildi. Bunday xabar berish tizimlari yordamida avariya sodir bo‘lgan ob’yektlardagi ishchi va xizmatchilar zaharlanish, vayron bo‘lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli mavjud zonadagi aholi punktlari ham o‘z vaqtida ogohlantirilishi belgilangan. Chernobil voqeasidan keyin, Xabar berishning lokal tizimlari yaratish masalasiga alohida e’tibor beriladigan bo‘ldi. Bunday tizimlar yordamida avariya sodir bo‘lgan ob’yektdagi ishchi xizmatchilargagina emas, balki zaharlanish, vayron bo‘lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor hududga tushib qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo‘ladi. Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar(datchiklar)dan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ular kimyo inshootlarga “to‘g‘onlar korpusiga o‘rnatib qo‘yiladi. Aholini favqulodda vaziyatlardan ogoxlantirishda xabar berish aholiga tushunarli, avvaldan belgilangan shartli signallardan (sirena ovozi, korxona va muassasalardan beriladigan signallar) boshlanadi . Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo‘lishi kerak. Fuqaro muxofazasi tadbirlarini o‘gkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o‘rinni egallaydi. Xar qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Fuqaro muhofazasi sohasida S-40 elektrosirena yordamida «Diqqat barchaga!» nomli signali orqali hamda harakatdagi boshqaruv punktlari tarkibidagi Ko‘chma aloqa tarmog‘ining aloq vositalari, ovoz kuchaytirgichlar, elektron tablolar (monitor) hamda avtom

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the theoretical and practical study of systems for timely warning and informing the population of possible emergency situations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the theoretical and practical study of systems for timely warning and informing the population of possible emergency situations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emergency, warning system, notification, communication channels, meteorologik ma'lumotlar, favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish, SMS xabarnoma, real vaqtda monitoring, push bildirishnoma, sensor tarmoqlari, Markazlashtirilgan ogohlantirish tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники