Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КОНВЕРГЕНТНАЯ ЖУРНАЛИСТИКА В НОВОЙ МЕДИА-СРЕДЕ
Jumamuratova Dilyafruz
Современная наука и исследования · 2 · 25-28 · 2023
Аннотация
In this scientiflic article, we will learn about the importance of convergent thinking in the world of new media,the positive and negative effects of convergence on mass media. Key words: convergence, convergent thinking, divergent, multimedia, teleformat, content, journalistic system, intelligence, digital technologies. КОНВЕРГЕНТНАЯ ЖУРНАЛИСТИКА В НОВОЙ МЕДИА-СРЕДЕ Аннотация. В этой научной статье мы узнаем о важности конвергентного мышления в сфере журналистики и роли новых медиа в мире, положительных и отрицательных последствиях конвергенции для средств массовой информации. Ключевые слова: конвергенция, конвергентное мышление, дивергент, мультимедиа, телеформат, контент, журналистская система, цифровые технологии. Jamiyat rivojining bugungi bosqichi bevosita texnologiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Zamonaviy texnologik jarayonlar har qanday sohaga o'z taʼsirini oʻtkazgani kabi, axborot uzatish tizimiga ham tabora yangi o'zgarishlar olib kelmoqda. Bugun axborot isteʼmolini avvalgi holat bilan solishtirib boʻlmaydi. Insonlar avvallari, Televideniye va tongi gazetalarni kutib, dunyo axborot muhitidan boxabar bo'lgan bo'lsa,hozirgi kunda insonlar internet tarmog'i orqali 24 soat davomida axborotdan xabordar bo'lish, uni istagan shaklda ko'rish, eshitish, o'qish imkoniyatiga egadir. Internet imkoniyatlarining ortib borishi, multemediada yangi materiallarning yaratilishiga asos bo'lmoqda. Bu jurnalistlardan tezkorlik, OAV tarmoqlarining barchasida ishlay olish mahoratini talab qiladi. Xo'sh, bugungi kunda yangi media taraqqiyotida óz órnini topgan "Konvergensiya" atamasi qanday ma'noni anglatadi ? Konvergensiya atamasi lotincha "yaqinlashyabman, qo'shilyabman" degan maʼnolarni anglatadi. Sodda qilib aytganda bunday faoliyatda siz ma'lum bir mavzu yuzasidan tayyorlayotgan materialingizda audio, video, foto va grafikadan foydalanib, aniq bir formatda, ma'lum tartibda joylashtirib chiqasiz. Konvergent fikrlash - Joy Pol Guilford tamonidan divergent fikrlashning aksi sifatida ishlab chiqilgan atama.Bu odatda ijodkorlikni talab qilmaydi. Faqat intellekt uchun standartlashtirilgan ko'p tanlovli testlardan "to'g'ri javob berish qobiliyatini anglatadi. Konvergent fikrlash -bu muommaga yagona aniq javob topishga qaratilgan fikrlash turi. Bu- savolga eng yaxshi yoki to'g'ri javobni olishga qaratilgan. Konvergent fikrlash tezlik, aniqlik va mantiqni ta'kidlaydi va tanish boʻlgan usullarni tanib olishga, qayta qo'llashga va 2 69 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ saqlangan ma'lumatlarni to'plashga qaratiladi. Konvergent fikrlashning muhim jihati shundaki, u yagona eng yaxshi javobga olib keladi va noaniqlik uchun joy qoldirmaydi. Bu nuqtai nazardan javoblar toʻgʻri yoki notoʻgʻri boʻladi. Konvergent fikrlash jarayonining oxirida olingan yechim ko'pincha eng yaxshi javobdir. Konvergent fikrlash ham bilim bilan bogʻliq. Chunki mavjud bilimlarni standart protseduralar yordamida manifulyatsiya qilishni o'z ichiga oladi. Konvergent fikrlash ijodiy muomalarni hal qilishda vosita sifatida ishlatiladi. Biror kishi muommani hal qilish uchun tanqidiy fikrlashdan foydalanganda ular hukm chiqarish uchun ongli ravishda standartlar yoki ehtimollardan foydalanadi. Divergent fikrlash-odatda o'z-o'zidan erkin tarzda sodir boʻladi, unda ko'plab ijodiy g'oyalar yaratiladi va baholanadi.Qisqa vaqt ichida bir nechta mumkin bo'lgan yechimlar o'rganiladi. Media tahririyatlarida Konvergensiya-jurnalistlik faoliyatning revolyutsion va bir vaqtning oʻzida evolyutsion shaklidir. OAV hamkorligini taʼminlash orqali birlashish imkoni yaratildi. Jurnalistikada konvergensiya bevosita turli xil axborot uzatish shakllarining yagona bir tizimga o'tishida yaqqol koʻrinadi. Masalan televideniye yaqin yillargacha ko'rinishni uzatish uchun tiniq tasvir va ovozdan foydalangan bo'lsa, hozirgi kunda insonlarga informatsiya yetkazish uchun shu soniyalarda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xabordar qilish uchun jonli tarzda tomosha qilish imkonini yaratmoqda. Radioda ham avvallari oldindan yozib olingan audio yozuvlardan foydalanilsa, bugungi kunda jonli muloqot amalga oshirilmoqda. Turli OAV kanallarining global makonda faoliyatini yoʻlga qoʻyishi, ularga konvergensiyalashish imkonini bermoqda. Natijada ularning faoliyatida sezilarli darajada o'zgarishlar kuzatilmoqda. Yangi turdagi OAV yangi ko'rinishdagi janrlarni ham yuzaga keltirdi. Jumladan bugungi kunda televideniye rasmiylikdan uzoqlashib, ijtimoiy -madaniy xabarlarni, ko'pincha ko'ngil - ochar dasturlarni tashkillashtirib, tomoshabinlar eʼtiboriga havola etmoqda. Internet jurnalistikasi taraqqiyoti bilan yanada ommalashgan, infoteyment (information+entertainment), edyutynment (education+entertainment), turli xususiy axborot uzatish kanallarida yo'lga qo'yilgan infortorial (information+editorial) janrlari ham shular jumlasidandir. Mazkur janrlar ham o'zida konvergensiya elementlarini shakllantirg
Доказательный фрагмент
«In this scientiflic article, we will learn about the importance of convergent thinking in the world of new media,the positive and negative effects of convergence on mass media.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this scientiflic article, we will learn about the importance of convergent thinking in the world of new media,the positive and negative effects of convergence on mass media. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- convergence, convergent thinking, divergent, multimedia, teleformat, content, конвергенция, konvergensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026