Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK TILI LEKSIK QATLAMIDA BOJXONAGA OID TERMINLARNING QO’LLANILISHI Abdullayeva Zarnigor Usubjon qizi
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdullayeva Zarnigor Usubjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Maqolaning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni davlat tilida kasbiy og‘zaki va yozma muloqot yuritish, bojxona terminlarini nutqda samarali va to‘g‘ri qo‘llash, soha doirasida monologik va dialogik matn tuzish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirishdan iborat. O‘zbek tili bojxona terminologiyasida chet tillar, xususan, ingliz tilidan kalka usulida o‘zlashtirilayotgan yangi terminlar vujudga kelishi natijasida terminologik tizim fondi muntazam ravishda kengayib, to‘ldirilib borilayotgani ham kuzatilmoqda. KALIT SO’ZLAR: bojxona nazorati ,valuta nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari, bojxona statistikasi, bojxona ekspertizasi, bojxona ishida, axborot texnologiyalari. Istiqlol yillarida yozma va og‘zaki nutqda milliylashtirish jarayoni boshlanib, nom, atama va terminlarni sof o‘zbek tilida atash ehtiyoji vujudga keldi. Sobiq Ittifoq tanazzulidan so‘ng MDH respublikalarining mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi bozor iqtisodiy siyosatining jadal amalga oshirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Ushbu siyosatni amalga oshirishning maqbul yo‘li rivojlangan davlatlar ish tajribalarini o‘rganish va mos tarzda o‘zlashtirish edi. Bu esa o‘z o‘rnida iqtisodiy terminlarning ko‘plab o‘zlashishiga va tilshunoslik sohasida “terminologik portlash” jarayonining yuz berishiga olib keldi. Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy burilish natijasida yangi bojxona terminologik birliklarining o‘zbek tili zaminida rivojlanishi kuzatildi. Bu kabi ekstralingvistik omillar bojxona terminologik tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Buning natijasida o‘zbek tili leksik qatlamiga ingliz tili orqali lotin, fransuz, italyan, grek tillaridan baynalmilal xarakterga ega bo‘lgan terminlar kirib keldi va ular bugungi kunda ona tilimizda qo‘llanmoqda. Zamonaviy bojxona terminlari o‘zbek tili terminologik tizimi birliklari semantikasida yangi lingvistik nominatsiyalar sifatida talqin qilinadi. Bunday termin- neologizmlarning ayrimlari hozircha umumiste’molga keng kirib bormagan bo‘lsa-da, hukumat qarorlari, bojxona sohasidagi rasmiy hujjatlar va davriy matbuot sahifalari orqali keng jamoatchilik ahliga ma’lum bo‘lib bormoqda. Biroq ayrim holatlarda lug‘atlar ham, xususan, terminologik lug‘atlar terminologiyaning rivojlanishi orqasidan yetishga ulgurmayotganini e’tirof etish joiz. Ayni paytda, o‘zbek tili bojxona terminologiyasida chet tillar, xususan, ingliz tilidan kalka usulida o‘zlashtirilayotgan yangi terminlar vujudga kelishi natijasida terminologik tizim fondi muntazam ravishda kengayib, to‘ldirilib borilayotgani ham kuzatilmoqda. Demak, tilning terminologik tarkibi muttasil davom etadigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda o‘zbek tili bojxona terminlarining kalka usulida yasalishi nuqtayi nazaridan rus tili vositachi til vazifasini bajargan. O‘zbek tili bojxona terminologik tizimida keng qo‘llanadigan leksik qatlamning asosiy qismi rus tili ta’siri ostida shakllanishi tasodifiy holda sodir bo‘lmagan. O‘zbek tili bojxona terminologik tizimining shakllanishi, terminlarning yasalishidagi asosiy usul to‘liq kalkalashdir. Shu bois istiqlolgacha bojxona terminlari muloqot doirasida nisbatan kamroq qo‘llangan. Ularning muqobili sifatida rus tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan таможня termini faolroq edi. bojxona nazorati. 19 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo valuta nazorati. bojxona rasmiylashtiruvi. bojxona to‘lovlari. bojxona statistikasi. bojxona ekspertizasi. bojxona ishida axborot texnologiyalari.
Доказательный фрагмент
«Maqolaning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni davlat tilida kasbiy og‘zaki va yozma muloqot yuritish, bojxona terminlarini nutqda samarali va to‘g‘ri qo‘llash, soha doirasida monologik va dialogik matn tuzish ko‘nikma-m…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolaning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni davlat tilida kasbiy og‘zaki va yozma muloqot yuritish, bojxona terminlarini nutqda samarali va to‘g‘ri qo‘llash, soha doirasida monologik va dialogik matn tuzish ko‘nikma-m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bojxona nazorati, bojxona ekspertizasi, bojxona statistikasi, axborot texnologiyalari., bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari, valuta nazorati, bojxona ishida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025