К содержанию
РецензированоRU2023

ЖАНР БАЛЛАДЫ КОМПОЗИТОРА НАДЖИМАДДИНА МУХАММЕДДИНОВА

Abatbaeva Rano Allambergenovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, Nadzhimiddin Muhammeddinov, one of the famous creators who contributed to the development of Karakalpak musical culture of the 20th century, including the development of composition and compositional art, explores the composer’s work in the ballad genre “Ballad”, created by the composer and the first performers of Nareste", the history of the creation of the work and its modernity. talk about its importance today. Key words: composer, music, ballad, genre, violin, piano, vocals, recitation, art, poet, play, dramatism, fugue. ЖАНР БАЛЛАДЫ КОМПОЗИТОРА НАДЖИМАДДИНА МУХАММЕДДИНОВА Аннотация. В данной статье Наджимиддин Мухаммеддинов, один из известных творцов, внесший вклад в развитие каракалпакской музыкальной культуры XX века, в том числе в развитие композиции и композиционного искусства, исследует творчество композитора в жанре баллады «Баллада», созданное композитором и первыми исполнителями Наресте», история создания произведения и его современность. говорить о его важности сегодня. Ключевые слова: композитор, музыка, баллада, жанр, скрипка, фортепиано, вокал, декламация, искусство, поэт, пьеса, драматизм, фуга. Musiqa san’ati boshqa san’at turlari singari koʻp asrlar mobaynida turli xalqlarda turlicha rivojlanib keldi. XX asrning 30-40-yillariga qadar ilgari qoraqalpoq musiqa san’atida boʻlmagan har xil professional janrlarning rivojlanishi bilan moslashishi vatanimiz tarixida boʻlgan voqealar bilan uygʻunlashib ijro qilina boshlagan. Ayniqsa, ikkinshi jahon urush va uning oqibatida mustaqilligimizning yutuqlari haqida koʻp gina san’at asarlari paydo boʻldi. XX asr qoraqalpoq musiqa madaniyati rivoji, jumladan bastakorlik va kompozitorlik san’ati rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan taniqli ijodkorlardan biri Qoraqalpogʻiston Davlat arbobi, kompozitor va pedagog, Najimaddin Muxammeddinov nomi alohida oʻrin tutadi. N.Muxammeddinov musiqasida yorqin oʻziga xosli, milliyik, optimistik kuy, ajralmas hayotiy energiya, dunyoni idrok etishning toʻla tuygʻusi bilan ifodalanadi. Kompozitorning ijodida turli 3 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ janrlar oʻz aksini topgan ijodkorning oʻz usuli va mohiyati bilan shularning orasida xalq uchun ofat keltirgan jahon urushiga qarshi yozilgan “Nareste” nomli balladasini aytib oʻtsak maqsadga muvofiqdir1. Ballada-frantsuz va italyan tillarida egallayman degan ma’noni anglatadi.2 Ballada musiqa san’atida hikoya qiluvchi xarakteridagi qoʻshiqqa yoki cholgʻu pyesasiga, dramatik yoki lirodramatik turidagi uygʻun qurilmaga bagʻishlab yaratilgan asarga aytiladi. Ballada xalqimizning ulugʻ shoiri, Oʻzbekiston qahramoni I.Yusupovning soʻziga “Nareste” nomli balladasiga yaratgan kuyi huddi bir-birini jipslashtirib sintemental noziklik bilan boshlanib, urushga, qaygʻu-hasratga qarshi yomon koʻruvchi tuygʻularni uygʻotuvchi hodisalarni bayon qilganida, uning musiqiy zabardast, yerni tebratuvchi nola ohaglari, dramatizm borgan sari hayqiradigan dramatizmga aylanadi. Urush qirgʻinlar unga qarshi xalqning qudratli otlanishlari singari katta optimistik tragediyani gavdalantirgan. Gʻazabli otga mingan bu ballada, kompozitor tomonidan yaratilgan musiqiy estalik-haykal, begunoh ketgan goʻdaklarga bagʻishlangan-fashizmga lanat oʻqini otgan hasratli onaning xotira va qadirlash kunlari “Hasratli ona” haykalining yonida eslashning oʻzi ham martlikdir. Ballada dastlab skripkaning oynadek tiniq, oʻzgacha noziklik bilan ijro qilib turgan lirik kuyi bilan boshlanadi. Kuyning ijrosiga keyin violonchel, fortepiano cholgʻulari qoʻshilib, ushbu musiqiy trioning joʻrligi fonida ilk bora taniqli qoʻshiqchi Oʻzbekiston xalq artisti Bayram Matchanov tomonidan ijro qilingan. Balladani qoʻshiqchi toʻlqinli nolalarini, kuchli dramatizm bilan deklamatsiyalab maromiga etkazib ijro qilgan. Hozirgi kunda 2022-yil kompozitorning 85 yoshga toʻlgan yubeley kontsertida Respublika koʻrik tanlovlar sohibi Furqat Embergenov tomonidan ijro qilib kelindi. Cholgʻu partiyasini Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali talabalari Artıqbaev Allambergen skripkada, Kaniyazov Damir alt cholgʻusida, Jumabaev Bunyod fortepiano, violonchelda Sherimbetov Xayrullo ijro qilishdi. Asar fortepiano, birinchi va ikkinchi skripkalar, violonchel va ovoz uchun yozilgan boʻlib asarning boshlanishi ya’ni kirish qismida 2/4 oʻlchamda c-moll tonalligida cholgʻu asboblari boshlab beradi 14 takt davomida bunda ohangni birinchi skripka ijro qilib keyin deklomatsiya bilan ovoz ijosi davom ettiradi. Fortepiano partiyada akkordli fakturada garmoniyani ushlab turgan holda skripkalar toʻlqinlanib mavj urib dramatizmni kuchaytirib ohangga joʻr boʻlishadi. Muallif ushbu asarnida soʻz qudratiga urgʻu berib, uni maromiga etkazib ijro qilish uchun Italyan operalari singari dramatizatsiyalangan rechitativ uslubini mohirona qoʻllagan. Kompozitor asarning ijrosida ansamblga ham solistga ham erkinlik berib, qudrati yetganicha oʻzida bor talantin

Доказательный фрагмент

«In this article, Nadzhimiddin Muhammeddinov, one of the famous creators who contributed to the development of Karakalpak musical culture of the 20th century, including the development of composition and compositional…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, Nadzhimiddin Muhammeddinov, one of the famous creators who contributed to the development of Karakalpak musical culture of the 20th century, including the development of composition and compositional… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
composer, music, ballad, genre, violin, piano, vocals, recitation, art, poet, play, composer, music, ballad, kompozitor, musiqa, ballada, композитор, музыка, баллада
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники