К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIMDAN FOYDALANISHNING ILMIY-METODIK XUSUSIYATLARI Astanova Dilbar Xoliqul qizi To‘xtayeva Sarvinoz Alisherovna Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchilari

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Astanova Dilbar Xoliqul qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · To‘xtayeva Sarvinoz Alisherovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Milliy yuksalish yo‘lida rivojlanayotgan Yangi o‘zbekistonni xalqaro mezonlarga, zamon talablariga mos, yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash va yoshlarni yetuk soha mutaxassisi sifatida mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash dolzarb ahamiyatga molik vaziflardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarning aqliy salohiyatiga, kasbiy mahoratiga hamda maʼnaviy qiyofasiga nisbatan alohida masʼuliyat yuklangan. Ushbu maqolada o‘quvchi yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil taʼlimdan foydalanishning ilmiy-metodik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘z: ta’lim tizimi, modernizatsiyalash, moslashtirish, mustaqil ta’lim. Keyingi yillarda taʼlim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Taʼlim tizimini isloh etish jarayonida o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga alohida eʼtibor qaratildi. Tarbiyada eng taʼsirchan omil – bu shaxsiy ibrat, namuna bo‘lib, unda asosan o‘qituvchining o‘rni beqiyos. Shu maʼnoda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun taʼlim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor- o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta taʼlim berish, ularni jismoniy va maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir”1. Mamlakatimizda taʼlim jarayonini hozirgi zamon talablariga moslashtirish, rivojlangan xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda modernizatsiyalash hamda uning sifat va samaradorligini taʼminlashda talabalarning mustaqil faoliyatini va mustaqil taʼlimini tashkil etish va boshqarish uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni mustaqil va ijodiy faoliyatga yo‘llash orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish va kompetentligini shakllantirish uzluksiz taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar sifatida kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”2. Hozirgi kunda respublikamizda taʼlim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan, oliy taʼlimda qator ustivor vazifalar, taʼlimning sifat va samaradorligini oshirish, natijaviyligini kafolatlash uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim jarayonida o‘quvchi yoshlar mustaqil taʼlimini tashkil etishga zamonaviy yondashuvlarni (tizimli, innovatsion, kompetensiyali, axborotli, shaxsga yo‘taltirilgan, texnologik) amalga oshirish, zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalarini, turli dasturiy vositalarni qo‘llash, bu sohada ilgʼor xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanishni 1 Prezidentimizning 2020-yil 31-oktabrda “o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi”. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat mirziyeevning-ituv-30-09-2020 2 Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatʼiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. Toshkent “o‘zbekiston” – 2017 y. (559 b;146-bet) 97 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo yo‘lga qo‘yish uchun chet tillarini mukammal o‘rganish, taʼlim natijalarini kvalimetrik baholash hamda shu asosda taʼlim tizimini, uning tarkibiy qismlarini – taʼlim ishtirokchilarining (o‘qituvchi-pedagog, tahsil oluvchilar – talabalar) o‘zaro faoliyati natijalarini (pedagogik jarayonni) kvalimetrik usulda monitoring qilish, unga o‘zgartirishlar kiritish uchun istiqbol rejalarni loyihalash orqali sifatini belgilash kabi masalalar har qanday taʼlim muassasasi zimmasidagi muhim vazifalardir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish natijasida taʼlim muassasalari oldiga qo‘yilgan “davlat va ijtimoiy buyurtmalarni bajarish maqsadida tashkil etiladigan taʼlim jarayonining sifati, tahsil oluvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etilishi va boshqarilishi, o‘qituvchi pedagogik faoliyatining maqsadga muvofiq tashkil etilishi”ni taʼminlaydi3 va taʼlimda identivlikni (belgilangan maqsad bilan natijaning mos kelishi) amalga oshishiga olib keladi. O‘quvchi yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida mustaqil taʼlimni fan mazmuni va o‘quv rejaga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish zarur, o‘z ustida doimiy ishlash, izlanuvchanlik kishining mustaqil taʼlimini uzluksizligini taʼminlanishiga olib keladi va zamonaviy insonning faol hayot tarzini aniqlaydi, “zamonaviy taraqqiyot”dan ortda qolmaslikka olib keladi. Taʼlim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri – bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, u o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki aniq maqsadlar asosida muayyan bosqichlarda amalga oshadi, yaʼni, shaxsda

Доказательный фрагмент

«Milliy yuksalish yo‘lida rivojlanayotgan Yangi o‘zbekistonni xalqaro mezonlarga, zamon talablariga mos, yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash va yoshlarni yetuk soha mutaxassisi sifatida mustaqil kasbiy faoliyatga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Milliy yuksalish yo‘lida rivojlanayotgan Yangi o‘zbekistonni xalqaro mezonlarga, zamon talablariga mos, yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash va yoshlarni yetuk soha mutaxassisi sifatida mustaqil kasbiy faoliyatga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moslashtirish, mustaqil ta’lim., ta’lim tizimi, modernizatsiyalash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники