Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ijtimoi-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tojiboyeva Gulshanoy Axlidinovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
This article reflects the rights and freedoms of the child and their guarantees in the legislation of the Republic of Uzbekistan and international laws, examples of the rights and freedoms of the child and their guarantees in our state and the world community. Keywords: constitution, law, right, convention, legislation, contract, child, freedom, state. Kirish. O‘zbekiston Respublikasida bola huquq va erkinliklari davlatimizning Konstitutsiyasida, davlat qonunlari va hujjatlarida o‘z aksini topgan.davlatimiz bolalar huquq va erkinliklarini va ularning kafolatlarini ko‘zlab ko‘plab qonunlar tuzgan. Bolalar o‘z huquq va erkinliklarini erkin amalga oshirishlari uchun xalqaro konvensiya va deklaratsiyalarga qo‘shilga, ko‘plab rivojlangan davlatlar bilan shartnomalar tuzgan. Bu ishlarning hammasi bolalar o‘z huquq va erkinliklarida kamol topishi va kelgusida yetuk inson bo`lishlari uchun amalga oshirilgan. Bu qonunlar, konvensiyalar va xalqaro shartnomalardagi bolalar huquq va erkinliklari va ularning kafolatlari bolalar uchun katta qulaylik va imkoniyatlarni taqdim etadi. Tadqiqot uslublari. Ushbu maqola analiz, sintez, taqqoslash, statatiska usullaridan foydalanilgan holda yoritildi. Asosiy qism. Bola huquqlari eng avvalo inson huquqlari demakdir. Chunki bolalar ham davlat va jamiyatning bir qismi hisoblanadi. Ayni paytda yurtimizda bolalar soni 12 milliondan ortiq. Inson huquqlari, ya’ni, bola huqulari konstitutsiyamizning ko‘plab moddalarida o‘z aksini topgan. Binobarn davlatimizning, uning konstitutsiyasi va qonunlarining bosh g‘oya va maqsadi ham inson, bola huquq va erkinliklarini ta’minlash va kafolatlashga qaratilgan. Shu o‘rinda “bola kim?” savoliga javob berish lozim. Bu masalaning huquqiy asoslari 2008 -yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” qonunining 3-moddasida ifoda etilgan: “bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar)” [2.3-modda]. Endi bola huquqlariga oid milliy qonunlarimizni eslatib o‘tamiz: -O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. 14 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo -Oila kodeksi -Fuqarolik kodeksi -O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida” gi qonuni -O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonuni. Yuqorida qayd etilgan milliy qonunchiligimizda bola huquqlari oid qonuniy kafolatlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: -yashash huquqi; -individuallikka va uni saqlab qolishga bo‘lgan huquqi; -erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi; -himoyaga bo‘lgan huquqi; -oilaviy muhitga bo‘lgan huquqi; -g‘ayriqonuniy ko‘chirilishdan himoyalanish huquqi; -o‘z fikrini ifoda etish huquqi; -axborot olish huquqi; -fikrlash, so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi; -xususiy mulkka bo‘lgan huquqi; -turar joyga bo‘lgan huquqi; -mehnat qilish huquqi; -dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi; -sog‘lig‘ini saqlash huquqi; - va boshqalar Bosh qomusimiz bo‘lgan konstitutsiyamizning 13-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” [1.6-bet] deb ta’kidlab o‘tilgan. Konstitutsiyamizning 14-moddasida ham inson huquqlari to‘g‘risida quyidagilar keltirilgan: “Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi”[1.6-bet]. Konstitutsiyamizning 2-bo‘limi insonning huquq va erkinliklari haqidagi normalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII, VIII, IX, X, XI boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini, burchlarini va ularning kafolatlarini o‘z ichiga oladi. Albatta bola huquq va erkinliklari, uning burchlari va ularning kafolatlari yuqoridagi boblar tarkibiga kiradi. Bilamizki, davlatning va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini yosh avlod ya’ni, o‘sib kelayotgan bolalar hisoblanadi. Davlat farovonligi, uning taraqqiyotining katta qismi yoshlarga bog‘liq bo‘ladi va shu davlat kelajagini qay tariqa qurish, ha yoshlar qo‘lida bo‘ladi. Shuning uchun davlat va jamiyat yoshlarning kelajagi yaxshi bo‘lishi uchun, ular o‘z huquq va erkinliklarini hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Kelajakni ishonib topshirish uchun davlat va jamiyat yosh avlodni ya’ni o‘sib kelayotgan bolalarni qadrlamog‘i va ularni aqlli, sog‘lom va yetuk farzand bo‘lib kamol topishi va tarbiyalanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishi darkor. Ma’lumki, davlatimiz qonunlarida inson va bola huquq va erkinliklariga e’tibor kundan- kunga ortib bormoqda. Hammaga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil Inson huquqlari va umumjahon dekloratsiyasi qabul qilingan. 1989-y
Доказательный фрагмент
«This article reflects the rights and freedoms of the child and their guarantees in the legislation of the Republic of Uzbekistan and international laws, examples of the rights and freedoms of the child and their guara…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects the rights and freedoms of the child and their guarantees in the legislation of the Republic of Uzbekistan and international laws, examples of the rights and freedoms of the child and their guara… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- constitution, law, right, convention, legislation, contract, child, freedom, pora, huquqiy ong, korrupsiya, davlat, illat, qonun, huquqiy madaniyat, jamiyat, shaxsiy manfaat, siyosiy vaziyatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026