К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK MULOQOT – O‘ZARO TA’SIR KO‘RSATISH VOSITASI Fatullayeva Sitora Ilhom qizi Intern-teacher of the department "Technological machines and equipment" of the

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Fatullayeva Sitora Ilhom qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishini ta’minlash, ishontirish va uqtirish orqali talabalarga ta’sir kuchini singdirish masalalari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: muloqot, takt, pedagogik muloqot, pedagogik takt, ishontirish, uqtirish, talaba, o‘qituvchi, muloqot jarayoni, pedagog. O‘qituvchi va talabaning muloqot jarayoni talabalarda ikki xil hissiyot tug‘dirishi mumkin, faqat ijobiy hissiyotlangan muloqotgina haqiqiy tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Salbiy xissiyotlar esa, ta’sir ko‘rsatishning oqibat natijasi sifatida emas, balki ijobiy xissiy samaraga erishish yo‘lidagi xususiy hol sifatida sodir bo‘lishi mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘qituvchida aynan pedagogik takt bo‘lganidagina, talabalar ijobiy hissiyotli muloqot va psixologik bog‘lanish o‘rnatishi mumkin. Pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga o‘zida demokratik muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishi mumkin. Takt so‘zini aynan ma’niosi-tegib turish, daxldor bo‘lish demakdir. U odamlar o‘rtasidagi munosabatlarini sozlab turuvchi ahloqiy toifadir. Insoniylik prinsipiga asoslangan holda taktli ahloq – eng murakkab xolatlarda ham inson xurmatini saqlashni talab etadi. Taktli (odobli) bo‘lish-har bir inson, ayniqsa kamol topayotgan yoshlar bilan ishlaydigan pedagoglar uchun muhim axloqiy talabdir. Pedagogik takt o‘qituvchining professional sifati, pedagogik mahoratining muhim qismidir. Pedagogik taktning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u faqat o‘qituvchi shaxsi xususiyatini (xushmuomalalik, talabani sevish, xurmat qilish) anglash, balki talaba ko‘ngliga to‘g‘ri yo‘l topa olishini ham bildiradi. Pedagogik takt – bu o‘qituvchining talabaga ta’sir etishi pedagogik jihatdan muvofiqlik o‘lchovi, eng samarali muloqot uslub o‘rnatishiga bog‘liqdir. Pedagogik takt talabalar bilan muloqotda haddan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘qituvchilik faoliyatini xarakterlab K.D.Ushinskiy shunday degan edi: «Maktabda hazilga yo‘l qo‘yuvchi, Lekin hamma ishni xazilga aylantirmaydigan – jiddiylik, faqat taltaytirmaydigan erkalatish, injiqsizlik – haqgo‘ylik, loqaydsizlik -xushmuomala, rasmiyatchiliksiz – tartib, eng muhimi domio oqilona faoliyatda bo‘lishi kerak». Bunday ta’sir ko‘rsatish me’yori tarbiyaviy vositalardan foydalanishda ham namoyon bo‘ladi. Tibbiyotdagi dorilar kabi o‘qituvchining so‘zi va metodi ham aniq o‘lchovga, foydalanish rejimiga ega bo‘lishi kerak. U yuqori samarali, zo‘ravonliksiz va oliyjanoblik bilan qo‘llashi zarur. O‘qituvchini talabalar timsolida barcha talabalarni hurmat qiluvchi shaxsni ifodalashi zarur. Hurmatni anglagan talabada o‘z shaxsi qiymatini sezish hislari vujudga keladi, pedagogik ta’sirga berilmayotgan qaysarlarni moyillashtiradi – ularni tarbiyaviy jarayon qatnashchilariga aylantiradi. 24 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Pedagogik takt darsning hamma bosqichlarida o‘qituvchi uchun zarurdir. Ayniqsa, talabalar bilimini baholashda juda e’tiborli bo‘lishi kerak. Bu takt - talaba javobini to‘la eshitishda, ya’ni javob shakli va mazmuniga diqqat bilan e’tibor berishda, talaba adashganda vazminlik bilan to‘zatishda, bahoni haqqoniy qo‘yish va uni izohlab berishir. Mohir o‘qituvchilar hatto duduqlanib javob berayotgan talabani kamchiligini to‘g‘rilab boradilar. Taktsiz o‘qituvchida esa, hatto qobiliyatli bola ham duduqlanib javob berolmasligi aniqlangan. Barcha talabalar, ularni diqqat va xurmat bilan tinglaydigan, javobni to‘g‘rilab, yo‘llab turadigan o‘qituvchiga javob berishni yoqtiradilar. Javob berayotgan talabaga jilmayish, imo-ishora, bosh qimirlatish bilan ma’qullab turish juda ahamiyatlidir. O‘qituvchining to‘g‘ri muloqot uslubini tanlashi, har qanday sharoitda pedagogik taktga amal qilishi, takomillashgan kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab qiladi. A.N.Leontyev kommunikativ malakalarga quyidagicha xarakteristika beradi:  ijtimoiy perstepsiya yoki (yuzidan uqib olish) malakasini egallash;  talabaning tashqi belgilariga xos ravishda uning shaxsi, psixik holati va boshqa xususiyatlarini modellash;  talabalar bilan muloqot paytida vazmin bo‘lishi;  nutqni psixologik nuqtai nazardan eng maqsadga muvofiq qilib tuzish, ya’ni nutq muloqotining talabalar bilan nutqli va nutqsiz muloqot qilishni bilish. Kishilarning o‘zaro ta’sir etishdagi barcha vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq munosabatlar orqali amalga oshiriladi: ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish. Ishontirish – bu biror fikr yoki xulosani mantiqiy asoslashdir. Ishontirish suhbatdosh yoki guruh ongini o‘zgartirib, ma’lum fikr (nuqtai nazarni) qo‘llab- quvvatlaydigan va uning asosida faoliyat ko‘rsatishni nazarda tutadi. So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy vositalardir. Bunda tinglovchilar fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini tanlash juda muhimdir. Ichki taqlid q

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishini ta’minlash, ishontirish va uqtirish orqali talabalarga t…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishini ta’minlash, ishontirish va uqtirish orqali talabalarga t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uqtirish, o‘qituvchi, talaba, pedagog., takt, pedagogik takt, muloqot, pedagogik muloqot, muloqot jarayoni, ishontirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники