К содержанию
РецензированоRU2023

ПУТИ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ САИДА АХМЕДА

Soatova Nilufar Raxmat qizi · Muxtorova Zarnigor · Fayzullayeva Sevara Abduvoxid qizi · Nusratullayeva Shahzoda Quvondiq qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, Saeed Ahmed's confessions about his works and works written during his creative career are given. Some of his opinions about his teachers and students are also highlighted. Key words: "Tortiq", G. Ghulam, A. Qahhor, "Desert Evenings", "Desert Winds", 60s of XX century. ПУТИ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ САИДА АХМЕДА Аннотация. В этой статье приведены признания Саида Ахмеда о своих произведениях и произведениях, написанных за время его творческой карьеры. Также освещены некоторые его мнения о своих учителях и учениках. Ключевые слова: «Тортик», Г. Гулам, А. Каххор, «Вечера пустыни», «Ветры пустыни», 60-е годы XX века. O’zbek xalq yozuvchisi Said Ahmad o’zining rang –barang hikoyalari, publisistikasi, maqolalari, qissa-yu romanlari, xushchaqchaq komediyalari bilan hozirgi o’zbek adabiyotida munosib o’rin egallaydi. U ayniqsa hajv ustasi sifatida kitobxonlar orasida juda mashhur. Said Ahmad Husanxo’jayev 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida ziyoli oilasida tug’ilgan. Turli xil adabiy darslar va to’garaklar shoirimizning ijodga bo’lgan havasi ortib, qo’liga qalam ushlagan. Said Ahmad avvalo, hikoyanavis sifatida tanildi. Uning birinchi hikoyalar to’plami ,,Tortiq” 1940-yilda nashr etilgan. 3 63 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U o’z ustida tinimsiz ishlashi hayotni, ustoz yozuvchilar ijodini sinchikovlik bilan o’rganish orqali badiiy asar yaratish sirlarini egallaydi. Said Ahmadning iste’dodli yozuvchi bo’lib shakllanishida G’.G’ulom va A.Qahhorning xizmati katta. Said Ahmadning o’zi bu haqida: ,,Aslida meni hajv yo’liga G’afur G’ulom boshlab kirgan. Ma’lumki, G’afur aka o’ttizinchi yillarda hajv janrida barakali ijod qildi .Ixcham, kulgili hikoyalarning juda yaxshi namunalarini yaratdi. Men shu hikoyalar ta’sirida adabiyotga kirganman. Keyinchalik bu buyuk yozuvchi bilan yaqindan tanishganim, undan rosmana ijodiy ta’lim olishim hajvga bo’lgan intilishimda juda katta yordam berdi. Undan keyin Abdulla Qahhor hikoyalarida siqiqlik, so’zni isrof qilmaslik, tagdor gap aytish san’ati men uchun bir darslik xizmatini o’tadi!’’-deb yozgan edi. Said Ahmadning ijodi urushdan so’ng, xususan XX asrning 60-yillariga kelib shira bog’ladi va o’z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko’tarildi. Shu davrning mahsuli bo’lgan ,,Turnalar’’, ,,Onajonlar’’, ,,Ko’klam taronalari’’, ,,Xazina’’, ,,To’lqinlar’’, ,,Hayqiriq’’, ,,Cho’l burguti’’, O’rik domla’’, ,,Lochin’’, ,,Odam va bo’ron’’, ,,Bo’ston’’, ,,To’yboshi’’ kabi hikoyalari Said Ahmadning so’zga xasis, fikrga saxiy, yumorga boy yozuvchi ekanligidan dalolat beradi. Said Ahmadning ko’p hikoyalari xususan ,,Cho’l shamollari’’, ,,Cho’l oqshomlari’’ turkumiga kirgan hikoyalarini shu janrning yetuk namunalari deyish mumkin. Adib bu hikoyalarida jonli, tiniq obrazlar yaratib, voqelikdagi yangiliklarni, oddiy kishilar hayotidagi o’sish, o’zgarishlarni, ularbning ong-tushunchasidagi ibratli jihatlarni umumlashtirib ustalik bilan tasvirlab berdi. Said Ahmad o’zining ,,Cho’l hikoyalari’’ni ,,Cho’llarda boshlangan yangi hayot va yangi odamalar qissasi’’ deb atashi bejiz emas. Ijodkorimizning ustozlari, shogirdlariga doir aytgan fikrlaridan bir jumla mening e’tiborimni o’ziga jalb qildi desam mubolag’a bo’lmaydi. ,,Biz birdaniga yozuvchi bo’lib qolganimiz yo’q. G’afur G’ulomning, Abdulla Qahhorning, Mirtemirning ,,shapalog’i’’ bizni yozuvchi qilgan. Hech qachon xotirasi unutilmas bu ustozlar haligacha bizni ,,ta’qib’’ qilib keladi’’-deb ta’kidlab o’tgan. Rostan ham bu yozuvchilarimiz ijodiga qayta-qayta murojaat qilishimiz, asar yoki she’rlariga ko’zimiz tushganida ularning yodi barhayot ekanligiga yana bir bor guvoh bo’lamiz. Shu jumladan bu ta’rifni Said Ahmadga nisbatan ham berishimiz mumkin. Uning asarlari o’lmas, o’zi esa doimo qalbimizdadir. Yozuvchilar ko’p ammo kitobxonlar qalbidan joy olganlari sanoqlidir.Bunday ijodkorlar ichiga Said Ahmadni hech ikkilanmay qo’sha olamiz. Shaxsan o’zim ham bu ijodkorimizning yozgan asarlariga juda ko’p bora yuzlanganman. 3 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

Доказательный фрагмент

«In this article, Saeed Ahmed's confessions about his works and works written during his creative career are given.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, Saeed Ahmed's confessions about his works and works written during his creative career are given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Tortiq", G. Ghulam, A. Qahhor, "Desert Evenings", "Desert Winds", 60s of, «Тортик», Г. Гулам, А. Каххор, «Вечера пустыни», «Ветры пустыни», 60-е годы XX века., “Tortiq”, G’.G’ulom, A.Qahhor, “Cho’l oqshomlari”, ”Cho’l shamollari”, XX arsning 60-yillari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники